O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Sezgining tasnifi, sezgi klassifikatsiyalari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

6.2.Sezgining tasnifi, sezgi klassifikatsiyalari 
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg‘onadi, shuning 
bilan birga ularning ifodalanishi o‘ziga xos shakllarga egadir. Chunonchi, ular 
oldindan his qilish tariqasida paydo bo‘lib, hatto inson ularni ta’riflab berish 
imkoniyatiga qodir emas, ko‘pincha ushbu kechinmalar tush ko‘rishda qaysidir 
kasallik xuruj qilayotganligidan darak beruvchanlik vazifasini o‘tmaydi, xolos. 
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, 
bolada esa xatti-harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki, bola o‘z 
tana a’zolaridagi ichki holatlarning o‘zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga 
ega emas, xuddi shu tufayli undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi 
belgilaridan buni sezish mumkin. Bu hodisalarning yorqin misoli sifatida quyidagi 
voqelikni tahlil qilamiz: bola o‘z ichki interioretseptiv sezgilarini namoyish qilish 
maqsadida «kasal» bo‘lib qolgan qo‘g‘irchog‘ini parvarish qila boshlaydi. 
Interioretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki 
jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish balansini ta’minlab turishning asosi 
hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni 


143 
o‘zaro o‘rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan 
paydo bo‘ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo‘riqish, affekt 
holatlarini yo‘qotish (bartaraf qilish, pasaytirish), tug‘ilib kelayotgan mayllarni esa 
qoniqtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Oqibat natijada, ichki tana a’zolarining 
faoliyatini izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Xuddi shu sababdan tibbiyot 
psixologiyasida interioretseptiv sezgilar ham muhim rol o‘ynaydi. Somatik va 
visperal jarayonlar, ruhiy holatlar (psixosomatika) o‘rtasidagi munosabatlarni 
o‘rganish imkonini yaratadi. 
Interioretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interioretsepsiya bilan 
birgalikda K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Bu 
narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan 
holda sharhlab berilgan. 
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi 
holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining 
regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar. 
Periferik retseptorlar muskullarda, paylarda va bo‘g‘imlarda joylashgan 
bo‘lib, maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini 
tanachalari deb ataladi. Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar 


144 
muskullarining taranglashuvi natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishida, nerv 
tolalari (iplari) yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi (stolbasidagi) oq 
suyuqliklarga yetkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi 
bo‘limlariga yetib keladi va undan po‘stosti tugunlaridan o‘tib, bosh miya katta 
yarim sharining qorong‘ilashgan zonasida o‘z harakatini yakunlaydi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin