O’z-o’zini tarbiyalash metodlari.
O‘z-o‘zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o‘tmishini tahlil qiladi,
undagi qusurli va ibratli jihatlarni o‘zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu
borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy hayotdan u o‘ziga ideal bo‘luvchi
shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko‘rinishlarni,
ko‘rsatkich-larni o‘zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o‘z-o‘zini anglash
davomida dinamik harakatsiz hech bir narsani ro‘yobga chiqara olmasligiga iqror
134
bo‘ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga
oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat
qilish, boshqarish natijasida dinamik «Men» shakllana boshlaydi. O‘z-o‘zini
anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa,
demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan
dalolatdir.
O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt,
muddat talab qiladi, shuning uchun o‘quvchilar, talabalar va respublikamizning
boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlangan
maqsadga erishish mumkin.
XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya’ni komil insonlikka intiluvchi
shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo‘lib,
unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik
singari shaxsning ijtimoiy-tarbiyaviy tarkiblari o‘z ifodasini topadi. Komillikning
o‘ziga xos bosqichlari, obyektiv va subyektiv xususiyatli shart-sharoitlari, omillari
mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o‘z iqtidori, iste’dodi, salohiyati,
qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o‘z zamondoshlaridan sezilarli
darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o‘ta (super) ongli, biosfera va neosfera
munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir).
Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki
buning ham obyektiv, ham subyektiv omillari, shart-sharoitlari mavjuddir. Xuddi
shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho‘qqisiga
erishib bo‘lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni
yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika,
sotsiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug‘ullanadi.
Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy
tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada
jadallashadi.
Shunga
qaramasdan,
bir
tomondan,
insonni
o‘rganishda
differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining
135
sintetik (birikuv) tavsifi bo‘yicha integratsiya holati ko‘zga tashlanmoqda. Inson
bir qator fanlarning tadqiqot obyekti ekanligi yig‘iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur
etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (usul, uslub, uquv, operatsiya,
ko‘nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ontogenezida
funksional
(harakatlantiruvchi) mexanizmga o‘sib o‘tadi, binobarin, unda komillikning
belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jismoniy va ma’naviy kamolot
cho‘qqisining muayyan darajasiga erishadi.
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan,
inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyutsiya mahsuli sifatida
o‘rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti
tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan
darajada va ko‘lamda o‘zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga
asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning
dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy,
mafkuraviy negizga bog‘liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei
bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz
ravishda o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy
faoliyat va yakkahol turmushga, kasb-hunarga aloqador, ya’ni oiladagi hamda
jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga,
ma’naviyatga yo‘nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabhalarda
ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Status, rol, qadriyatga yo‘nalganlik shaxs
xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini
tashkil etadi, uning tuzilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat,
xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to
xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi
alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi
sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri
va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni
136
takomillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi hayot
yo‘li, muayyan iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Shaxsning
xalqiga qilgan xizmati uning e’zozlanishiga, hattoki milliy ma’naviy boylik,
tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga ko‘tarilishi mumkin.
Insonning faoliyat subyekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu
sohadagi taraqqiyotning mahsuli - ongi (obyektiv faoliyatning in’ikosi sifatida (va
faoliyati) voqelikning o‘zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning
subyekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi,
balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik,
tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy
faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida,
egallanilgan, o‘zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo‘ladi.
Nazariy faoliyatning subyekti bo‘lmish inson o‘zining bilimlari, kasbiy
ko‘nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o‘ziga xos alomatlar
tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o‘sib o‘tishi
natijasida ijodiy mahsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat
taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar
salohiyati mahsullarining uzviy bog‘lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o‘zaro
uyg‘unlashuvini taqozo etadi, vaholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik
alomati, mahsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta’minlaydi. Faoliyat
tajribalar bilan uzviy bog‘lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo‘nalganligi,
amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko‘tariladi.
Inson hayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol o‘ynaydi, uni
faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson
uchun go‘yoki ushalmagan orzu, g‘amgin tuyg‘ularning jonlashuvi, komfortga
intilishga da’vat etuvchi hissiyot, ijtimoiy va yakkahol turmushni baholash mezoni,
faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og‘ushiga tortuvchi doimiy turtki,
loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. Shaxs uchun eydetik
obrazlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, barqaror iz qoldirsa, armon ham xuddi
shunday xususiyatga ega bo‘lib, ulardan farqli o‘laroq doimiyligi, ustuvorligi,
137
maqsadga undovchiligi bilan yuqoriroq nufuzga ega.
Insonning subyektiv xislatlari integratsiyasining yuksak shakli ijodiyot
(kreatsiya) hisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlar (iste’dod,
iqtidor), talant va salohiyat vujudga keladi. Odamning subyektiv xususiyatlari,
xislatlari rivojining asosiy shakllari ruhan tayyorgarlik, kulminatsiya va finish
sanalib, insonning jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijodiyot faoliyatlarini belgilaydi.
Mazkur to‘rt bosqich, to‘rt mezon, taraqqiyotni baholash tizimi o‘ziga xos
xususiyatlari, imkoniyatlari, sur’ati, davomiyligi bilan bir-birlaridan ham sifat, ham
miqdor jihatdan ajralib turadi.
Jahon psixologiyasi fanida inson sifatlari (xislatlari, fazilatlari, xosiyatlari)ni
individual, shaxsga oid va subyektiv guruhlarga ajratilishi an’anaviy va kasbiy
xususiyatga ega, chunki ular odamning yaxlitligi, bir butunligi, alohidaligi
tavsifidan iborat bo‘lib, bir davrning o‘zida ham tabiat, ham jamiyat jonzodi
ekanligini anglatadi. Mazkur yaxlitlikning mag‘zi shaxsning tuzilishidir, unda
nafaqat insonning asosiy xislatlari o‘zaro kesishadi va umumlashadi, balki uning
ijtimoiy va shaxsiy ko‘nikmalari muayyan tarkibga keltiriladi, qoidaviy xususiyat
kasb etadi.
Bizningcha, individ, shaxs, subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi
ijtimoiy-psixologik holatlarga e’tibor qilinishi zarur:
Inson rivojining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar
(ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhitining
omillari). Insonning shaxsiy o‘ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi
ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsion negizda kamol topish bosqichlari,
barqarorlashuvi va involyutsiya (o‘sishdan qaytish davri xususiyatlari). Insonni
yaxlit, mukammal tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o‘zaro aloqalari,
shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning
muttasil ravishda takomillashuvi kabi faktorlar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy,
nazariy va ijodiy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki bevosita faoliyatni
amalga oshirish jarayonida yashash muhitini va ijtimoiy-tarixiy tajribani
138
egallashning ham interiorizatsiya, ham eksteriorizatsiya davrlari yuzaga keladi.
XXI asrda individ, inson, shaxs, subyekt va komil insonni o‘rganish turli
yo‘nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida,
o‘ziga xos tahlilga, metodologik asosga suyanib olib borilishi maqsadga muvofiq.
Chunki jahon psixologiyasi fanida to‘plangan nazariy va amaliy xususiyatli
materiallarni mafkuraviy nuqtai nazardan tahlil hamda tanqid qilmasdan, balki
ularni xolisona baholash, ilmiy jihatdan talqin qilish joiz. Binobarin, turli
psixologik ilmiy maktablar tomonidan to‘plangan natijalarning oqil jihatlarini
tanlash va tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasini belgilashda ulardan omilkorlik
bilan foydalanish ko‘pgina ilmiy qaytadan tekshiruvlarning oldini oladi.
Shaxsga nisbatan subyektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida majburiylik
tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan
xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko‘rsatishini hisobga oluvchi
yondashishni yo‘lga qo‘yish, subyekt-subyekt aloqasini vujudga keltirish.
Har qanday subyekt-shaxs, lekin har qaysi shaxs subyekt emasligi
muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo‘lish, shaxsiy
pozitsiyani himoya qila olish, g‘oyani amalga oshirish yo‘lida to‘siqlarni pisand
qilmaslik, mustahkam ishonch, qat’iy maslak, iymon negizida asoslanish, intilishda
irodaviy barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni hayotga tatbiq
qilishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mavjudligiga iqror bo‘lish hamda
uni tan olish va hokazo.
Bizningcha, individ, shaxs, subyekt va komil inson to‘g‘risida mulohazalar
yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o‘ta (super) onglilik
holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan
atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy
manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, mohiyati
bayonida turlicha yondashuv hukmrondir. Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga
yo‘naltirilgan nazariyalar o‘ta bahsli bo‘lib, uning zaminida faqat ong yotishi
tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan
maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong
139
shaxsning ushbu faoliyatini regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq
odam funksional holatining o‘zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik)ka
o‘tishi, ijod, tashabbus uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda
shaxs ongosti (muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu
boisdan shaxs bir davrning o‘zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik)
hukmi ostida yashashi, faoliyat ko‘rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi
mumkin. Har uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi,
ularning har qaysisi bu jarayonga o‘ziga xos ulush qo‘shadi. Ong holatlari tabiiy
ravishda bir-biri bilan uzluksiz tarzda o‘rin almashtirib turadi, chunki inson
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar hukmi bilan yashaydi va
faoliyat ko‘rsatadi.
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlardan ma’lumki, inson
(shaxs) o‘zini o‘zi anglashi uchun xuddi shu o‘zini o‘zi anglash xususiyatining
(jarayonining) subyekti bo‘lishi muqarrar.
Dostları ilə paylaş: |