251
maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nutq faoliyati aloqa jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi: faol va passiv nutq. So’zlovchining
nutqi faol nutq. Tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi.
Nutq ichki, tashqi
nutqqa bo’linadi. Tashqi nutq - yozma va og’zaki nutqqa, og’zaki nutq esa
monolog va dialogik nutqqa bo’linadi. Monolog - bir kishining o’ziga yoki
boshqalarga qaratilgan nutqdir. Bu o’qituvchining bayoni, o’quvchining to’laroq
javobi, ma’ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega.
Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga,
grammatik qoidalarning
saqlanishiga, logika va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berish kerak.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni
yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa, nutq esa
aynan o‘sha jarayonning o‘zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari. Nutqni idrok qilish oddiy
reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo‘lishi mumkin. Chunki uni yuzaga
keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo‘zg‘atuvchilardan
iboratdir
(masalan: «Marsh», «Salom»).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson «signallarning signali»
(I.P.Pavlov) tarzdagi so‘zlardan foydalanishi mumkin. Mazkur jarayon bosh miya
katta yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi.
P.Broka (1861) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari
peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa,
bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kashf etgan va «so‘z obrazlarini
harakatlantiruvchi markaz» deb atagan.
K.Vernike (1874) bosh miya yarim sharlari peshana qismining tepa tomonida
«so‘zlarning sensor obrazlari» joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin - nutq jarayonini ta’minlashda
juda ham sodda elementar
«stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak
formalari
uchun
nutq
vositasi
bilan
fikr
bayon
qilishning
ichdan
programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega
bo‘lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
252
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin).
Biron fikrni nutq vositasi yordami
bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod
orqali bu fikrning asosini tuzamiz - u programmalashtirish mexanizmidir.
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o‘tish bilan bir
guruh mexanizmlar keladi.
Esda olib qolishni so‘zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo‘llashni
ta’minlovchi mexanizm.
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o‘tish mexanizmi.
Profamma elementlarini fammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
So‘zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar.
Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexanizmlar.
Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni to‘ldirishiga
o‘tish mexanizmlari.
Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm. Tadqiqodchi A.R.Luriya
nutqning afaziyasini tekshirib, ular quyidagi turlardan iborat ekanligini bayon
qiladi: dinamik afaziya - gaplar yordami bilan so‘zlash
qobiliyatining buzilishi;
efferent motor afaziyasi - gapning fammatik tuzilishi buzilishi; afferent motor
afaziyasi - nutq artikulyatsiyasining buzilishi; semantik afaziya - gaplar o‘rtasidagi
bog‘liqlikning buzilishi; sensor afaziya - so‘zlarni idrok qilishning buzilishi.
Dostları ilə paylaş: