5.2. Shaxs nazariyalari endopsixika va ekzopsixika. Markaziy Osiyo
mutaffakirlari ijodida shaxs kamoloti
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial)
omil (faktor)ning, voqelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita
muhim qism bo‘lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi.
Mazkur nazariyaga binoan «ichki psixik» («endopsixik» - yunoncha «endo»
ichki degan ma’noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g‘oyani ilgari suriladi.
Ushbu talqinga ko‘ra «endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari
sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. Uning
negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan «endopsixik» aynan bir narsa
degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‘yoki u odam shaxsining ichki
mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning «ekzopsixik» qismi bo‘lsa
shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan
barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatini belgilaydi. «Endopsixika»
o‘z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz
harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o‘z tarkibida
shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi,
ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu
singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo‘lgan «endopsixika»
108
biologik shart-sharoitlarga bog‘liqdir, aksincha, «ekzopsixika» ijtimoiy voqeliklar
ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning
namoyandalari bo‘lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSh, Angliya, Fransiya,
Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning
tuzilishini o‘sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sotsial)
voqeliklarning
ta’siriga
bog‘liq
bo‘lgan
tuzilishining
mavjudligidan
manfaatdordirlar. Obyekt-subyekt munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o‘z
navbatida shaxsning ta’sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafak-kur, xayol
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz
(ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa
o‘z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari,
ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini,
egallangan bilimlarni qamraydi.
Jumladan, dialektik materializm darg‘alarining iborasi bilan aytganda, inson
shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iborat, bu ifodaga
o‘ta keskin e’tiroz bildirishga hojat yo‘q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudot
bo‘lganligi (mikro muhit mahsuli ekanligi tan olinmasada) uchun unda tabiiy-
biologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs
tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e’tirof qilish
muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni
ularning o‘zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o‘z ifodasini topadi.
Ko‘pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo‘sh omillik
nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan
biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, «ekzopsixika» bilan
«endopsixika»ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi, o‘zaro ta’sir
etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo‘ladi. Mazkur konsepsiya
vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va
ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydilar.
109
Ta’kidlab o‘tilgan fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o‘tkazgan tajribalariga
murojaat qilamiz. Qo‘sh omillik nazariya tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm
balandlikdagi odamlarning shaxs xislatlarini tarkib toptirish o‘rganilgan. Buning
natijasida ular shaxsning tuzilishida ko‘p xislatlari o‘xshashligi topilgan. Bunday
odamlarning bo‘yi past (pakana) bo‘lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech
qanday nuqson va kamchilik yo‘q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi
kishilarda bolalarga xos kulgini, hech bir tanqidsiz optimizmni, o‘ta soddalikni,
muayyan darajada hissiy (emotsional) zo‘riqishni talab qiladigan vaziyatga
nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkindir.
Shaxsning xislatlariga na «endopsixika», na «ekzopsixika» qismlarini kiritish
mumkin
emas.
Chunki
shaxsning
sifatlari
mitti
odamlarning
psixik
xususiyatlarining mahsuli bo‘lib, ular bo‘yiga nisbatan o‘z tengqurlari o‘rtasidagi
farq aniqlangan davrdan e’tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo‘lishi,
tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki,
tevarak-atrofdagilarning mitti odamlarga bo‘ydor kishilarga qaraganda boshqa
munosabati, ularning pisand qilmasligi, kamsitilishi, ular ham barcha kabi
narsalarni his qilish, orzu qilish, ajablanish, hayron qolish sababli ularda shaxsning
o‘ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy
ezilishini, ba’zan boshqalarga, hatto o‘zlariga nisbatan tajovuzkorona yo‘l
tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti odamlar (liliputlar) o‘zlari bilan
bab-barovar bo‘yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda
ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy
fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar, sifatlar mujassamlashishi mumkin bo‘lar edi.
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta’kidlanganidek, shaxs
tuzilishidagi tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga
bog‘liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va
boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hech mahali
ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Shunday qilib, ilmiy psixologiya (materialistik deb atashdan saqlanish
maqsadida) fanida barcha kategoriyalarga umumbashariy, umuminsoniy tamoyil
110
nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sotsial)
omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy voqeliklarni atigi
shularning negizida qarama-qarshi qo‘yishga tanqidiy munosabatda bo‘ladi.
Shaxs muammosini dialektik materializm pozitsiyasida turib himoya qiluvchi
rus psixologiyasi va boshqa taraqqiyparvar yo‘nalish vakillari shaxsning faolligi
tevarak-atrofdagi olam bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat jarayonida faoliyat
vujudga kelishi mumkin degan ta’limotga asoslanadi. Shaxsni faolligining manbai
uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va
ma’lum yo‘nalishda harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan ehtiyoj shaxs
faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush sharoitiga
bog‘liqligini aks ettiruvchi holatdir.
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog‘liqligi
motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida o‘zining faol jabhalari bilan ifodalanadi.
Motivlar ma’lum ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan
moliklikdir, degan ta’riflanishga mutlaq mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar
deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks
etishidir. Bilish ehtiyojlarini shaxs tomonidan qondirilishi uning bilimlaridagi
uzilishlarini to‘ldirishga, ta’lim vaziyatlariga to‘g‘ri moslashishga hamda ularni
tushunishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi.
E’tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy
dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi anglashilgan ehtiyojlar
majmuidir. E’tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni
qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni
muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi
ta’sirlar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’y-harakatlar motivlari hisoblanib, bu
motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo‘lmagan turmush va
rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning
hayoti-faoliyati davomida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning
111
haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bo‘lib hisoblanadi. Bular
to‘g‘risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy
materiallar mavjuddir.
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga
yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy
zo‘r berish, zo‘riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o‘zini qo‘lga olish
orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo‘llari,
usullari, operatsiyalari, ko‘nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari,
sa’y-harakatlari kabilarni) o‘zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi.
Bularning barchasi imitatsiya (taqlid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya,
ta’lim, o‘qitish, o‘qish, o‘rganish, o‘rgatish, saboq olish, o‘zlashtirish, mustaqil
bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali
ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi
xususiyatga ega bo‘lgan ehtiyojni tug‘diradi.
Shunday qilib, ehtiyojlarning tug‘ilishi, taraqqiyoti, ularni saralash va
shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, huquqiy jamiyat kishisiga xos bo‘lgan
milliy, hududiy ma’naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga,
xossalariga, mexanizmlariga asoslangan sharqona, o‘zbekona yuksak axloqiy
hislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining
oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko‘p
tajribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, metodlar (inovatsion
xususiyatli), metodikalar (ularning invariantlari, variatsiyalari, modifikatsiyalari),
muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko‘rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar,
modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to‘la-to‘kis
qurollanishlari, nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari, olingan natijalarni ko‘p
qirrali (sifat, miqdor, korrelyatsion, dispersion, faktor va hokazo) tahlil qila
bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni
komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mumkin emas, binobarin,
ikkiyoqlama o‘zaro ta’sir bunday imkoniyat yaratishga qodir.
|