12.5.Nutq tovushlarning tasnifi. Nutqning fonetik elementi
Insonning ijtimoiy - tarixiy taraqqiyoti davri tahlil qilinganda genetik kelib
chiqish jihatidan birlamchi qatorida og‘zaki nutqni keltirish joiz. Og‘zaki nutq
noverbal turkumdan keyin paydo bo‘lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli
ravishda quyidagi nutq ko‘rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik,
polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig‘iq, qatra), affektiv (his-
hayajon, jahl).
Pauza, mantiqiy urg‘u, temp, tembr, chastota, ritmika va boshqa tashkiliy
qismlar hamda mexanizmlarni o‘zida mujassamlashtirgan, tilning barcha qoidalari,
qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishga asoslanuvchi nutq turi og‘zaki
nutq deb ataladi.
Noverbal nutq o‘zining asosiy funksiyasini bajarib bo‘lganidan so‘ng (uning
ma’lum tarkiblari faoliyat ko‘rsatishda davom etib kelmoqda) axborot uzatish,
tajribalarni egallash, insonni kamol toptirish va shunga o‘xshagan vazifalar tabiiy
ravishda og‘zaki nutq zimmasiga yuklangan. Jarangli, jarangsiz faol, sust, his-
hayajonli, monoton, yuksak sur’atli, shivirlash ko‘rinishidagi og‘zaki nutq
xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘zida mukammallashtirgan holda aloqa quroli,
vositasi tariqasida muomala tarkiblarini aks ettiradi. Kommunikativ xususiyatli
axborotlar oddiy xabar, so‘rov, undov ma’nosini anglatuvchi ma’lumotlar og‘zaki
nutqning murakkab hamda rang-barang tuzilishiga ega ekanligidan dalolat beradi.
Og‘zaki nutq shaxslararo munosabatning puxta negizini tashkil etib, maqsadga
yo‘naltirilgan yoki tasodifiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, uzoq ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot davrida o‘z ustuvorligini saqlab kelmoqda. Tilning
260
takomillashuvi bevosita og‘zaki (jonli tilda) nutqda namoyon bo‘ladi, iste’molda
eskirgan so‘zlar eski (arxe) tushunchalar, atamalarga aylanib boradi. Xuddi shu
bois millatga xoslik mavjud bo‘lsa-da, lekin shaxslarni o‘zaro katta tarixiy davr
ajratib tursa, u holda bir-birlarini to‘liq tushunish qiyinlashadi. Xuddi shunday
holatni geografik muhit, hududiy farq, lahjalarga oidlik, shevalar, etnik alohidalik
keltirib chiqaradi, ammo axborotlarni idrok qilish va tushunishdagi bunday
qiyinchiliklarni adabiy til birligi bartaraf qiladi (Xorazm, Namangan shevasi va
hokazo).
Og‘zaki nutq o‘zining jarangdorligi, ta’sirchanligi, axborotlarni qabul
qilishdagi qulayligi, uzatilishdagi ixchamligi, toliqishning oldini olish imkoniyati
mavjudligi uning keng qirrali ekanligini bildiradi.
Og‘zaki nutqning dastlabki turidan biri - bu monologik nutqdir. Yakka
shaxsning ichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks ettiruvchi,
uning o‘ziga qaratilgan (egotsentrik), ta’sirlanishini ifodalashga va axborot
uzatishga mo‘ljallangan nutq turi monologik nutq deb ataladi. Unda shaxsiy his-
tuyg‘ularning ichki va tashqi shakllari uyg‘unlashadi, shuningdek, o‘zgalar fikrini
ifodali o‘qishda ham o‘z aksini topadi. Odatda, monologik nutqda fikrlar
qisqartirilmaydi, mabodo bu qoida buzilsa, axborot ma’nosini tushunish
qiyinlashadi. His-hayajonning tashqi va ichki kechinmalari hamda ularning
mexanizmlari aniq, ravon, izchil aks ettiriladi.
Diada shaklidagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o‘rtasida
namoyon bo‘luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo‘ljallangan nutq turi
dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati
nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish
imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko‘pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar
qabul qilish va uzatish o‘zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala
maromi buziladi, o‘zaro fikr almashuv muddatdan oldin yakunlanadi.
Bir nechta kishilar bilan amalga oshirish mo‘ljallangan, triada va poliada
negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo‘naltirilgan, bahs tarkiblari
ishtirok etuvchi og‘zaki nutq turiga polilogik nutq deyiladi. Muomalada muammo
261
mohiyati har qaysi qatnashchi tomonidan anglashilgandan so‘ng uning tarkiblari
qisqarishi mumkin, bu esa o‘zaro tushunuvni osonlashtiradi. Mazkur nutq turida
ham dialogik nutqqa xos bo‘lgan mexanizmlar, ta’sir o‘tkazuvchi vositalar ishtirok
etib, uning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, shaxslararo munosabat
ko‘lamini kengaytiradi.
Artikulyatsion apparat orqali vujudga keluvchi, verbal holatlarda aks etuvchi,
o‘zgalarga yo‘naltirilgan, har xil xususiyatli vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi nutq
turiga tashqi nutq deyiladi. Tilning barcha qoidalari va qonuniyatlari unda
mujassamlashgan bo‘lib, uzatish va qabul qilish, idrok etish va tushunishdan iborat
muomala quroli, vositasi vazifasini ijro etadi. Nutq tempi, tembri, ritmikasi va
chastotasi mavjudligi uchun axborotlarni tinglash va idrok qilish yengilroq
kechadi.
Muayyan axborotlarni tartibga keltirish, g‘oyalarni yaratish, fikriy dasturni
ishlab chiqishga mo‘ljallangan, lekin latent davridagi ma’lumotlar majmuasidan
tuziluvchi nutq turi ichki nutq deyiladi. Ichki nutqning muhim xususiyatlaridan biri
- bu ko‘lam jihatdan tashqi nutqdan kengroq ekanligidir. Ikkinchi bir xususiyati esa
tafakkurning mexanizmi funksiyasini bajarishdir.
Axborotlar
ichki
mohiyatini
tashqi
his-hayajon
tarkiblari
bilan
kuchaytiruvchi, shaxslararo munosabatlarning yaqqol ifodalanishini aks ettiruvchi,
ovozli, til vositalariga asoslanuvchi nutq turiga ekspressiv nutq deyiladi. O‘zining
tezkorligi va vaziyatbopligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi.
Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uyg‘unlashishi tufayli fikriy
bog‘lanishni vujudga keltiruvchi holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi
omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga impressiv nutq deyiladi. Mulohazalar
mohiyati shaxs kechinmalari bilan munosabatga kirishishi natijasida o‘ziga xos
voqelikni namoyish qiladi.
Turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga keluvchi, jahlning mahsuli
hisoblanmish, qisqa muddatli nutq turiga affektiv nutq deyiladi. Birdaniga
suhbatdosh, raqib tomonga uzatiluvchi, o‘ta ta’sirchan, xavfli, ruhiy nishon
vazifasini bajaruvchi qisqa muddatli nutq affektiv deb nomlanib, zarbasi jihatidan
262
alternativi yo‘qligi bilan boshqa nutq turlaridan keskin ajralib turadi. Jahl, qasos,
alam, tajovuz kechinmalarini o‘zida aks ettirib, o‘ta tanglik, zo‘riqish (stress)
mahsuli bo‘lib hisoblanadi (jahl kelganda aql ketadi: hissiyot bilan emas, balki aql
bilan ish tut).
Insoniyat tarixining sivilizatsiyalik bosqichiga o‘sib o‘tishi davridagi
e’tiborga yozma nutq paydo bo‘la boshlagan va hozirgacha u o‘z rivojlanishida
davom etmoqda. Tilning barcha qoidalariga (grafik, morfologik, sintaksistik,
leksik, orfoepik, lingvistik, fonemetik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga,
mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda,
muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma’no, mazmun
va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi
yozma nutq deyiladi.
Har bir tilning to‘la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va yaqin
masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quroli) vazifasini bajaradi.
Millat madaniyati, ma’naviyati, fan va texnikasi, san’ati va adabiyoti yozma nutq
orqali uzatilib, millatlararo aloqa kanali funksiyasini ado etadi.
Yozma nutq o‘z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi:
a) monologik (drama), b) dialogik (badiiy asar janrlarida), v) ichki, g) lakonik
(yig‘iq, qatra), d) epik (yoyiq, yirik roman, qissa va boshqalar).
Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o‘z ifodasini
topgan bo‘lib, og‘zaki nutqdagidan farqli o‘laroq til boyliklariga bevosita
asoslanadi. Yangiliklar yaratish, ijod qilish so‘zlar orqali mohiyat kasb etadi, u
yoki bu shakldagi tartibga keltiriladi. Lakonik (yig‘iq, qatra) nutq ham og‘zaki
nutqdagiday ma’no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar
mohiyatini to‘laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi. Til
mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali inson ruhiyati tavsiflanadi.
Bizningcha, his-hayajonlar orqali ifodalanuvchi, muayyan axborotlarni o‘zida
mujassamlashtiruvchi nutq turlarini quyidagi tiplarga shartli ravishda ajratish
mumkin: ekspressiv, impressiv, affektiv, daktilogik va boshqalar.
Ularning psixologik mazmuni, mohiyati, xususiyatlari to‘g‘risida yuqorida
263
mulohazalar bildirilganligi uchun qaytadan tahlil qilish, tavsiflashga hech qanday
hojat yo‘qdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham joy olishi
mumkin. Biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar vujudga kelmaydi,
aksincha, bir-birini to‘ldirishda xizmat qiladi, xolos.
Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim
g‘oyalar mutlaqlikka da’vo emas albatta, chunki ularning ko‘pgina jihatlari,
qirralari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi,
ayrim o‘rinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni taqozo qiladi,
yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni izlanish predmetiga olib
kiradi, amaliy va nazariy muammolar yechimini tezroq hal qilishga safarbar etadi,
nutqning muomala jarayonidan kelib chiqib yondashish evaziga qiymatli
materiallar to‘plash mumkin hamda uning negizida har qaysi psixolog
mutaxassisni notiqlik san’atiga o‘rgatish kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga
muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda
o’quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor berishlari kerak.
Ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda
bayon qilinayotgan fikr ko’p jihatdan undan oldingi fikrga bog’liq bo’ladi.
Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum bo’lgan ayrim so’zlar tushirib qoldiriladi.
Shuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo’lmasligi
mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolgan so’z
birikmasi ko’p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi).
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi
hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida
namoyon bo’ladi. Biz so’zni chala - yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz.
Ichki nutq ayrim og’zaki nutq aktlaridan yuksakroq, xususan ixtiyoriylik darajasi
ancha yuksakroq bo’lgan og’zaki nutqdan yuksakroq sodir bo’lishi mumkin.
Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo’lib, yozma nutq
monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. Yozma nutq tufayli kishilar to’plagan
tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoniyati bor. Yozma
264
nutq piktografiyadan minglab so’zlar bir necha o’nlab harflar yordamida ifoda
etilayotgan xozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. Ko’pincha bir narsani yozib
qo’yish - bu uni anglab olish va eslab qolish demakdir.
Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya.
Nutq o’zining fiziologik
negiziga ko’ra, eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya
qobig’ida tashqi olam tomonidan bo’ladigan turli xil qo’zg’atuvchilar bilan
so’zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqildoq, til
va boshqa a’zolar harakati o’rtasidagi muvaqqat bog’lanishlar o’rnatiladi. Nutq
ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So’z, I.P.Pavlov fikricha, “signallar
signali”dir. Nutqni dasturlashtirish - nutqiy ifodaning, ya’ni kishi bildirmoqchi
bo’lgan fikrning ma’naviy o’zagini tuzish - birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi
bosqich - jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumlani ovoz
chiqarib ayta boshlaydi, ya’ni nutq real tarzda ro’yobga chiqadi. Shunday qilib,
“gapirish” jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi
lozim bo’lgan axborotni kodlashtiradi. Retsipient tinglash jarayonida olingan
axborotning kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo’lgan so’zning anglab
yetilishini ta’minlaydi.
Nutqiy fikr - mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og’zaki
muloqotda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va tizimlar saqlanib
qolganda yuz beradi. Mabodo ushbu tizimlar ishida buzilishlar ro’y bersa, kishi
nutqida turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so’zlashish va tushunish qobiliyatining
yo’qotilishi) sodir bo’ladi.
XIX asrning o’rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir qismlari ishidagi
buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. Jumladan, P.Broka
bemorlarda chap yarim sharning pastki peshona qismidagi burmalari orqali orqa
tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so’zlarni talaffuz etishda
buzilish ro’y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim sharning ustki
chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda
so’zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan yedi. Miya to’qimalarining
ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq (“Broka markazi”) va nutqni tushunish
265
(“Vernike markazi”) “markazlari” deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan
psixofiziologlar (A.R.Luriya, N.A.Bernshteyn, P.K.Anoxin va boshqalar) ning
ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari (“Nutq
markazlari”) faoliyatidan ko’ra ko’proq yaxlit holdagi miya faoliyatining
murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq - ravshan bo’ldi. Shunday
qilib, nutq funksiyalarining jo’shqin, ya’ni anatomik tarzda emas, balki
harakatchan tarzda cheklanishi to’g’risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy
asab tizimining keng ravishda kompensatsiyalab turish imkoniyatlaridan
foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to’g’rilashida juda katta
ahamiyat kasb etadi.
Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang,
pauza, poza (holat), ko’z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal
kommunikatsiya - so’zni to’ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o’rnini bosadi.
Bolgarlarda boshni qimirlatish yo’q degani, ruslarniki teskarisi bo’ladi. Turli yosh
guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo’ladi. Masalan, bolalar
ko’pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o’z xohish va kayfiyatlarini o’tkazishda
yig’idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so’z bilan bayon etishning
mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi
muomala madaniyatining bir turidir.
O’rtog’ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib, unga hamdardlik
bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya belgilarini ishlatadi: yuzlarini
g’amgin tutadi, past ohangda, qo’llarini yuziga yo peshonasiga qo’ygan va boshini
chayqagan holda chuqur xo’rsinib gapiradi va h.k.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarida
turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada qo’llanilayotgan
vositalarning axborotni so’z bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga
muvofiqligi munosabat madaniyatining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday
muvofiqlik ham og’zaki va ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb
faoliyatining quroli hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |