92
4.3. O‘qish faoliyati, uning komponentlari va psixologik xususiyatlari.
Mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlari
Yuqoridagi mulohazalardan ko`rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks ettirish
imkoniyati va hali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay
tarzda in`ikos etilishi kuchli qiziqish uyg`otadi. Bu hodisani izohlashning yagona
yo`li - u ham bo`lsa borliqning muhim xususiyati hisoblanmish qonuniyatning
mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera hisobga olinmaganda) barcha narsalar,
munosabatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy
bog`liqlikka ega bo`lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bir holatdan
ikkinchisiga o`tadi. Shuning uchun idishdagi suv qaynatilsa bug`ga aylanadi,
harorat pasaysa, u muzlaydi, havo isiganida esa muz eriy boshlaydi, bahor ketidan
yoz keladi, narsalar ishqalansa qiziydi va hokazo. Xuddi shu bois obyekt bilan
hodisa o`rtasidagi o`zgarmas, barqaror munosabatlar, obyektning muhim
xususiyatlari hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o`zgarmas xususiyatlar va
qonuniyatlarning mavjudligi o`zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq
yo`naltirish imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi
davrda ichki timsoliy (psixik) faoliyat tarzida his yetiladi. Obyektlarga
yo`naltirilgan yaqqol harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo`ljallangan
timsoliy jarayon bilan almashtiriladi. Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol
harakatdan, ichki, timsoliy harakatga mana shu tarzda o`tish jarayoni
interiorizatsiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi. Interiorizatsiya muammosi rus
olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari
tomonidan turli jabhalarda tadqiqot qilingan. Interiorizatsiya sharofati bilan inson
psixikasi muayyan vaqt oralig`ida uning idrok maydonida yo`q narsalarning
timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo`ldi. Shu narsa ma`lumki, bunday
o`zgarishlarning muhim quroli bo`lib so`z, o`zgarish vositasi sifatida nutqiy
faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so`zlarni to`g`ri ishlatishga odatlanish
favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlarini axborotidan foydalanishning
usullarini o`zlashtirish demakdir.
93
Inson faoliyati murakkab va o`ziga xos jarayon bo`lib, shunchaki ehtiyojlarni
qondirishdan iborat emas, balki ko`pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan
belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo`yilgan maqsadning anglanilganligi va unga
erishish bo`yicha ish harakatlari tajribasi bilan bog`liq ekanligi inson faoliyatining
o`ziga xos belgisi bo`lishini tasdiqlaydi.
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki)
tuzilmalari bir-biri bilan uyg`unlashganligi ko`zga tashlanadi. Inson faoliyatining
tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishga mo`ljallangan sa`y-harakatlar
ichki (psixik) jihatiga bog`liq bo`lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va
boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha o`z navbatida: a) psixik faoliyat buyumlar va
jarayonlar xususiyatlarini o`zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq
tarzda qayta o`zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o`xshashligini,
natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko`rsatadi; g) ularni
uzluksiz ravishda yo`naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda
tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi
(tashqi tarzga aylanishi) deb baholash maqsadga muvofiq.
Psixologiya fanida harakat tushunchasi tahlil qilinganida u motor (jismoniy)
harakat, sensor (hissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga muvofiq
ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan
ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug`ullanadi. Faoliyat
harakatlarining ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo`llaniladigan yo`l-
yo`riqlar uning usullari deyiladi.
Odatda, harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi
kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni
amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda-chuyda qismlarga nisbatan
e`tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga
yo`naltirilgan sa`y-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada
avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan
sa`y-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa`y-
harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o`z tarkibidagi harakatni
94
ongli ravishda idora qilish bilan uyg`unlashib ketadi. Patologik holatlardan
tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining
avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo`naltirilgan obyektni almashtiradi.
Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart-
sharoitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni baholashni ong uning
tasarrufi doirasiga kiritadi.
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning
tuzilishida ayrim sifat o`zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil
topgandir:
Birinchidan, sa`y-harakatlarning ijro etilishi usullari o`zgaradi. Bunda bir
qator sodda sa`y-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba`zi sodda sa`y-
harakatlar o`rtasida to`siq va uzilish ro`y bermagan murakkab sa`y-harakat o`zaro
bir-biriga qo`shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.
Masalan, bola velosipedni uchishga o`rganayotgan paytida bir qancha
ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o`zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini
bosib, ikkinchisini bosmaydi, rulni qattiq tutadi, yo`lga diqqatini taqsimlay
olmaydi, o`rindiqqa noqulay o`tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali
velosiped haydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo`l
qo`ymaydi. Harakatlarni o`zlashtirish jarayonida: a) sa`y-harakatlar tarkibi; b)
sa`y-harakatlar izchilligi; v) sa`y-harakatlar uyg`unligi; g) ularning tezligi rejali
kechishiga sharoit yuzaga keladi.
Ikkinchidan, harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o`zgaradi.
Dastavval, sa`y-harakatlar amalga oshishini ko`rish organi orqali nazorat qilish
kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi,
charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko`proq pichoq tig`iga e`tibor qaratadi.
Sa`y-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o`lchamlarining nisbatini
baholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha - uyushma
demakdir) hosil bo`ladi. Harakat mahsullarini nazorat qilishga alohida ahamiyat
kasb etadigan mo`ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi.
95
Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o`zgarib boradi.
Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo`lib, u uning vaziyati va
mahsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari
tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi. Jumladan, uchuvchi samolyot
dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fahmlaydi. Narsalarni
aniqlashga sarflanadigan vaqt kamaya boradi. Qo`llanishga mo`ljallangan
usullarning turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fahmlash,
bilish) jarayoni antitsipatsiya (lotincha, oldindan fahmlash, sezish ma`nosini
anglatadi) deyiladi.
Shuning uchun, harakat usullaridagi mazkur o`zgarishning siri nimada va ular
qanday psixologik mexanizmiga ega, degan savolning tug`ilishi tabiiydir.
Psixologik mexanizm (ta`minlash) o`z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni
oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko`radi, hatto ushbu jarayonni
nazorat qilib ham turadi. Bu o`z navbatida muvaffaqiyatli urinishlar (sa`y-
harakatlar), o`zini oqlagan chamalashlar, mo`ljallar inson tomonidan tanlanadi va
asta-sekin mustahkamlanadi. Qo`llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar
samara beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida
takrorlanadi yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan
harakatlarini o`zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va
o`zgartirishga harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlamasdan turib, turli
xususiyatli malakalarni shakllantirib bo`lmaydi.
Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so`z
bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo`sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda
avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish
mexanizmiga, printsipiga muayyan odatiy jabhalarga, usul va vositalar tanlash
xususiyatiga alohida e`tibor qilish uning muvaffaqiyatli hosil bo`lishini
ta`minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a)
usullarni tanlash, b) harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish, v) maqsadni
96
oydinlashtirish, g) shart-sharoitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish
modelini xayolda yaratish va hokazo.
Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi
ishlab chiqilgan, bunda asosiy e`tibor malakaning xususiyatiga, malakaning
maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. Shuningdek, malakalarning
o`zaro ta`siri muammosiga alohida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar
tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o`zlashtiradi. Oldin egallangan malaka,
keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, goho unga xalaqit berishi ham
mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, obyekti, vaziyati va shart-
sharoitlari bilan belgilanadi. Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko`p
jihatdan sensor nazoratga hamda uning yangi sharoitiga ko`chishiga bog`liq.
Malakalarning noto`g`ri (teskari) ko`chirilishi interferentsiya hodisasini
vujudga keltiradi. Faoliyat ko`nikma, malaka, usul, harakat, sa`y-harakat,
operatsiya kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mahsullarga erishadi, moddiy va
ma`naviy natijalarni hamda bilimlarni vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |