O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Xotira samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
Xotira samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar. 
I.P.Pavlovning dalillashicha, so‘nib borayotgan reflekslar o‘zlarini tiklashlari 
uchun dastlabki paydo bo‘lish davriga qaraganda takrorlash miqdorini kamroq 
talab etadi. Bundan tashqari, so‘nib borayotgan reflekslar muayyan sharoit yoki 
vaziyatda tormozlanish, to‘xtalishga uchrashi mumkin. Bu voqelik allaqachon 
unutilgan deb tasavvur qilingan taassurotlarning favqulodda ayrim omillarni esga 
tushirish holati bilan izohlanadi. Masalan, og‘ir betob holda yotgan odam 
qachonlardir o‘rgangan she’rini tasodifan yoddan aytadi, vaholanki, undan uzoq 
yillar foydalanmagani uchun uni batamom unutgan deb o‘ylash mumkin. 


212 
Xotira jarayoni hisoblanmish unutish bu o‘ziga xos, rang-barang, izoh talab 
ruhiy kognitiv hodisa. Shaxs faoliyatiga singib ketgan ma’lumotlar (obyektlar, 
subyektlar) uning uchun muayyan ahamiyat kasb etganligi tufayli bular mutlaqo 
unutib yuborilmaydi, inson faoliyatiga singib ketgan materiallar uning ehtiyojlari 
bilan bevosita aloqaga kirishganligi sababli unutish bilan kurashish jarayonining 
ishonchli vositasi hisoblanadi. Buning yorqin ifodasi esda saqlashning muhim 
omili yoki usuli - bu takrorlash aqliy harakatidir. 
Salbiy induksiya hodisasi harakati bilan uyg‘unlashuv beqaror, shuningdek, 
muvaqqat (vaqtincha) unutish jarayonini keltirib chiqaradi. Oliy ta’lim jarayonida 
o‘zlashtirishda notanish, begona (yot) qo‘zg‘atuvchilar yangi muvaqqat 
(vaqtincha) bog‘lanishlar vujudga kelishiga to‘sqinlik qiladi, buning oqibatida esda 
olib qolishning samaradorligi (mahsuldorligi) pasayadi. Oldingi (o‘tmishdagi) 
barqarorlashgan bog‘lanishlar (aloqalar) izlarini yo‘qotishga yo‘nalgan to‘siqlar 
so‘zsiz unutish jarayonini keltirib chiqaradi. Modomiki, shunday ekan, unutish 
nerv faoliyatining proaktiv va retroaktiv tormozlanishi (to‘xtalishi) bilan aloqada 
bo‘lishiga shubha yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, oldingi yoki keyingi faoliyat 
hozirgi faoliyatning mazmuniga o‘xshash yoki undan murakkabroq bo‘lsa, albatta 
tormozlanish (to‘xtalish) holati vujudga keladi. 
Yuqoridagi psixologik va fiziologik omillarga asoslangan holda mana bunday 
xulosaga kelish mumkin: birinchidan, bir mavzudan boshqa bir mavzuga o‘tish 
chog‘ida bir oz to‘xtalish qilish tufayli asabiy taranglashuv, jiddiylik, aqliy 
zo‘riqish kamayadi; ikkinchidan, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda mustaqil 
bilim olishda turdosh, jinsdosh o‘xshash fanlar yuzasidan emas, balki o‘zaro bir-
biri bilan keskin tafovutlanuvchi sohalar bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini yo‘lga 
qo‘yish darkor. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin