253
12.3.Nutqning rivojlanishi xususiyatlari. Nutq vujudga kelishining
nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to‘plangan nazariy va
amaliy
materiallar
tahliliga
ko‘ra, akustik
nutq signallari murakkab
muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo‘luvchi majmuaviy
holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Odatda, o‘pka va nafas olish tana a’zolarning muskul harakatlari bosimning
oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar
qatnashishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.
Akustik tebranishning qo‘zg‘atuvchi
mexanizmlari tomoq faoliyati, shovqin
va impulsiv, ya’ni ixtiyorsiz qo‘zg‘atish, tovushlarining paydo bo‘lishi, havo
oqimining (massasining) tor oralig‘idan o‘tishi, nutq aktining ayrim o‘rinlari bilan
uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha - eshituv, tovush nazariyasi demakdir.
Chastotali filtratsiya akustika manbasi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tovushlarning
tavsifi:
Har qaysi tilda nutqning paydo bo‘lishida cheklangan tana a’zolari harakati
ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar).
Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holatiga mos tushadi va
muayyan nutq tovushining paydo bo‘lishga olib keladi.
Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga
oshiriladi.
Nutqning xususiyatlari.
Matn -ma’no-fikr bildirish.
Ma’lumot (xabar, axborot) bayoni.
Og‘zaki nutqda axborotning muayyan darajada yo‘qolishi. U.Nutqning
fonetik elementi.
Nutqni idrok qilish nazariyasi:
Shkalalashtirish.
Unutish.
Xalaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: a) akustik, b) vizual, v)
254
taktil.
Dinamik spektogramma:
a) undosh,
b) unli.
Nutq faoliyati:
Anglash.
Anglash (tushunish).
Qayd qilish (fiksatsiya):
a) nazariy va amaliy axborotlar,
b) takroriy fikrlar,
v) diqqatni yo‘naltirish (soxta diqqat),
g) inson shaxsiyati (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya,
hissiyot, iroda:
emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar).
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‘ishlangan bir talay ilmiy
tadqiqot natijalari mavjud bo‘lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar birligi,
uning evolyutsion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda
shakl jihatdan o‘xshashlik yo‘q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari,
artikulyatsion
va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya)
to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar
umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning
filogenetik
va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo‘lishi, o‘sishi, o‘ziga xos
tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo‘yicha xilma-xil yondashuvlar
mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o‘rganilishi
ham o‘ziga xoslik,
uning qirralari, shakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi,
tasniflanishi mavjud bo‘lib, ilmiy talqinining tub mohiyati,
bayoniyligi bilan
o‘zaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahliliga to‘xtalishdan oldin nutqning
psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tadbiqiy jihati qiymatini
oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: