O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Tafakkur operatsiyalari. analiz-sintez, taqqoslash, abstraksiya



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

11.2.Tafakkur operatsiyalari. analiz-sintez, taqqoslash, abstraksiya, 
umumlashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish 
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman 
qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xarakteristika berib o‘tamiz. S. L. 
Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o‘rganishning 
asosiy predmeti jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo‘lishdir. Muallif tafakkur 
operatsiyalari, shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal 
qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib 
beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, uni subyekt 
faolligining paydo bo‘lishi deb atadi. 
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, 
tafakkurni turli ko‘rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, 
lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga 
tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to‘g‘risida nazariy-metodologik 
muammolarni o‘rtaga tashlaydi. 
P.Y.Galperin fikriga ko‘ra, tafakkur - bu oriyentirlash-tadqiqot faoliyati, 
oriyentirovka jarayonidir, ya’ni oriyentirovka jarayoni, oriyentirovka faoliyati. 
Muallif psixologiya fani intellektual masalalarini yechishda subyektning 
tafakkurga orientirovka qilish jarayonini o‘rganishdan iborat deb tushuntiradi. 
P.Y.Galperin tafakkurning boshqa jahatlarini o‘zining aqliy harakatlarni bosqichli 
shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi. 
A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va 
ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari 
alohida 
ta’kidlab 
o‘tiladi. 
Yuqoridagi 
mualliflardan 
farqli 
o‘laroq 
A.V.Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari 


239 
muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari 
mavjudligini dalillab ko‘rsatadi. 
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan rus psixologlari tomonidan 
bildirilgan mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi. 
Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, 
jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql 
mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga 
quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq 
yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-
sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga 
yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va 
funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy-
sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. 
Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga 
harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini 
belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra 
tasdiqlab turibdi. Voqelikni psixologik mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik 
va mantiqiylik asosida o’rganish, ilmiy tafakkur va psixologik tasavvurning 
uyg’unligini ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda 
umumiy psixologik bilimlarni va qoidalarni qo’llay olishidan borat. 
Tafakkur psixologik tahlilining o’ziga xosligi. Tafakkur va bilish. Tafakkur 
psixologiyasining 
predmeti. 
Tafakkur 
psixologiyasi 
predmetiga 
asosiy 
yondashishlar. Tafakkur analizida tarixiylik tamoyili.
 
Tafakkur rivojlanishi 
muammosi va uning tuzilishi. Tafakkurning filo va antropogenezda rivojlanishi. 
Biologik layoqatlar tafakkurining kelib chiqishi va insonning ish faoliyatida uning 
yuzaga kelishi, rivojlanishi. Inson tafakkuri va jonivorlarning aqliy xatti-
harakatlari o’rtasidagi printsipial farqlar. Tafakkur shakllari rivojlanishida ijtimoiy 
mehnat taqsimotini roli. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin