223
mahorat rivojlanib boradi. Rassom uchun bilim - bu hayotiy material,
hayotni
chuqur va har tomonlama o’rganish bo’lib, usiz san’at asari yaratib bo’lmaydi.
Hayotni bilish rassomda uning hissiyotlari orqali o’tadi. Avvalo mantiqiy va hissiy
bilishning organik mos kelish bilan o’rganmasdan turib obrazli tafakkurni
rivojlantirib bo’lmaydi, usiz esa, o’z navbatida badiiy obrazlarni ham yaratib
bo’lmaydi. Rassom har tomonlama
hayotni yaxshi bilgan, bilimli, ziyoli inson
bo’lmog’i lozim. Undan tashqari, u bilimini o’zining hissiyotlari orqali o’tkazishi
va umumlashgan shaklda badiiy obraz shaklida aks ettirmog’i lozim. Dunyoqarash
- obyektiv borliqni badiiy xarakterda faoliyatning g’oyaviy yo’nalishga mos holda
aniqlashdan iboratdir.
Dunyoqarash fanlardan olingan bilimlar asosiga suyanadi. Badiiy uslub ham
ijodning alohida komponenti sifatida aks etadi.
Estetik va badiiy did ham
dunyoqarash, ham badiiy uslub bo’lib, rassomning ma’lum alohida g’oyaviy
estetik ijodiy yo’nalishini ko’rsatadi. Estetik va badiiy did insonga tug’ilganda
berilmaydi, xuddi qobiliyatga o’xshash, u insonning o’sishi bilan rivojlanib boradi,
insonning sezgi organlarini, psixikasini hayotni bilishdagi tajribasi bilan rivojlanib
boradi. Estetik did tushunchasi san’atga bo’lgan munosabatdagi badiiy didga
nisbatan kengroqdir. Mahorat - ijodning etib bo’lmas va o’zgacha bir
komponentlaridan biridir. Ba’zan mahoratni qobiliyat, ijod va talant bilan
tenglashtiriladi. Bu to’g’ri emas. Shubhasiz, vaholangki tasviriy san’atning zaruriy
sharoitida namoyon bo’luvchi
shaxsning badiiy qobiliyatlari, individual ruhiy
xususiyati va sifatlaridir. Talant - qobiliyatning tasviriy faoliyatga munosabatlarda
alohida ko’zga tashlanadi, qaysiki, ta’lim va tarbiya jarayonida olingan yuqori
rivojlangan va badiiy ijodning eng yuqori darajasini ta’minlaydigan holatidir.
Mahorat esa tasviriy
faoliyatda tasviriy texnika, bilim, ko’nikma, malakani
mukammal egallamoqdir. Yuqori darajadagi bilim, ko’nikma va malakalarsiz
talantning rivoji bo’lishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: