11.4.Tafakkur sifatlarini inson intellektual taraqqiyotidagi o‘rni
Insonning fikrlash faoliyati ijtimoiy xususiyatga ega. Fikrlashning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval ovqatlanish uchun ozuqa izlash, keyinchalik
esa mehnat qurolini yasash va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish kezida shaxslararo
fikr almashish, tajriba bilan o‘rtoqlashish ehtiyoji vujudga kelgan. Insonning
o‘zaro muloqotga kirishishi, muomala qilishi, munosabat o‘rnatishi natijasida fikr
bildirish, so‘zlashuv uquvi yuzaga kela boshlagan. Nutqning sharofati bilan
fikrlash mahsullarining izchilligi, mantiqiyligi, tizimliligi paydo bo‘lgan, kelajak
244
avlod uchun an’anaviy meros tariqasida qoldirish imkoniyati tug‘ilgan. Insoniyat
tomonidan to‘plangan tizimlashtirilgan tajribalar, bilimlar, ko‘nikma va malakalar
qoldirilmaganida edi, odamzod fikr yuritish fan, texnika, madaniyat sohalarida
bunday ulkan yutuqlarga erisha olmasdi.
Shaxsda mustaqil fikr yuritish muammoli vaziyat vujudga kelishidan
boshlanadi, lekin mazkur vaziyat tug‘ilishi, yechimi bu bilan tugallanmaydi. Unda
bilishga nisbatan moyillik, ixtiyorsiz xatti-harakat muammoli vaziyatgacha yorqin
bo‘lmaydi, u noaniq holda yuzaga keladi, so‘ngra bu ma’noda yechimga muhtoj
muammoli vaziyat yaraladi va nihoyat uning yechimi topilsa, lekin bilishning
muammodan keyingi bosqichi fikrning o‘z yo‘nalishida ixtiyorsiz davom etaveradi
(muammogacha - muammoli vaziyat - muammodan keyingi vaziyat).
Talabaning o‘quv faoliyati fikr yuritishning o‘zaro mustahkam bog‘langan
berk zanjiri vujudga keladi: mustaqil fikrlash, muammo, masala (topshiriq).
Talabaning mustaqil fikrlashi quyidagi bosqichlarda tarkib topishi mumkin:
1. Mustaqil fikr yuritish faoliyatida, eng avvalo, hal qilinishi zarur bo‘lgan
masala (topshiriq) talaba tomonidan aniqlab olinishi kerak. Agarda uning oldida
hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirmagan bo‘lsa, u holda biron-bir
narsa to‘g‘risida fikr ham yuritmaydi. Demakki, talaba qarshisida hech qanday
muammo paydo bo‘lmagan, mabodo u yechish shart bo‘lgan masala yuzasidan
qanchalik aniq va to‘laroq ma’lumotlarga ega bo‘lsa, uning oqilona bajarishi
yuzasidan yo‘l va vositalarni shunchalik yengillik bilan topadi. Buning uchun
talabalar qo‘yilgan masala mazmunini avvalo ma’lum darajada tushunib olishlari,
uning shartini tekshirib chiqishlari, nima ma’ lum va nima noma’lum ekanligini
aniqlashlari mutlaqo zarur. Faqat ana shundagina, ular sira shoshib qolmaydilar va
sira ikkilanmasdan (topshiriq) shartini qidirib, zehn bilan uni tahlil qilishi, tatbiq
etish natijasida to‘g‘ri yechishga erishadilar.
Muammo yoki masalani hal qilish uchun eng zarur bo‘lgan barcha bilimlarni
(qoidalar, omillar, qonuniyatlar, xossalar, xususiyatlar, muhim belgilar,
munosabatlar, bog‘lanishlar va boshqalarni) tatbiq qilish uchun intiladilar. Buning
245
uchun esa insonning shaxsiy tajribasida uchragan holatlardan, usullardan unumli
foydalangan holda yangi sharoitga, obyektga ko‘chirish jarayoni amalga oshiriladi.
Masala yoki muammoga taalluqli faraz (taxmin) ilgari suriladi, bosqichlar
tahlil qilinadi, yechish to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi, turli variantlar hamda
variatsiyalar, invariantlar haqida fikr bildiriladi, ular o‘zaro qiyoslanish natijasida
eng samarali alomatlarga, belgilarga ajratiladi va hokazo.
Muammo oldiga qo‘yilgan gipotezani muayyan mezonlar natijasi yordami
bilan tekshirish zaruriyati tug‘iladi. Uni tekshirish uchun o‘zaro o‘xshashlik
holatlari ma’noviy, shakliy, tuzilmaviy jihatdan taqqoslanadi. Bu o‘rinda ijodiy
xayol materiallaridan atroflicha foydalaniladi, ya’ni ijodiy rejalar tuzish,
umumlashma obrazlar yaratish maqsad, natijalarini ko‘z o‘ngiga keltirish, taxminiy
munosabatlarni idrok qilish amalga oshiriladi. Uning haqqoniy ekanligiga ishonch
hosil qilish uchun aqliy xatti-harakatlar tizimini tatbiq etib ko‘riladi va ayrim
o‘zgarishlarni kiritish mo‘ljali oydinlashtiriladi. Gipoteza mantiqiy usullar
yordamida fikran analiz va sintez qilinadi, uning muhim alomatlari ajratiladi, uning
to‘g‘riligi, haqqoniyligi bo‘yicha tezkor hukm va xulosalar chiqariladi.
Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza
to‘g‘riligi yoki noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish obyektidan siqib
chiqariladi va yangi farazlar, o‘ylar topiladi. Yangi amaliy gipoteza fikran bir
necha marta tekshiriladi va undan so‘ng amaliyotga joriy qilish uchun sinashga
tavsiya etiladi. Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarning aksariyati konstruktiv texnik
masalalarni hal qilishda, kashfiyotlarni yaratishda, ixtirochilik takliflarida,
ratsionalizatorlikda, texnologik qurilmalarni joriy etishda turli-tuman modellar,
variantlar, preparatlar, texnologik kartalar va boshqalar fikran tahlil qilinadi,
so‘ngra ulardan eng ma’quli, omilkori, oqili, eng maqsadga muvofiqi tanlanadi va
uning ustiga bosh qotirishda davom ettiriladi. Muammo yoki masalani hal qilish,
yechish, olingan natijalarning to‘g‘riligiga ishonch va qanoat hosil qilish uchun
talaba uni tekshirish bilan mustaqil fikr yuritish xatti-harakatlarini yakunlaydi. Ana
shu fikriy operatsiyalar, mulohaza shakllaridan so‘ng masala (topshiriq) batamom
hal qilinadi deb topiladi va u to‘g‘rida o‘ylash nisbiy jihatdan to‘xtatiladi, xolos.
246
Mustaqil fikr yuritish o‘zining samaradorligi, dolzarbligi, universalligi bilan
kasbiy tayyorgarlik mahorat sari talabalarni yetaklaydi, jamiyat va tabiat
hodisalarini anglash uchun puxta negiz hozirlaydi.
Fikr yuritishning mustaqilligi deganda talabaning shaxsiy tashabbusi bilan
uning o‘z oldiga yaqqol maqsad, yangi vazifalar qo‘ya bilishi, ular yuzasidan
amaliy va nazariy, xususiyatli faraz (taxminan, gipoteza) qilishi, kutilayotgan
natijani ko‘z oldiga keltira olishi, qo‘yilgan muammoni hech kimning ko‘magisiz,
ko‘rsatmasiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli, turli yo‘l, usul, vosita topib mustaqil
ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish joiz.
Fikr yuritishning mustaqilligi aqlning sertashabbusligida, pishiqligi va
tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda talaba o‘z
oldiga yangi muammoni aniq maqsad, yaqqol vazifa qo‘yishini, ana shularning
barchasini amalga oshirishda nihoyasiga yetkazishga, yechimni qidirishda usul va
vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli
qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon
bo‘lishi nazarda tutiladi. Aqlning pishiqchigi vazifalarni tez yechishda, yechish
247
paytida yangi usul va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, eski yo‘llardan forig‘
bo‘lishda va boshqa ruhiy jarayonlarda ifodalanadi.
O‘zining va o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga,
muammoli vaziyatga baho bera olishda aqlning tanqidiyligi muhim ahamiyat kasb
etadi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri
ochilishiga, muayyan mezonga asoslanib amalga oshirilsa, unday tanqidiylik
obyektiv tanqidiylik deyiladi. Mabodo, talabaning tafakkuri tanqidiyligi subyektiv
(shaxsiy) xatolarga umuman subyektivizmga og‘ib ketsa, bunday holda subyektiv
tanqidiylik deb ataladi. Talaba fikrlashidagi tanqidiylik oqilona, odilona,
omilkorlik bilan amalga oshirilsa, namoyon bo‘lsa, unda shaxs uchun muhim ham
aqliy, ham axloqiy sifat (xislat) vujudga keladi, deb komil ishonch bilan aytish
mumkin.
Talaba fikr yuritishining mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog‘liq
tarzda kechadi. Agar talaba tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun
qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyanomalar bildirilgan hamda nazariy va
amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday insonning fikr yuritishi sermahsul
deyiladi. Vaqt oralig‘ida bajarilgan aqliy faoliyat ko‘lamiga va sifatiga oqilona
baho berish talaba fikr yuritishi mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat
qiladi. Talaba oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi
belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisalar mohiyatini ochishga intiladi,
oddiy turmush haqiqatidan umumiy ijtimoiy qonuniyat yaratishga harakat qiladi.
Shubhasiz, talabaning mustaqil fikrlashi hali izlanmagani, to‘la foydalanilmagan
imkoniyatlarga ega bo‘lib, ularni to‘la ochish fan va texnika taraqqiyotini
jadallashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Har qanday tashkilot, yangilik taraqqiyot -
inson aql-zakovatining mahsulidir, xuddi shu bois fan va texnika rivoji ko‘p
jihatdan mutaxassisning mustaqil fikrlashiga bog‘liq. Talaba kamoloti jismoniy,
axloqiy va aqliy bosqichlardan iborat bo‘lib, bu borada uning mustaqil fikrlashi
yetakchi, ustuvor o‘rin egallaydi. Hozirgi davr talabalari jismoniy, axloqiy jihatdan
komillik darajasiga yengillik bilan erishsa-da, lekin aqliy kamolotga yetishish asab
248
tizimining taranglashuvi, aqliy zo‘riqish, hissiy jiddiylashuv, barqaror irodaviy akt,
uzluksiz faollik, fidoiylik namunalari evaziga bosqichma-bosqich, asta-sekinlik
bilan amalga oshishi mumkin. Komil inson bo‘lib kamol topishni ezgu niyat qilgan
bo‘lg‘usi mutaxassis ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat va
qadriyatlarni egallash uchun hamda kelajak rivojini ta’minlash uchun talabalarda
mustaqil fikrlashni, ijodiy izlanishni, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |