.
Nazorat savollari:
1.
Faoliyat to‘grisida umumiy ma`lumot bering?
2.
Faoliyatning tuzilishi tavsifini aytib bering?
3.
Faoliyatning o‘ziga xos jihatlarini izohlang?
4.
Faoliyatning psixologik tavsifi haqida aytib bering?
5.
Faoliyatni interiorizatsiyalash va eksteriorizatsiyalash tushunchalarini
izohlang?
103
5-MAVZU. SHAXS
Tayanch tushunchalar:
odam, inson, individuallik, shaxs, individ,
biogenetika, sotsiogenetika, dispozitsiya, ehtiyojlar dinamikasi, motivlar
ierarxiyasi, shaxsiy moyillik
,
gumanistik, endopsixika, ekzopsixika.
5.1. Shaxs haqida tushuncha, odam-inson-individuallik tushunchalari,
shaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida: ijtimoiy normalar, sanksiyalar
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ shaxs, individuallik
(yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog‘lom (es-
hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni
o‘zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan
birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina
ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol
qatnashchisi bo‘la oladi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy
muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-
tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy
munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi
tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy
munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila
a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida
(kishilarning og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan keyingi
rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining
xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har xil xususiyatli munosabatlar
majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy
muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o‘ta bahsli
fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani
o‘zlashtirish jarayoni odamning o‘zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning
bilan qanday maqsad ko‘zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy
dunyosi orqali namoyon bo‘ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat,
104
muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko‘nikmalarida ko‘zga tashlanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni
egallashga intilgan sa’y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‘z
istiqboli uchun yo‘l-yo‘riq tanlashda, uni o‘zlashtirishda, hayotda o‘z mavqei va
o‘rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda
har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir
tanbeh berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi
qo‘zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir,
ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik
xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter,
temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar
yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har
xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik
xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud
emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilganligi qayg‘u-alam, uning bilan birga esa
hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab
voqelikning mangulikka yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-
qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va
tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol,
betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‘pincha, ularda
har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o‘zaro hech bir o‘xshamagan rollarni
ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‘ravon» bola o‘z
tengqurlari davrasida ehtiyotkorona harakat qilib, o‘zini tamoman boshqacha
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga
105
qo‘shilmaydigan sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda,
ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan
masalalardan bitta odamning o‘zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga,
sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo‘lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi,
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqasida va shu
singarilarida o‘z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki
o‘zaro hamohang tarzda o‘ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining,
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatuvchi alomatlardan biri
bo‘lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgurmagan
xususiyatlarning ko‘rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning
o‘zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o‘z zimmasiga olgan
vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo‘lmasin, turmushdagi mavqei ko‘p
ma’no, ko‘p qirrali xususiyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to‘la
mos keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan
tavsif faqat uning o‘ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining
individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning
ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga nisbatan munosabatini
o‘rganish orqali beriladi. O‘zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif
uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va
bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon
psixologiya
fanining
ilg‘or
taraqqiyparvar,
gumanistik
tadqiqotchilarining tajribasida ko‘rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi,
psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy
sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron
motivlari, hissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alohida
odamda betakror, barqaror, turg‘un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‘z navbatida
shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat’iyligi, stereotipligi to‘g‘risidagi
fikrni qat’iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
106
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar)
uzluksiz ravishda o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, hayotiy vaziyatlarda odam
o‘z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o‘zgarishi, yoshni ulg‘ayib
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan
uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‘unlikda
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‘indisining doimiyligi bilan uzviy
bog‘liqdir. Biroq biz qayd qilib o‘tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki
shaxsni psixik tuzilishining o‘zgarishi jahon psixologlarining bir qator
tadqiqotlarida o‘rganilgan. Bu o‘zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga
oshiradigan faoliyatida namoyon bo‘luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya
sharoitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o‘zgaruvchan xususiyatlari
inson xislatlarining yaxlitligi va o‘zaro bog‘liq. Hayotda biron bir tanbeh
berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi
qo‘zg‘atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘indisi bilan boyitilishi
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‘ladi. Odatda, shaxsni psixologik jihatdan
o‘rganish o‘z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi.
«Endopsixika» va «Ekzopsixika» haqida tushuncha.
Yuqorida ta’kidlab
o‘tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib
turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik
muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida
ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur
masalaning qo‘yilishi dastavval ta’lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka
oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu
masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya’ni shaxsni toifalarga
ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan
bog’liqdir. Darhaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng
107
nozik, ibratli jihatlarini cheklab o‘tish, u haqida yetarli darajada to‘la tasavvurga
ega bo‘lishni xohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda ta’kidlab
o‘tish lozim.
Shaxs tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning
bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu
bo‘laklarning yig‘indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon
psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy
qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni)
tavsiya etmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |