171
va tasavvur uyg‘otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga
o‘xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan
tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish
kishiga ko‘chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na mantiqiy tahlil, na
uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan bu tarzda insonni inson
tomonidan idrok qilish o‘xshashlikka asoslanishini ta’kidlab o‘tish maqsadga
muvofiq.
Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy
(ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to‘g‘risida
muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai
nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko‘rinishiga nisbatan bunday
yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o‘xshatish deyiladi.
Bizningcha, insonin inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy
ravishda
quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin:
idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan
qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo‘yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi;
bunday idrok qilish tarzida insonning inson tomonidan aks ettirish, o‘xshatish,
unga taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, ya’ni
identifikasiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha
mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon
bo‘ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to‘g‘risida muayyan qarorga
kelinadi;
o‘zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg‘ulariga
nisbatan hamdardlik
bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati
tug‘iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish
bosqichi yuzaga keladi;
o‘zga kishilarga ijtimoiy guruh a’zolariga nisbatan berilgan xislatlarni
ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni
tug‘iladi, ya’ni qadimgi mezonlar bo‘yicha in’ikos qilish stereotipizatsiya deyiladi.
172
Psixologiya fanida refleksiya, ya’ni o‘zini o‘zi anglash shaxsning barcha
(hissiy, bilishga oid,
irodaviy, boshqaruv) xususiyatlarini oqilona baholash degan
qarashlar va yondashuvlar to hozirgi davrgacha davom etib kelmoqda. Bunday
holat inson tomonidan o‘zini o‘zi aks ettirishni bildiradi, xolos. Lekin o‘zga
kishilar idrok qilinuvchining shaxs sifatlarini qay hajmda bilishadi, ularni baholash
imkoniyati qanday, uning nimalarga qodir ekanligini tushuna olishadimi? Shu kabi
muammolarga javob berish orqali o‘zini o‘zi anglashning boshqa qirralarini
aniqlash mumkin. Insonlar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish kezida:
birinchidan, darhaqiqat idrok qilinayotgan shaxsning asl qiyofasi so‘zsiz
ravishda ifodalanishi;
ikkinchidan, shaxs o‘zini aniq tasavvur qilib, so‘ng oqilona baholay olishi,
munosabat bildirishi, shaxsiy yondashuvi;
uchinchidan, shaxsning boshqa odamlar tomonidan anglanishi natijasida
ikkiyoqlama in’ikos, ya’ni «subyekt-subyekt» munosabati vujudga keladi.
Shaxslararo bir-birini aks ettirish jarayonining mohiyati inson fazilatlarini qayta
esga
tushirish, qaytadan tiklash va ularni yaxlit tarzda mujassamlashtirish orqali
o‘z aksini topadi.
Jahon psixologlari asarlarini tahlil qilish va shaxsiy kuzatishlarimiz natijalari
inson tomonidan faoliyat maqsadini ro‘yobga chiqarish rejasini va modelini
yaratishda ifodalanuvchi antisipatsiya (lotincha oldindan sezish, payqash, oldindan
idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirligi) bir necha bosqichlardan
iborat ekanligidan dalolat bermoqda.
Hozirgi zamon jahon psixologlari antisipatsiyani besh darajaga ajratib
o‘rganmoqdalar, chunonchi anglashilmas subsensor (lotincha - sezish so‘zlaridan
tuzilgan bo‘lib, idrok qilishning ongosti holatini anglatiladi), sensomotor (lotincha
- sezish, harakat degan ma’noni bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir),
perseptiv (lotincha-idrok degan ma’no anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat)
qilish kabilar.
Antisipatsiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining
o‘zgarishida, uning ideomotor (ixtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi ta’sirga tezkor
173
javob qaytarishida o‘z aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va harakat
barqarorligi insonning ixtiyoriy sa’y-harakatga tayyorgarlik ko‘rish
uchun muhim
zamin ta’minlaydi.
Antisipatsiyaning sensomotor bosqichi harakatdagi jismlarni o‘zaro
taqqoslashda, murakkab harakatlarni muvofiqlashtirishda, tezkor harakatning
muhitdagi vaqt va fazoviy o‘zgarishlar mutanosibligini uzluksiz ravishda idora
qilib turishda namoyon bo‘ladi.
Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Buning natijasida o‘tmish tajribalariga asoslanib kelajakda vaqt va fazoviy
o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari
yaqqollashtiriladi.
Bizningcha, inson tomonidan yangilik modelini bir necha yo‘nalishda
amalga oshirishi mumkin: hozirgi zamon kelajak tomon fikriy yo‘nalishda; kelajak
muammolaridan hozirgi davr masalalariga fikran ko‘chish; hozirgi davr va istiqbol
rejalari yuzasidan moziyga murojaat qilish kabilar.
Antisipatsiyaning har qaysi bosqichi integrativ xususiyatga ega bo‘ladi, ular
bir-birini uzluksiz ravishda taqozo qiladi va xuddi shu yo‘sinda ma’lumotlar
taqchilligiga barham beriladi. Shunday real voqelik vujudga kelishi mumkinki,
bunda inson oldida yaqqol topshiriq va vazifadan kelib chiqqan holda u yoki bu
antisipatsiyaning bosqichi ustuvorlikka erishadi.
Xuddi shu boisdan uning har
qaysi bosqichi o‘zaro qorishib ketishi, muammoning o‘ziga xos xususiyatlariga
binoan izchillik, ketma-ketlik tizimi buzilishi ehtimoldan holi emas.
Dostları ilə paylaş: