274
moddiy guruhga, xuddi shu mezonlar bo‘yicha bir davrning o‘zida madaniy
ehtiyojning moddiy yoki ma’naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa
ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti xususiyati bo‘yicha ikki mezonga asoslanib
muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy
taraqqiyotiga nisbatan va
ehtiyojlarning obyektiga bo‘lgan munosabatiga binoan, har xil tasniflanadi va
xuddi shu mezonlarga ko‘ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi,
barqarorligi, doimiyligi, ko‘lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi,
individualligi kabi xususiyatlari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanadi.
Ehtiyojlar inson faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan jips aloqada bo‘ladi.
Inson ehtiyojlarining rivojlanishi.
Muayyan muhitda yashovchi hayvonning u
yoki bu tarzdagi xatti-harakati aniq ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Shu
boisdan ehtiyoj hayvonni faollikka undash
bilan cheklanib qolmasdan, balki
faollikning turlari, shakli, harakatlantiruvchi kuchiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Hayvonda ovqatlanish ehtiyojini tug‘ilishi unda faollikni vujudga keltiradi,
natijada so‘lak bezlari ishlay boshlaydi, o‘lja qidirish,
uni poylash, tutish va
iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlar majmuasi yuzaga keladi. Mazkur jarayonlar
shartli reflekslar, faollikni keltirib chiqaruvchi yangi qo‘zg‘ovchilar va unga
muvofiq bo‘lgan yangi harakatlar bilan bog‘lanishi mumkin,
biroq hayvon xatti-
harakatining tuzilishida hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi. Jahon fiziologlari va
psixologlari tomonidan hayvonlarda shartli reflekslarni shakllantirishga oid tajriba
materiallarida ko‘rsatilishicha, vosita sifatida foydalanilgan qo‘ng‘iroq chalinishi
hayvon uchun tashqi qo‘zg‘atuvchilar ichidan faqat ovqatlanishga bog‘liq signal
(xabar) vazifasini bajaradi, xolos.
O‘rgatilgan hayvon tomonidan tepkini bosish jarayoni unga ovqatni berilishi
bilan aloqador xatti-harakat tarzida amalga oshiriladi. Shuning uchun hayvon har
qanday murakkab shartli reflekslar yordami bilan o‘z xatti-harakatini amalga
oshirgan bo‘lishiga qaramay, ehtiyojlar bevosita uning
psixikasini aks ettirish
muayyan obyektga yo‘naltirish, xulqini idora qilish funksiyasini bajaradi. Chunki
hayvon a’zolarining biologik-tabiiy ehtiyojlari psixik aks ettirish mazmuni va
275
sifatini, tashqi olam ta’siriga nisbatan javob sifatida paydo bo‘luvchi xatti-
harakatlarni muvofiqlashtirib turadi.
Dostları ilə paylaş: