288
14.2.Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari. Rus olimi V.A.Yadovning
dispozitsion konsepsiyasi, unda ustanovkalarning to‘rt bosqich
va to‘rt tizimli tavsifi
Shuningdek, ba’zi
jamoalarda, guruhlarda, oilalarda ustanovkaga asoslanish,
ularga ishonch noxush oqibatlarga olib keladi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip,
etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir.
Davolovchi shifokorning
ustanovkalariga bemorning rioya qilishi irqchilik munosabatlari, ilmiy unvonli
ziyolilarga berilgan super (orttirma) baholar
va boshqalar ustanovkaning
anglanilmagan shaklini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuni ta’kidlash joizki, ba’zi
hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish
qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi.
Gruzin
psixologlari
tomonidan
ustanovkaning
turlicha
xislatlari
(qo‘zg‘aluvchanlik, dinamiklik,
statiklik, plastiklik-dag‘allik, labillik-stabillik,
irradiatsiya-generalizatsiya)
va
tiplari
(diffuz,
differiansiallashgan,
fiksatsiyalashgan) aniqlangan. Ularning fikricha, ustanovkaning ba’zi bir xislatlari
mutanosibligi uning har xil tiplarini vujudga keltiradi. Psixoz va nevrozlar
ustanovkaning patologik o‘zgarishlarida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek,
ustanovka inson hukmronligini va qudratini tashkillashtirishning yuksak darajasi
sanaladi. U xulq-atvorining batartibligi va izchilligining asosi hisoblanadi.
Ularning mulohazalaricha, ustanovka insoning
muayyan shaklda munosabat
bildirishga yuksak yo‘sinda umumlashgan tayyorgarlik holati, reaksiyaning yaqqol
natijasining kodlashtirilgan neyrodinamik modeli, mazkur reaksiya vaqtini
oldindan payqash,
qolaversa, yaxlit faoliyat tuzilishining ajralmas jabhasi
hisoblanadi. Shuning uchun ustanovka o‘zgaruvchanlik va barqarorlik jips birligini
aniqlashga xizmat qiladi. U o‘zining o‘zgaruvchanlik bilan munosabat bildirishi
javob qaytarishning barqarorligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: