Nazorat savollari:
1. Diqqatning haqida tushuncha bering?
2. Diqqat turlari sanang?
3. Diqqat xususiyatlari ayting?
4. Diqqatning yo’nalganligini tushuntiring?
5. Diqqatning barqarorligi nima?
6. Diqqat ko’lami nima?
181
9 -MAVZU. XOTIRA
Tayanch tushunchalar:
xotira turlari, ixtiyorsiz, ixtiyoriy xotira, obrazli
xotira, eydetik xotira, emotsional xotira, so’z-mantiq xotirasi, xotiraning
individual psixologik xususiyatlari,
assotsiatsiya.
9.1. Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi. Xotira va uning
psixifiziologik mexanizmlari
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati
shundan iboratki, inson tashqi ta’ssurotlarning aks ettirilishidan o‘zining keyingi
faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida
ba’zi bir o‘zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko‘nikma, malaka va bilim
ko‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib,
yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma’lumki, agar tashqi olamning
bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, timsollari va
ularning izlari yo‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi,
murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin
bo‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy
bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu
bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan
jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday
tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda
saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu
ta’rifda xotiraga taalluqli bo‘lgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o‘z
aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan
deyishga hech qanday haq-huquqimiz yo‘q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning
birdan-bir yo‘li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat:
«Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va
ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda,
verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib
182
qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan
iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha
taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunoncha tpeta —
xotira) faoliyatdir». Shuni qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta’rif
xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‘la ta’kidlash imkoniyatiga ega.
Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallik da’vo qilish degan ibora emas,
chunki unda obyektivlik (tashqi) va subyektivlik (ichki) yuzasidan ma’lumot aks
ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga hojat ham, imkoniyat ham
yo‘qdir.
Ta’rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish,
tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko‘rsatilgan, lekin ularning har
biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat
davomida, xoh bilish, xoh mnemik holat bo‘lishidan qat’iy nazar va o‘sha faoliyat
tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan
muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uning
individual (yakkahol) tajriba ko‘lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga
bog‘liq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qo‘llash uchun
esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. O‘zlashtirilgan
materiallarni ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unutilishiga olib
keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga
bog‘liqdir. Ana shuning uchun har xil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-
atvori hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-
qarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular o‘zaro mezonlari hamda sharhlari bilan
tafovutlanadilar.
Shunday qilib, xotira shaxs ruhiy faoliyatining eng muhim tarkibiy
qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning
bosh roli o‘tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib
qolmasdan, balki ham hozirda, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan
voqelikning ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon
bo‘ladigan har qanday toifadagi ruhiy hodisa o‘zining tarkibiga kiruvchi har bir
183
qismni muayyan tartibda o‘zaro bog‘langan tarzda saqlab qolinishini talab etadi.
Turli ko‘rinishga ega bo‘lgan «bog‘lanish»ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga
kelmasa, u holda rivojlanish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas, chunki, I.
M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi »chaqaloqlik holatida» mangu qolib
ketgan bo‘lur edi.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko‘p marotaba ta’kidlanishiga binoan, xotira
barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bo‘lishi bilan bir qatorda, inson
shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi.
Ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to‘g‘risida muayyan
tartibda ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bo‘lib
hisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko‘p jihatdan xotira
muammolarining o‘rganilishiga bog‘liqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini
ochish, «aqlli» va «sun’iy intellekt»li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat
darajasini ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-
tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik
nazariyalarga bag‘ishlangan. Lekin jahon psixologiyasi fanida assotsianizm,
geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar mavjud bo‘lishiga
qaramasdan bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab
chiqilmagan. Ilmiy-nazariy xususiyatlarga ega bo‘lgan, faraz tarzdagi nazariyalar
va qarashlarning haddan tashqari ko‘pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya,
biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi.
Bu narsaning barchasi xotirani o‘rganishning psixologik, neyrofiziologik va
biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi.
Xotirani o‘rganishning har uchala darajasi ichidan uning psixologik darajasi
tadqiq qilinishi o‘zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka
ega bo‘lib, psixologiya fanida xilma-xil yo‘nalishlar va nazariyalar ishlab
chiqilganligi hamda original (mustaqil ravishda, boshqalarga o‘xshamaydigan)
innovatsion (yangi, dolzarb) g‘oyalar ilgari surilganligi ma’lumdir. Bu nazariyalar
negizida (mohiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga subyekt (inson)ning
184
faolligi qanday ahamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga
kelishi) qanday ro‘yobga chiqishi to‘g‘risidagi muammolarni tasniflash va
baholash yotadi.
Inson xotirasining qonuniyatlarini o‘rganish psixologiya fanining markaziy
masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, insonning har qanday kechinmasi,
hatto xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma’lum bir sharoitda qayta
namoyon bo‘luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun xotira deganda insonga tabiat,
jamiyat, koinot to‘g‘risida ma’lumot, xabar, axborot va taassurot to‘plash imkonini
beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarining esda olib qolinishi, esda saqlanishi,
qayta esga tushirilishi, eslashi, tanishi tushuniladi.
Bunga bog‘liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o‘rganish
bilan aloqador bo‘lgan qator murakkab muammolar, masalalar tadqiq qilish
vazifasi turibdi. Bular quyidagalardan iboratdir: izlar qanday esda olib qolinadi,
esda olib qolishning fiziologik mexanizmlari qanday, esda olib qolishga qanday
obyektiv (tashqi), subyektiv (ichki), tabiiy-biologik va ijtimoiy-psixologik
sharoitlar ta’sir qiladi va ularning chegaralari qanday kabilar.
O‘tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab xotirani tadqiq qilishda tajriba,
tekshiruv, sinov usullaridan foydalanila boshlangan. O‘tgan asrning 80-yillarida
nemis psixologi German Ebbingauz «sof» xotira qonunlarini o‘rganish imkonini
beruvchi, boshqacha so‘z bilan aytganda, tafakkurga bog‘liq bo‘lmagan holda
izlarning esda olib qolinish jarayonini tadqiqot etishning yangi uslubini taklif
qilgan. Ma’nosiz bo‘g‘inlarni yod olishdan iborat bo‘lgan bu uslub Ebbingauzga
materialni esda olib qolishning egri chizig‘iga oid qonunni kashf qilishga, uning
asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlarni xotirada
saqlanish muddatini hamda asta-sekin so‘nish holatini tekshirishga imkoniyat
yaratgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida amerikalik psixolog Eduard
Torndaykning tekshirishlari paydo bo‘ladi. U birinchilardan bo‘lib tekshirish
predmeti sifatida hayvonlarda ko‘nikmalarni paydo bo‘lish jarayonini tanlagan edi.
185
Xuddi shudavr xotira psixologiyasida keskin burilish nuqtasini vujudga
keltirdi. Akademik I. P. Pavlov shartli reflekslarni o‘rganishning ilmiy metodini
taklif etdi. Bu narsa, o‘z navbatida, bosh miya katta yarim sharlari yangi
bog‘lanishlar paydo bo‘lishiga va mustahkamlanishining asosiy fiziologik
mexanizmlarini tekshirish imkoniyatini tug‘dirdi. Ana shunday qilib, ushbu
bog‘lanishlar paydo bo‘lishiga va saqlanib qolishiga yordam beradigan shart-
sharoitlar, shuningdek, bog‘lanishlarning saqlanishiga ta’sir qiluvchi holatlar,
omillar va mexanizmlar tasvirlab berildi. I.P.Pavlov oliy asab faoliyati ta’limoti va
uning asosiy qonunlari xotiraning fiziologik mexanizmlariga oid bilimlarning
asosiy manbaiga aylanib qoldi.
Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy
ravishda tadqiqot qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan (1896-1934).
L.S.Vigotskiy 20-yillarning oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti
qilib, xotiraning yuksak shakllarining rivojlanish muammosini tanlagan va u o‘z
shogirdlariga L.N. Leontev (1903-1979) va L.V.Zankov bilan birgalikda xotiraning
yuksak shakllari ruhiy faoliyatning murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish
jihatidan ijtimoiyligini ko‘rsatadi. Shuning bilan birga u murakkab, mohiyatiga
ko‘ra, esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini dalillab berdi.
Psixologlardan A.A.Smirnov, P.I.Zinchenkolar ham xotira bo‘yicha ilmiy-
tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini
ochdilar, esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog‘liqligini yoritdilar, murakkab
materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko‘rsatib berishga muvofiq
bo‘ldilar. Ularning tadqiqotlari to‘g‘risida boshqa bobda batafsil to‘xtalib o‘tamiz,
shuning uchun hozir umumiy tasnif bilan cheklanamiz, xolos.
Xotirani psixologik tekshirishlarda qanchalik yuksak muvaffaqiyatlarga
erishganidan qat’iy nazar izlarning saqlab qolish jarayoni uning holatlari va
hodisalar tabiati noma’lumligicha qolavergan. Bu fan tarmog‘ida uzilishlar bir
necha davr hukm surib yeklgan. Mazkur holatning turli shaklda talqin qilish
mumkin, lekin hech mahal uni saqlash to‘g‘risida mulohaza yuritib bo‘lmaydi.
186
Faqatgina oxirigi o‘ttiz yil ichida izlarning saqlanishi uchun zarur bo‘lgan
miya qismlarini ajratib ko‘rsatuvchi va esda olib qolishning va unutishning asosida
yotuvchi mexanizmlarni ko‘rsatib beruvchi tekshirishlar o‘tkazila boshlandi.
Quyida ana shu masalalar to‘g‘risida mulohaza yuritiladi hamda ilmiy-amaliy
jihatlari yuzasidan dalillar keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |