Nazorat savollari:
1. Nutq haqidagi tushunchalarni izohlab bering?
2. Nutqning fiziologik asoslari sanab bering?
3. Nutqni o‘rganishdagi nazariy yondashuvlarni aytib bering?
4. Nutqning turlari haqida nimalarni bilasiz?
5. Insonda nutqning rivojlanishi qanday kechadi?
270
13 -MAVZU. EHTIYOJ VA QIZIQISHLARNING PSIXOLOGIK TASNIFI
Tаyanch tushunchаlаr:
Ehtiyoj faollik qiziqish, qiziqish,
individual, yakka
shaxsga yo‘naltirilgan, guruhiy, jamoaviy, hududiy, etnik, umumbashariy.
13.1.Ehtiyoj to‘g‘risida umumiy tushuncha. Ehtiyojlar faollikning
manbai sifatida
Qiziqishning mazmun jihatidan hamda maqsad jihatidan farqlari. Ta’lim
jarayoniga ijobiy qiziqishlarni hosil qilish ta’lim samaradorligi omili sifatida.
Inson bir davrning o‘zida ham individuallik, ham ijtimoiylikni aks ettirgan
bo‘lganligi sababli uning ehtiyojlari shaxsiy va ijtimoiy xususiyatga egadir.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, undagi tor ma’noli shaxsiy xususiyatga ega
bo‘lganday tuyg‘u uyg‘otuvchi (tabiat in’omiga aloqador) ehtiyojlarni qondirish
jarayoni ham ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mahsuli (dehqonlar, ishchilar,
xodimlar va boshqa kasbdagi) odamlarning sa’y-harakati, hamkorlikdagi
mehnatining moddiy tarzdagi ifodalanishidan foydalanishida aks etadi.
Ushbu masalaga boshqacha tarzda yondashilsa, unda o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun ijtimoiy muhit negizida yaratilgan vositalar va usullardan
foydalaniladi, natijada u yoki bu sharoitga nisbatan ehtiyoj his etadi. Masalan,
yog‘ochdan boltaga dasta yasash uchun unda xohish mavjudligining o‘zi yetarli
emas, balki bir qator shart-sharoitlar, dastgoh, duradgorlik asboblari bo‘lishi lozim,
uning sifatiga nisbatan ehtiyoj ham tug‘iladi. Xuddi shu boisdan unda o‘z xohish-
istaklarini ro‘yobga chiqaradigan talab bilan imkoniyatga qaratilgan ehtiyoj
vujudga keladi. Insondagi tor ma’nodagi ehtiyojlar uning shaxsiy talablarini
qondirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik faoliyatida yuzaga keluvchi
jamoaviy ehtiyojlar yakkaholligiga oid xususiyat kasb etadi. Aytaylik, ma’ruza
o‘qishga qilingan o‘qituvchining mashg‘ulotga puxta tayyorgarligi o‘z
predmetining o‘ta fidoyisi ekanligi uchun emas, balki jamoa nufuziga dog‘
tushirmaslik mas’uliyati, ijtimoiy burch hissiga nisbatan ehtiyoj sezganligi tufayli
amalga oshadi. Shaxsiy ehtiyoj guruhiy, jamoaviy munosabatlar uyg‘unlashib
ketganligi sababli o‘zaro qorishiq xususiyatga ega bo‘ladi. Har qanday individual
271
faoliyatga nisbatan ehtiyojning tug‘ilishi ijtimoiy alomat, umumiylik, hamkorlik
xususiyatini kasb etib, faoliyatga yondashuvda yaqqahollik umumiylikni,
umumiylik esa alohidalikni uzluksiz ravishda beto‘xtov aks ettirib turadi.
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya
qilish, o‘z avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-
sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarni
ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan
asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish kabilar kiradi.
Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson
halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi.
Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa a’zolarinikiga
o‘xshash bo‘lsa-da, lekin ular o‘zining psixologik mohiyatiga ko‘ra
mavjudodlarnikidan ham sifat, ham miqdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni
qondirilish usullari, shakli, quroli tobora takomillashib borishdan tashqari, ularning
mohiyati, mazmuni ham o‘zgarib bormoqda, misol uchun hozirgi zamon kishisi
eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o‘z ehtiyojlarini
272
ro‘yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro‘zg‘or buyumlarining
o‘zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo‘llari takomillashuvidan darak beradi.
Shuning uchun insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega,
chunki ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsulidan iboratdir.Inson faoliyatining
faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog‘liqligini ifodalab, madaniy
ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza
yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan
uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy
ehtiyojlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi,
chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi.
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o‘z
predmetining xususiyatiga binoan amalga oshiriladi. Odatda, o‘zlarining kelib
chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy va madaniy turga ajratiladi.
Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy ehtiyojlarini
qondiruvchi uy-ro’zg‘or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan
bog‘lanish vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usullari, shaxslararo muomalaga
kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va
tajriba orttirish yo‘llari kiradi. Odatda, jamiyat ta’lim va tarbiya tizimini egallash,
xalq an’analari, marosimlari, bayramlari, odatlari, rasm-rusumlari, xulq-atvor
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jarayonida rang-barang madaniy ehtiyojlar vujudga
keladi, yangicha ma’no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek,
tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga yetaklaydi, biroq
madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, ammo
odamda madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur yetkazadi, uning kamolotini
sekinlashtiradi.
Shu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, madaniy ehtiyojlar o‘zining darajasiga
ko‘ra, jamiyat tomonidan o‘z a’zolari oldiga qo‘yilayotgan talablar bilan
bog‘liqligiga binoan, ular o‘zaro bir-birlaridan keskin tafovut qiladi. Masalan,
hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan tinimsiz izlanishini, ya’ni bilim
olish ehtiyojining mohiyatini eng so‘nggi moda bo‘yicha kiyinishga odatlangan
273
xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil mezon bilan o‘lchash va
baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning mohiyatiga, ularni qondirish
uchun amalga oshirish ko‘zda tutilgan faoliyat natijasiga, ularning xususiyatiga
ijtimoiy yoki individual yo‘nalganligiga binoan, har qaysisi alohida-alohida
baholanadi. Ijtimoiy jamiyat tomonidan o‘z fuqarolari oldiga qo‘yilayotgan
talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq an’analariga, yurish-turish
qoidalariga, ma’naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va dunyoqarash mohiyatiga
mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma’naviy kamolot
uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bo‘lib
madaniy ehtiyojlarni tug‘ilish va ularni qondirilish darajasi va ma’naviyatni
egallashdagi roli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |