236
11-MAVZU. TAFAKKUR
Tayanch tusunchalar:
aqliy operatsiya, obrazli tafakkur, mantiqiy tafakkur,
taffakur operatsiyalari, analiz-sintez, taqqoslash, abstraksiya, umumlashtirish,
konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish.
11.1.Tafakkurning bilish jarayon sifatidagi mohiyati va shaxs
shakllanishida tutgan o‘rni. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi
Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o‘rganadigan yagona fan emas, chunki
uning ayrim jihatlarini logika, mantiq, falsafa, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda.
Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini
aniqlash juda muhim
masalalardan biriga aylanib qolmoqda.
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo‘lib,
ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o‘tiladi, xolos. Jumladan,
P.I.Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu
faoliyat voqelikni eng aniq (to‘g‘ri), to‘liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga
(bilishga), insonning tag‘in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga
imkon beradi», deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to‘la,
aniq va
umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o‘tiladi, xolos, lekin uning xarakterli
xususiyatlari bavosita so‘z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat
markazidan chetda qolgan.
M.V.Gamezo «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so‘z hamda
o‘tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi.
U tafakkurning
umumlashgan, so‘z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishini
ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning predmetini to‘la
ochib berishga qurbi yetmaydi, shuning uchun
boshqa manbalarga murojaat
qilishga to‘g‘ri keladi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o‘z
ifodasini topgan: «Tafakkur - ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq
muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib
aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va
237
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir». Ta’rifdan ko‘rinib
turibdiki, tafakkur
yuqorida keltirib o‘tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq xususiyatlarni ochib
berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to‘la qamrab olinmagan.
V.V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif
uning
umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga
o‘xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham
uchraydi.
Bizningcha,
tafakkur
predmetini
belgilash
uchun
to‘laroq ta’rif
O.K.Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy
qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o‘z
mahsuloti bilan voqelikni
umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va
foydalanadigan vositalariga hamda o‘sha umumlashmalar yangiligiga bog‘liq
ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir». O.K.Tixomirov
238
mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o‘tgan.
Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo‘lishi ta’rifni
yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: