9.5. Xotira murakkab psixik jarayon ekanligi, xorij psixologiyasida
xotira borasidagi psixologik fikrlari
Ma’lumotlarga qaraganda, proaktiv va retroaktiv tormozlanish bir faoliyat
doirasida ham yuzaga kelishi mumkin, chunonchi, muayyan o‘quv materialini
213
o‘rganish (tanishish), texnik chizmalar ustida ishlash, loyihalarni tahlil qilish kabi
jarayonlardir. Ma’lumki, materialning o‘rtasini esda olib qolish uchun boshi yoki
oxirini o‘zlashtirishdan qiyinroq, murakkabroq kechadi. Material hajmining
ko‘pligi, kattaligi, shuningdek, uning o‘rtasini esda olib qolishga proaktiv va
retroaktiv tormozlanish salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shu bois, material o‘rtasini
esda olib qolish uchun uni bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi. Shuning
uchun bir tekis, asta-sekin sur’atga amal yoki rioya qilish yuqori samara beradi,
diqqatni mavzuga yoki faoliyat obyektiga puxta to‘plash (markazlashtirish,
konsentratsiya), irodaviy aktni unga yo‘naltirish natijasida qo‘zg‘ovchilar, turtkilar
miyada mustahkamlanadi.
Muvaqqat, vaqtincha unutish jarayoni miya po‘sti hujayralari zo‘riqishi,
taranglashuvi oqibatida hamda tashqi, ikkinchi darajali tormozlanish ta’sirida
vujudga kelishi kuzatiladi. Bu voqelik tana a’zolari, asab faoliyati tizimi toliqqan
holatida esda olib qolishni keskin pasayishi bilan izohlanadi. Asab tizimi,
hujayralarning me’yorida ishlashini tiklanishi orqali unutilgan narsalar, subyektlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar asta-sekin esga tusha boshlaydi.
Salbiy induksiya va tashqi tormozlanish tomonidan keltirib chiqaruvchi vaqt
o‘tishi bilan unutish jarayoni reminissensiya hodisasi bilan aloqaga ega. Esda olib
qolishning dastlabki daqiqalari-ga qaraganda muayyan vaqt o‘tgandan keyin esga
tushirish to‘laroq aks etar ekan. Katta hajmdagi materiallarni esda olib qolish
kezida ham shunga o‘xshash ruhiy hodisa vujudga keladi. Tajribalarning
ko‘rsatishicha, reminissensiya hodisasi voyaga yetganlarga qaraganda bolalarda
ko‘proq uchraydi, kishi keksayish davrida sal-pal eslash, esga tushirish yanada
kuchayadi. Insonning barcha faoliyati turlarida (ta’lim, mehnat), muomalasida,
xulq-atvorida hisobga olish joiz.
Ma’lumotlar (materiallar)ni esga tushirishdagi qiyinchiliklar ularni eslashning
o‘ta kuchli xohishi yuzaga kelishi tufayli namoyon bo‘ladi hamda favqulodda
tormozlanishni chaqiradi. Vaqt o‘tishi bilan insonnig boshqa narsalar (obyektlar,
subyektlar) bilan chalg‘ishi tormozlanishni pasaytiradi, natijada nimani eslash
zarur bo‘lsa, u darrov esga tushiradi.
214
Xuddi shu bois, esga tushirish imkoniyatining yo‘qligi, hatto bu borada tanish
jarayoni ham o‘z xususiyatlari bilan to‘la unutishning ko‘rsatkichi bo‘lib
hisoblanmaydi. Eng asosiysi, oliy ta’lim tizimida muvaqqat (vaqtincha) unutish
bilan sal-pal hamda uzoq muddatli unutish turlarini farqlash joiz, chunki uning
oxirgisini takrorlash yordami bilan bartaraf qilinishi mumkin. Ba’zi hollarda talaba
bilimini baholash kezidagi anglashilmovchilikning vujudga kelishi muvaqqat
(vaqtincha) unutish sharoiti va xususiyatini hisobga olmay, uzoq muddatli unutish
sifatida qaror qabul qilishning oqibatidir.
Muvaqqat asab tizimi aloqalarini uzoq muddat saqlanishi ularning
mustahkamlik, barqarorlik darajasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaqqat
aloqalar kamroq mustahkamlangan bo‘lsa, puxtalik yetishmasa, ular tezgina
so‘nadi va aksincha. Shuning uchun har qanday materialni avval boshdan puxta
o‘zgartirib olish lozim. Agarda material puxta mustahkamlansa, shuncha uzoqroq
esda saqlanadi va kamroq unutiladi. Shuni ta’kidlash joizki, egallanayotgan
materialga nisbatan shaxsda moyillik, qiziqish, motivatsiya mavjud bo‘lsa, uni
uzoqroq esda saqlashga zamin hozirlaydi.
Unutish jarayoni vaqt bilan o‘lchanadi va muayyan sur’at taqozosi bilan
ro‘yobga chiqadi. Ebbingauzning ko‘rsatishicha, materialni o‘zlashtirishning
dastlabki daqiqalarida unutish jadal kechadi, muayyan vaqt o‘tgandan keyin uning
sur’ati pasayadi. Unutish materialning mazmuniga, yangiligiga, tushunishning
og’ir yoki yengilligiga kasbiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etishiga bog‘liq. Xuddi
shu sababdan shaxs tomonidan anglanilgan material asta-sekin, past sur’atda
unutiladi. Shunga qaramasdan, nisbatan inson tomonidan anglanilgan material
dastlab tez sur’atlar bilan unutila boshlaydi, keyinchalik esa uning kechishi bir oz
pasayadi. Mashq qilish, takrorlash, turg‘un, barqaror qiziqishni shakllantirish
mumkin qadar unutish sur’atini pasaytiradi.
Esda
saqlashning
shart-sharoitlari
xotira
o‘tkirligi, mahsuldorligi,
samaradorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Unutish vaqt (zamon) funksiyasigina
bo‘lib qolmasdan, balki unda esda olib qolish, esga tushirish singari tanlovchanlik
(saralash) xususiyati mavjud. O‘z mohiyati bilan shaxsning ehtiyojlariga
215
qiziqishlariga, faoliyat maqsadiga bog‘liq, mutanosib, muhim ahamiyatli material,
sekin sur’atda unutiladi. Inson uchun hayotiy, ijtimoiy, kasbiy ahamiyatli bir qator
voqeliklar materiallar, ma’lumotlar aslo unutilmaydi. Odatda, shaxsning faoliyatda
ishtirok etish darajasiga qarab materialning esda saqlanishi aniqlanadi. Ilmiy
tadqiqotlarda unutish o‘zlashtirilgan materialning hajmiga bog‘liq ekanligi
ta’kidlanadi. Muayyan vaqt o‘tgandan keyin o‘zlashtirilgan, o‘rganilgan materialni
esda saqlash foizi uning hajmiga teskari proporsional munosabatda bo‘lishi
tasdiqlangan. Agarda bir xil sharoitda (vaziyatda) berilgan materiallar ham sifat,
ham miqdor jihatdan o‘xshash bo‘lsa, u holda esda olib qolish jarayonida ularni
hisobga olish o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Masalan, suxandon (diktor) bir
bet standart matnni o‘qish uchun ikki daqiqa vaqt sarflasa, xuddi shu hajmdagi
materialni o‘qish, uqish, tushunish, anglab yetish uchun talaba uch-to‘rt barobar
vaqt ajratadi. Bunda shaxsning individual xususiyatlari, xotira tiplari, uquvchanlik
qobiliyati, noyob xislatini hisobga olish joiz. Esda saqlash jarayonida materialning
hajmi birlamchi emasligi, unga uning sifati ustuvor ahamiyat kasb etadi. Esda
saqlashda yaxlitlik, alohidalik muhim o‘rin egallaydi, chunki mazkur jarayonda
matn (mavzu)dagi asosiy holatlar, qonuniyatlar, nazariyalar, qiyosiy tahlillar,
yorqin ifodalar, jonli nutq mahsullari o‘z izini qoldiradi. Esda saqlashda keyingi
o‘rin ba’zi bir fikriy birliklarga, hatto matn mazmuniga undan ham kuchli e’tibor
beriladi. Esda saqlashning muhim xususiyatlaridan biri - bu materialni
umumlashgan darajasi bilan bevosita bog‘liqligidir. Jami umumiylikdan
mazmuniy-nazariy yo‘nalishga va undan yakka alohidalikka fikran o‘tish esda
saqlashning oqilona aqliy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Umumlashmalarni
umumlashtirish, mavhum holatlarni mavhumlashtirishning fikriy harakatlariga
asoslangan materiallar esda saqlashning eng qulay shart-sharoitlari sanaladi. Esda
saqlashning sharoitlariga: a) ma’lumotlarning amaliyotga tatbiq etuvchanligi; b)
oqilona aqliy usullar yordami bilan oldingi bilimlar o‘zlashtirilganligi; v) ularni
vaqti-vaqti bilan chuqurlashtirib borish; g) materiallarni eydetik obrazlar,
tasavvurlarga boyitish kiradi.
216
Xotira – insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish,
saqlash va qayta eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari, hatti-
harakatlari, holatlaridir.
Tashqi ta’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobig’ining ma’lum
qismidagi qo’zg’alish – sezish, qabul qilish – ma’lum davrgacha o’z izini
qoldiradi, ya’ni tashqi ta’sir to’xtagandan so’ng qo’zg’alishning, sezishning izi
saqlanib qoladi. O’sha ta’sir etgan predmetga aloqador bo’lgan, unga qandaydir
munosabatda bo’lgan hodisa ta’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi mumkin.
Miya qobig’ida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi, qaytadan
qo’zg’alishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi.
Insonning bilish jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanmaydi. Hissiy bilish
yoki jonli kuzatish inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich
asosida ijtimoiy mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, tafakkur
paydo bo’ladi. Hissiy bilish orqali obyektiv reallikdan olingan «materiallar»ni
qayta ishlash, ularni munosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va
asosiy tomonlarini nomuhimlaridan ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish
aqliy bilish va tafakkurda amalga oshiriladi.
Narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va idrok orqali hosil
bo’lgan obrazlari nom - nishonsiz yo’qolib ketmaydi - ular miyamizda o’rnashib,
saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga tushadi. Ilgari idrok etilgan
narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok
kabi, ko’nglimizdan kechgan fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga
o’rnashib, saqlanib qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko’ngildan
kechgan narsalarning miyamizga o’rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana
esimizga tushishidan iborat bo’lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb ataladi.
Xotira jarayonlarini tekshirishda qo’llaniladigan quyidagi usul laboratoriya
eksperimentiga misol bo’la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan
kishining oldida o’n ikki so’z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan
so’zlarini belgilangan vaqtdan keyin aytadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib,
217
so’zlarni, raqamlarni yoki qanday bo’lmasin boshqa materialni yodlash tezligi,
esda nechog’li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilarni aniqlash mumkin.
Eksperiment o’tkaziladigan sharoitning o’zi tekshirilayotgan kishilarning
psixik holatiga, demak, tekshirilayotgan hodisalarga va tekshirish natijalariga
salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan, o’quvchining o’ziga berilgan o’quv
materialini nima uchun xotirada qoldirish kerakligini bilib, maktabda yoki uyda
dars tayyorlashi uning uchun odatdagi bir ishdir, ammo xuddi shu o’quvchining
laboratoriya sharoitida, maxsus asboblar qo’llaniladigan odatdan tashqari
eksperiment sharoitida, ataylab tayyorlangan eksperiment materialini esga olib
qolish jarayoni boshqacha tusda o’tishi mumkin.
Ta’lim jarayonida anglashilgan bilimlar, egallangan ko’nikma va malakalar
talaba xotirasida saqlanadi. O’quv materialini esda olib qolish, esda saqlash, esga
tushirish uchun xotiraning bir necha xil vositalaridan foydalaniladi. Dastlab
bilimlar, axborotlar talaba opgiga assotsiativ yo’l bilan kirib boradi. Jumladan,
o’rganilayotgan narsa va hodisalarning o’zaro o’xshashligi, yondoshligi, qarama-
qarshiligi mavjud bo’lganligi sababli ular yengilroq o’zlashtiradilar. Ba’zan qonun
va qoidalar ma’nosiga tushunmay, mexanik ravishda yod olinadi. Lekin unday
materiallar esda puxta sakdanmaydi. Ana shuning uchun o’quv materiallari
mohiyatini imkoni boricha mantiqiy yo’l bilan esda olib qolish yuksak samaralar
beradi. Ayniqsa, esda olib qolishning omilkor usullaridan foydalanish o’zlashtirish
sifatini oshiradi. Chunonchi, ma’nosiga ko’ra matndagi so’zlarni fikran guruhlash,
matndan tayanch nuqtalarini topish, matn bo’yicha reja tuzish, o’tilgan mavzularni
idrok qilgan holda yangi mavzuni takrorlash yaxshi natijalar beradi.
O’qituvchi talabalarda esda olib qolish ustanovkalarini hosil qilishda qaysi
materialni uzoq muddat saqlashni, qaysi turkumdagi materialni sidirg’asiga emas,
balki mohiyatini tushunib olishni, nimalarni aynan esda olib qolishni, qanday
axborotlarni o’z so’zi bilan ifodalagan holda xotirasiga joylashning yo’l va
vositalarini tushuntirib berishi lozim. Ustanovkalar ta’lim jarayonida obyektiv omil
va kundalik zaruriyat ekanligini talaba anglab yetishi shart. Ulardagi oddiy
218
ustanovkalar asta-sekin ijtimoiy ustanovkaga o’sib o’tib, shaxsda qadriyatni
vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |