249
12-MAVZU. NUTQNING PSIXOLOGIK TASNIFI
Tayanch tushunchalar
: so’z, nutq, til, belgilar tizimi, fiziognomik maska,
diksiya,
imo-ishora, mimika, pantomimika, aks sado, signifikatsiya, daktilogik
(barmoq nutqi), og‘zaki, yozma, monologik.
12.1. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha. Tilning asosiy funksiyalari
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning
imkoniyatlari qayta
quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in’ikos ettiriladigan bo‘ladi.
Tilning paydo bo‘lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to‘plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati
tug‘iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o‘zi hech qachon duch kelmagan
notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi.
Xuddi shu boisda til odamga ko‘pchilik hissiy va intellektual ta’sirlar
hamda
taassurotlar to‘g‘risida o‘ziga o‘zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til
yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakka zid narsalar,
voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma’lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba
mohiyati, ko‘nikma hamda malakalarni o‘tkazishi, uzatishi mumkin.
Ma’lumki,
hayvonlar, jonivorlar o‘zlarining individual tajribalarini o‘z
turkumidagi boshqa namoyandalarga o‘tkazishga yoki berishga mutlaqo qobil
emaslar. Ular, ayniqsa, o‘z turkumlaridagi avlodning ilgarigi tajribalarini
o‘zlashtirish qobiliyatiga ega emaslar, chunki mavjudotlar tug‘ma irsiy belgilarga,
instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan
bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi.
Til oddiy qilib
tushuntirilganda so‘z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson
tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan
bog‘liq bo‘lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga
bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko‘cha
qoidalari, matematik
uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika - yunoncha «belgi»)
belgilar, simvollar,
alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida
250
xizmat qiladi.
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik
funksiyalari (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda,
belgilar
turli-tuman bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning eng muhimi - bu so‘zdir. Har bir so‘z
ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o‘zida aks
ettiradi (masalan: mashg‘ulot, daftar, yomg‘ir va boshqalar).
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish,
berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar,
o‘qituvchilar va murabbiylar);
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini
boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi (masalan: «Leksiya bo‘lmaydi»,
«Bugun bayram» - ta’sir qilishdan, ta’sir o‘tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi
- intellektual faoliyatning
quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni
rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Dostları ilə paylaş: