226
ma’lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat
qiladi. Biosfera va neosferada insoniyat uchun noma’lum o‘rganilmagan
sohalar
mavjud ekan, demakki, xayol uzluksiz ravishda o‘z funksiyasini bajaraveradi,
shuning uchun xayolning qaysi turi hukm surayotganligidan qat’iy nazar, u ijobiy
hodisa sifatida baholanishi lozim. Chunki, xayol insonning aqliy zo‘r berishda,
stress, affekt holatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a’zolari
funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobiliyatini barqarorlashtiradi.
Xayol turlari to’g‘risida umumiy tushuncha. Xayol o‘zining faolligi bilan
atrof-muhitni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan shaxsni
ijodiy faoliyatining muhim
sharti sifatida xizmat qiladi. Ba’zi bir psixologik ma’lumotlarga qaraganda, goho
xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun’iy
ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi holatlarda yaqqol
tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1) inson hech
qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar,
muammolar iskanjasidan
berkinish maqsadida; 2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan
himoyalanish niyatida; 3) shaxsiy nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan
armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga)
uchraganda; 6) alkogolizm,
narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi
mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini
namoyon etadi.
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli
psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol),
ixtiyoriy,
ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to‘g‘risida ham muayyan
ma’lumotlar mavjuddir.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham
mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga «kashf»
qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo‘naltirilgan xayolning o‘ziga xos
obrazlari majmuasi «shirin xayol» deyiladi. Odatda, «shirin xayol»da
fantaziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa yengillik
bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli,
qiziqarli narsalar haqida
227
odamlar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik
darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko‘rinish uning nuqsoni hisoblanadi. Passivlik
(sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini yengishdan chetlashtiradi,
yashash uchun
kurashga xohish yo‘qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Goho passiv
xayol hech o‘ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda
quyidagi holat yuz beradi: a) ong nazoratining kuchsizlanishi; b) ikkinchi signallar
tizimining susayishi; v) insonning vaqtincha harakatsizlanishi, g) uyqusirash
kezida; d)
affektiv vaziyatdan; e) tush ko‘rishda; yo) gallyutsinatsiyada; j)
patologik holatlarda va hokazo.
Dostları ilə paylaş: