219
10 -MAVZU. XAYOL VA TASSAVUR HAQIDA TUSHUNCHA
Tayanch tushunchalar:
Ijodiy xayol, fantaziya, obraz, agglyutinatsiya, orzu,
shirin xayol, giperbola
,
aktiv xayol, passiv xayol, produktiv xayol, reproduktiv
xayol,
tasavvur,
aglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, sxematizatsiya,
aksentlashtirish.
10.1. Xayol haqida tushuncha. Xayolning fiziologik asoslari
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u
insonining ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga
ega bo‘lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi
va uning hal qilinishida
ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan
bo‘lsa, u albatta insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks
ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri
mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi.
Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya’ni
kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go‘yoki bu jarayonda ijodiy
faoliyatning
modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklar-ning mutlaqtarkiblari
bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi. Odamning har
qanday izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o‘z ichiga
qamrab oladi, kashfiyotning
dastlabki obrazlari, tarkiblari aniq voqelikdan uzoq
bo‘lishidan qat’iy nazar, taraqqiyot (rivojlanish) turtkisi vazifasini bajaradi.
Odatda, xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning
turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi,
chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy
izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy
faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan har
qanday faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko‘z
o‘ngiga keltirilishi shart.
Jahon psixologiyasida xayol insonning ijodiy
faoliyatning tarkibiy qismi
sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy
mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik
220
alomatlari
vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni
ta’minlaydi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, hech qachon xayol ijodiy
faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki uning ayrim
o‘rinlarini to‘ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos.
Xayol – insonning subyekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan
yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan obyektlarning in’ikosining
(tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo’rttaga paydo
bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (masalan,
kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila
olmaydigan yoki umuman
mavjud bo’lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaklardagi g’ayritabiiy
personajlar va b.).
Dostları ilə paylaş: