O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 


240 
11.3. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tafakkur turlari 
Fan uchun ba’zi ijodiy masalalarni hal qilishda uchraydigan intuitsiya 
hodisalari haqidagi masalalar qiziqarlidir. Ijod jarayonlaridagi ijodiy ilhom va 
ilhom holatida «g’ayri ixtiyoriy» ijod haqidagi masalalar shu bilan bog’langan. 
Bu sohada yana shuning uchun ham ishlar olib bormoq kerakki, ijod 
masalasi idealistik psixologiyada ko’pincha tushuntirish mumkin bo’lmagan, 
ayrim zotlargagina xos bo’lgan alohida bir hodisa deb noto’g’ri qaraladi. Ko’pincha 
ijodiy jarayondagi mehnatning roli inkor qilinadi, yangilik yaratish ixtiyorsiz yoki 
bo’lmasa allaqanday ong ishtiroksiz ishning natijasida ro’y beradi deb 
hisoblanardi. Materialistik psixologiya ijod va uning taraqqiy etgan shakllari 
katta ongli ishning yakunidir, degan fikrga tayanadi. 
Tafakkurni kuzatish yo’li bilan tekshirganimizda ko’z, yuz muskullaridagi 
xilma-xil harakatlarni va turqining o’zgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu 
bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan ro’y 
berishini ham bir qadar bila olamiz. Modomiki tafakkur jarayonlari tashqi muhitda 
o’z ifodasini topar ekan, tafakkurning mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni 
qay shaklda ro’y berayotganini, masala qanday kelib chiqayotgani, masalani 
yechish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz.
Kishilarning psixik sifatlari: tashabbuskorligi, ijodiy tafakkur jarayoni, 
yangilikni bayon qilishi, o’z oldiga qo’ygan maqsadga yetish yo’lida sabr-matonat 
ko’rsatishlari kuzatish yo’li bilan tekshirib o’rganiladi.
 
Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik 
hissi subyektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday 
borishini, irodaga bog’liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro’y 
berishini, biron masalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga 
o’xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo’yadi, tadqiqotchi suhbat 
vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. 
Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi 
kechinmalar va ong jarayonlarini o’rganish kerak bo’lsa, u o’z javoblarida xuddi 
o’sha kechinmalarni va o’sha ong jarayonlarini oydinlashtirib bersin. psixik 


241 
faoliyat: namoyon bo’lishining kuzatish va eksperiment yo’li bilan tekshirib 
bo’lmaydigan turlarini, masalan, ijodiy xayol – poeziya, muzika, texnika va boshqa 
shu kabi sohalardagi ijodiyot yuksak jarayonlarini, ilmiy kashfiyotlarda namoyon 
bo’ladigan tafakkur faoliyati yuksak jarayonlarini, kuchli iroda va ma’naviy 
yuksak sifatlarning alohida ifodasi bo’lgan qahramonlikni, shuningdek, geniallik, 
talantlilik va zo’r qobiliyat kabi xislatlarni ochishga yordam beradi. Odam ongi 
namoyon bo’lishining ana shunday turlari to’g’risida eng atoqli kishilar bayon 
qilgan fikrlariga qarab, yoki o’sha shaxslarga yaqin yurgan kishilarning 
guvohliklariga qarab ko’pgina fikr yuritish mumkin.
 
Tafakkur jarayonlarini o’rganishda tadqiqotchi o’z-o’zini kuzatish metodidan 
ham, tashqi kuzatish metodidan ham, eksperimentning turli-tuman xillaridan ham 
foydalanadi. O’qitish jarayonida o’quvchilarning individual xususiyatlarini 
o’rganishda pedagog-psixolog ham turli metodlardan oddiy tashqi kuzatish 
metodidan, so’rash va suhbat metodidan, eksperimentning oddiy turlaridan va shu 
kabilardan foydalanadi. Psixik hayot hodisalari yuqorida aytilgan hamma metodlar 
yordamida aniqlanadi. Bu hodisalar tasvir etiladi, klassifikatsiyaga solinadi, analiz 
qilinadi, ulardan yakunlar chiqariladi. Shu metodlar yordamida ayrim psixik 
hodisalar o’rtasidagi bog’lanish topiladi, shu hodisalarning ro’y berish va 
boshlanish negizidagi qonuniyatlar ochiladi. Ammo psixikani ilmiy asosda 
o’rganish shu bilan kifoyalanmasligi kerak.
Psixik hayot hodisalari dialektik materializm tamoyillari asosida, jumladan 
psixikaning mohiyati va psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalarning o’zaro 
munosabati haqidagi ta’limot nuqtai nazaridan tushuntirib berilgandagina, bu 
hodisalar va ularning qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz bekam-ko’st ilmiy 
bo’limlar bo’ladi. 
Fikrlash yoki fikr yuritish inson aqliy faoliyatining, aql-zakovatining, 
muomala maromining, ongli xulq-atvorining yuksak shakli bo‘lib hisoblanadi. 
Mustaqil fikrlash tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, 
shuningdek, shaxsning keng ko‘lamli aqliy faoliyatini oqilona, omilkorlik bilan 
amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. Mustaqil fikr yuritishning ro‘yobga 


242 
chiqishida odamda fikr, mulohaza, g‘oya, faraz, maqsad kabilar vujudga keladi va 
ular shaxs ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar sifatida ifodalanadi. Mustaqil 
fikr yuritish til va nutq bilan chambarchas bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi 
hamda ular uzluksiz tarzda bir-birini taqozo etadi. Xuddi shu bois talaba o‘zining 
mustaqil fikrlashi (muloqoti), nutqi, ongli xulq-atvori tufayli borliqdagi 
mavjudotlardan tubdan ajralib turadi. 
Kishi mustaqil fikr yuritish faoliyatida o‘zi aks ettirgan, sezgan, idrok qilgan, 
tasavvur etgan, eslab qolgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi, 
haqqoniyligi yoki ularning voqelikka mos (mutanosib) tushishi va tushmasligini 
aniqlaydi. Borliqni bilish jarayonida hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, 
xulosalar, farazlar (taxminlar), qaror qabul qilishlari chin yoki chin emasligini 
belgilab oladi. Inson mustaqil fikrlashi tufayli voqelikni umumlashtirgan holda 
bilvosita yoki bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o‘rtasidagi ichki, murakkab 
bog‘lanishlar, munosabatlar, xossalar, xususiyatlar hamda mexanizmlarni 
tushunadi, anglab yetadi. Binobarin, odam muayyan qonun, qonuniyat va 
qoidalarga asoslangan holda tabiiy, ijtimoiy hodisa va voqealarning vujudga 
kelishi, kechishi, rivojlanishi hamda ularning oqibatini oldindan payqash, bashorat 
qilish imkoniyatiga ega. Hozirgi zamon kishisining bilish va amaliy faoliyatini 
oqilona, omilkorlik bilan tashkil qilishda mustaqil fikr yuritish alohida ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Odatda, fikr yuritish voqelikni umumlashtira olish darajasiga, muammoni 
yechish vositasining xususiyatiga, obyektning shaxs uchun yangiligi uning 
faollikka undashiga binoan bir necha turlarga ajratiladi. Mustaqil fikrlash aqliy 
faoliyat sifatida tahlil qilinganda talaba tomonidan masalalar va topshiriqlarni 
yechish nazarda tutiladi, ularning shartlarida, mohiyati, tuzilishi, shakllari va 
shaxsning anglashuv, tushunuv imkoniyatlarida kuzatiladi. Masalan, muammo, 
topshiriq yechish (hal qilish, bajarish) insonning ehtiyoji, qiziqishi, mayli, 
motivatsiyasi, aqliy qobiliyati, iste’dodi, salohiyati bilan bog‘liq holda olib 
qaraladi, muammo tomonidan qo‘yilgan talablarni qabul etish, shaxsiy qarorga 
kelish, yechimni topish uchun vositalar qidirish ijod, izlanish va fikrlashning 


243 
mustahkam negizini tashkil qiladi. Mustaqil va ijodiy fikrlash faoliyatida muammo 
yechimini topish jarayonini boshqarish, borliqni in’ikos qilishda shaxsning his-
tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, favquloddagi vaziyatlari, obyektiv sharoitlari uning 
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ijtimoiy turmushda ta’lim tizimida, ishlab chiqarish amaliyotida shaxslararo 
(obyektiv, subyektiv) munosabatlar, aloqalar, hamkorlikdagi aqliy va jismoniy 
mehnat natijasi muomala qilish maromi nostandart fikrlashning majmuasi 
tariqasida yuzaga keladi. Talabalar jamoasida tanqid va o‘zini o‘zi tanqid, baholash 
va o‘zini o‘zi baholash, tekshirish va o‘zini o‘zi nazorat qilish, boshqarish va o‘zini 
o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘zini o‘zi namoyon etish, o‘ziga o‘zi 
buyruq berish, guruhiy mulohaza hamda shaxsiy mushohadadan iborat mustaqil 
fikrlashning sifatlari shakllanadi. 
Insonni inson tomonidan idrok qilish, ya’ni notanish shaxsning ruhiy holatini 
aniqlash, uni taxmin qilish, eng zarur alomatlari va belgilari to‘g‘risida materiallar 
to‘plash ham ijodiy fikrlashning mahsulidir. Mazkur murakkab bosqichli iborat 
bilish jarayoni insondan irodaviy zo‘r berishni, aqliy jiddiylikni, ongli 
munosabatni, barqaror vaziyatni, qulay sharoitlarni talab qiladi, bularning bevosita 
ta’siri orqali ma’lum bir qarorga kelinadi. 
Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, ixtirochilik takliflari ham ijodiy 
fikrlashning mahsuli hisoblanib, amaliy va nazariy ahamiyatli ilmiy farazlar, 
g‘oyalar, ulug‘vor maqsadlar, yuksak ezgu niyatlar uning vazifasiga kiradi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin