168
Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar,
idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish jarayonlaridir.
Idrok
-
Tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks etishidir.
Masalan, uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok etamiz. Narsalar
sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok – tevarak-atrofimizdagi narsa va
hodisalar hamda ulardagi xilma-xil xossalarning miyamizdagi obrazlaridir.
Odam psixikasining barcha tomonlari, inson
xulq-atvorining turli-tuman
hamma xususiyatlari asosan faoliyatida namoyon bo’ladi. Odam faoliyatining
asosiy turlari: o’yin (bolalik davrida), ta’lim va mehnatdir. Faoliyatning barcha
turlarida odam o’z atrofidagi voqe’likning idrok etadi, bir nimani eslab qoladi yoki
esiga tushiradi,
fikrlaydi, har-xil hislarni ko’nglidan kechiradi, o’z faolligini
namoyon qiladi.
Bu yerda ko’rsatilgan xilma-xil psixik hodisalar bir-biridan ajralgan holda
sodir bo’lmaydi.
Shu tariqa, psixik holatlar va psixik mahsullar
psixik jarayonlar bilan
chambarchas bog’langan bo’lib, odatda shu jarayonlar tarkibiga kiradi.
Psixik holatlar ro’y beradigan psixik jarayonlarning o’ziga xos foni
hisoblanadi. Bu holatlar psixik jarayonlarga ta’sir etadi, ularni tezlatadi,
kuchaytiradi yoki tormozlaydi, susaytiradi.
Mustahkamlangan psixik mahsullar murakkabroq jarayonlarning ro’y berishi
uchun asos - material hisoblanadi. Masalan, xayol, tafakkur jarayonlari tasavvur va
xotira asosida voqe’ bo’ladi va hokazo.
Xuddi
shuningdek, ayrim aqliy, emotsianal va irodaviy jarayonlar bir-biri
bilan bog’lanmagan holda ro’y bermaydi. Odamning psixik hayotini qandaydir
birlamchi elementlarining yoki
ayrim psixik jarayonlarning, ya’ni sezgi, idrok,
xotira, xayol, tafakkur, nutq va shu kabilarning anchayin yig’indisi deb o’ylash
yaramaydi. Har bir psixik protsess boshqa jarayonlar bilan chambarchas
bog’langan holda sodir bo’ladi. Masalan, sezgisiz idrok etib bo’lmaydi, idrok esa
xotira,
tafakkur jarayonlariga, nutq, diqqat, hissiyot va irodaga bog’liq bo’ladi.
169
Xotira va xayol jarayonlari tafakkur, nutq, hissiyot va iroda jarayonlariga
bog’liq. Tafakkur idrok bilan xotira asosida ro’y beradi va nutq bilan chambarchas
bog’langan bo’ladi. Nutqning o’zi ham tafakkursiz bo’la olmaydi.
Dostları ilə paylaş: