145
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni
oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo‘ldan o‘tishi
(qatnovi), qalin o‘rmonni kesib o‘tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat
uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya
holatida ham xuddi shunday
jarayonga duch kelinadi.
Eksterioretseptiv sezgilar moddalikdan (5 tadan) tashqari intermodal
nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi (a’zosi)
orqali sekundiga 10-15 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki
suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash vibratsiya
sezgirlik deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarning idrok qilishi, pianinoni ushlab
turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion sezgirlik intermodal
sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko‘rinishi
mana bunday
holatda namoyon bo‘ladi:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) tricheminal, ya’ni uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan, integrativ holatida
kabilar.
Sezgining nospesifik shakli - terining foto sezgirligi ranglarning nozik
jilolarini ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi.
Terining foto
sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina
holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo‘l
uchiga yashil va qizil rangli yorug‘lik yuborish orqali dunyo yuzini ko‘rgan. Rang
signallarining og‘riq qo‘zg‘atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib
borilganda, insonni faol mo‘ljallash (oriyentirlash) jarayonida uning qo‘l uchi
terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farqlashga o‘rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada
o‘rganilgani yo‘q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po‘st ostining
qo‘zg‘alganida asab tizimi hamda teri
ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga
yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug‘lik sezish elementlari maxsus sharoitda
muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko‘pincha «oltinchi tuyg‘u, hissiyot» sharofat bilan
146
inson tomonidan «masofa»ni sezish, ko‘r odamlarda to‘siqni his qilish ushbu
jarayon uchun yorqin misol bo‘la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo
to‘lqinlarini
idrok qilish, to‘siq oralig‘ida mavjud bo‘lgan tovush to‘lqinlarini
(tebranishlarini) o‘zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan
izohlashga muayyan negiz (asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Insonning aks
ettirish jarayoni o`z mohiyati va xarakteri jihatidan 2-bosqichdan iboratdir. 1)
Hissiy (aks ettirish) bilish bo`lib, u sezish, hissiy qabul qilish,
xotira va
tasavvurlardan iboratdir. 2) Aqliy bilish bosqichi bo`lib, u tafakkurdan iboratdir.
Hissiy bilishning boshlang`ich shakli - sezgidir. Chunki hissiy bilishning
boshqa shakllari – hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha murakkab bo`lib, u
sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning sezishdan farqi shundaki,
unda predmetlarning ayrim xossalarni emas, balki predmet bir butun holda aks
etadi.
Hissiy bilishning yana bir shakli tasavvurdir. Tashqi ta`sir natijasida vujudga
kelgan nerv va miya qobig`ining ma`lum qismidagi qo`zg`alish – sezish,
qabul
qilish – ma`lum davrgacha o`z izini qoldiradi, ya`ni tashqi ta`sir to`xtagandan
so`ng qo`zg`alishning, sezishning izi saqlanib qoladi. O`sha ta`sir etgan predmetga
aloqador bo`lgan, unga qandaydir munosabatda bo`lgan hodisa ta`siri natijasida
izlar yana qayta tiklanishi mumkin.
Miya qobig`ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan
qo`zg`alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi.
Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanmaydi.
Hissiy bilish
yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich
asosida ijtimoiy mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, tafakkur
paydo bo`ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «materiallar»ni
qayta ishlash, ularni munosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va
asosiy tomonlarini nomuhimlaridan ajratib olish, ularning
qonuniyatlarini ochish
aqliy bilish va tafakkurda amalga oshiriladi.