312
16.2.Emotsiya, hissiyotning impressiv tomoni, emotsional harakatlarning
ekspressiv tomoni, dinamik stereotip, ambivalentlik. Hissiyot va emotsional
holatlarning fiziologik asoslari
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning
o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib
chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala subyekti o‘zining shaxsi hamda
jamiyati uchun ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi
munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va
faoliyatiga aloqador (xohfoydali, xohzararli bo‘lishdan qat’iy nazar) omillar,
qo‘zg‘ov-chilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz
reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar)
bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat
insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik)
holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik
(irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon
emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli
bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat
xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki,
hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmish
hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular
shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson
shaxsining ijtimoiy-hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyotida shakllangan, muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomat
qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar,
nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki
kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.
Hissiyotda shaxs psixikasining o‘ziga xos jabhalari, inson faoliyatining ayrim
jihatlari sifatida harakatdagi, tevarak-atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-
tuman shaklda ichdan aks ettiriladi. Shuning uchun hissiyot borliqda sodir
313
bo‘layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli
alomatlari tuyg‘usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi.
Yaqqol voqelikda sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi har xil qo‘zg‘ovchilaridan
ba’zch birlari alohidalanadi, o‘zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda
namoyon bo‘la boshlagan his-tuyg‘ular bilan ular aralashib ketadi. Buning
natijasida muayyan qo‘zg‘ovchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik yoki
bezovtalik signaliga aylanadi, hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini
shakllantiruvchi shartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks
etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasining bajarishi uning impressiv
(lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, taassurot degan ma’no anglatadi) jihati deb
nomlanishda o‘ziga xosligi shundaki, hissiyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga,
fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg‘otadi, shaxsning
faoliyati va xatti-harakatlarining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu
fiziologik jarayonning mohiyatini tushuntirishda I.P.Pavlov mana bunday
yondashadi: tirik mavjudodlarning tabiiy muhitga moslashuvida qat’iylashadigan
yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli hissiy va emotsional
kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko‘rinishi vujudga keladi. I.P.Pavlovning
talqinicha, dinamik stereotip - bu tashqi taassurotlarning ma’lum tarkibda
takrorlanishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar ta’siridagi nerv
bog‘lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik mavjudod hayoti va faoliyatida
qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip «zaiflashuvi» yuzaga
keladi, buning oqibatida salbiy emotsional holatlar, kechinmalar hosil bo‘ladi.
His-tuyg‘ular va emotsional holatlar kechishining turli shakllari, ko‘rinishlari
nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori
ustidan boshqaruvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Yuksak hislar bu ma’noda
ustuvor rol o‘ynaydi (vijdon hissi, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi, empatik,
ya’ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). Hatto emotsional holatlar, hodisalar,
harakatlar shaxsning tana a’zolari o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi va ichki hissiy
kechinmalarning tashqi alomatlarini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
314
Ovoz ohangi, sur’ati, tembri, chastotasi o‘zgarishi, mimika, imo-ishora,
pantomimika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosimidagi
beqaror holatlar ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat’iy nazar
emotsiyaning ekspressiv (lotincha degan so’zdan olingan bo‘lib, ifodalash degan
ma’noni bildiradi) jabhasi deyiladi.
Shaxs hissiyotning subyekti hisoblanib, mazkur holatning namoyondasi, uni
aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o‘zining shaxsiy
faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun hissiy
kechinmalarni o‘zgartirish qudratiga ega. His-tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda
vujudga kelmaydi, shuning uchun ular hissiyot subyekti bilan birga hukm suradi,
binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Insonda
emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida tabassum yoki qayg‘u, goho
ajablanish uyg‘otadigan narsa va hodisalar hissiyotning obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsdagi emotsional o‘zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo
munosabatida, insonlar bilan muomalaga kirishishda, ayrim hollarda biron-bir
voqelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga xotirjamlik
bermaganida yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |