190
Ma’lum bo‘lishicha, izlarning «konsolidatsiya»lanishini tezlashtiruvchi
moddalar ham ma’lumdir. Bunday preparatlarning biri-otrixnindir. Bundan
inyeksiya qilinsa, konsolidatsiyani
tezlashtirish bilan birga, unga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi moddalarga nisbatan «yashovchanroq» qilib qo‘yadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tajribalardan ko‘rinib turibdiki, izlarning
mustahkamlanishi ma’lum vaqt talab qiladi va ushbu jarayonda turli kuch bilan
ta’sir qiluvchi holatlar hukm suradi. Lekin hayvonlarning
individual farqlari
mavjud bo‘lib, izlarning konsolidatsiyasi turli hayvonlarda turlicha tezlikda ro‘y
beradi. Amerikalik psixolog Mak Gouning ko‘rsatishicha, ko‘nikma tez hosil
bo‘ladigan kalamushlarga ko‘nikma hosil qilinadigan 45 sek. o‘tgandan keyin shok
191
berilsa, izlar yo‘qoladi, 30 daqiqadan keyin shok berilsa, u holda izlar saqlanadi;
ko‘pincha ko‘nikma asta-sekin hosil bo‘luvchi kalamushlarda (individual-tipologik
xususiyatlarga ko‘ra) 45 sekunddan, 30 daqiqadan keyin berilgan shok izlarini bir
xilda yo‘qotadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, kalamushlarning «tez» guruhlarida izlar 15-
20 daqiqa ichida konsolidatsiya bo‘lishga ulguradi (uzoq vaqtgacha)
va ular
«sekin» guruhlarida esa izlar konsolidatsiya bo‘lishiga ulgurmaydi hamda uzoq
vaqtgacha yaxshi mustahkamlana olmaydi.
Inson tomonidan muayyan izlarni o‘zlashtirish degan gap izlarning
mustahkamlanganligi emas hali, chunki ularning mustahkamlanishi uchun ma’lum
vaqt zarurdir. Bu vaqt ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, jumladan, bular qatoriga
individual xususiyatlar va ularning imkonini kiritish mumkin.
Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslarining o‘tishi o‘zidan
keyin fizik iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga
qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga
keladigan elektrik va
mexanik o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi.
Izlarning neyrofiziologik asoslari to‘g‘risida fikr yuritilganda Lorente,
Makselein kabi olimlarning reverberlashtirish hodisasini (reverberlashtirish -
aylancha aks ettirish demakdir) tatbiq qilinganlarini aytib o‘tish maqsadga
muvofiqdir. Ularning ko‘rsatishlaricha, nerv hujayralaridan chiqqan aksonlar
boshqa hujayralardagi dendritlar bilan qo‘shilishi natijasida reverberlashtirish
hodisasi vujudga keladi.
Protoinlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan
holatlar biokimyoviy
reaksiyalar deyiladi. Bu hodisani jahon psixologlari uzoq muddatli xotiraning
psixofiziologik mexanizmi deb ataydilar. Mak Konnel (AQSh) yomg‘ir
chuvalchanglarida tajriba o‘tkazgan. U shartli reflekslarni hosil qilish boshqa
reaksiyalardan farqli o‘laroq, biokimyoviy reaksiyalarda (yorug‘dan qochishni
mashq qilish) ikki-uch marta kamayib ketishini ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: