15.3.O‘zbekiston psixologlari tadqiqotlarida motiv va motivatsiya
muammosi. Shaxsning shakllanishida motivatsiyaning roli
Motivning tadqiqot tarixidan kelib unga yondashsak, bu holda u insonlar
(goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini ruhiy jihatdan boshqaruvchisi
sifatida talqinidan iborat o‘ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut
emizuvchi hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o‘tiladi.
Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning
barcha turlari (ko‘rinishlari, modalliklari, shakllari)ni o‘z ichiga oladi (chunonchi,
300
motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar
va boshqalar).
Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay,
ko‘pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni
ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini,
affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator
psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy to-monlarini o‘zaro
solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai
sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib,
o‘ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939)
motivning qonun-qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi.
Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv - bu tajriba va
reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir.
Rus psixologlari motivlarni tushuntirishda va uning tarkibiy qismlarini
belgilashda dinamik va ma’noviy (ma’naviy) tomonlarining uyg‘unligidan kelib
chiqqan holda talqin qiladilar. Ularning ayrim namoyandalari qarashlarini tahlil
qilish bilan cheklanamiz, xolos.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyidagi
mulohazalarni bildiradi: motivatsiya - bu psixika orqali hosil bo‘ladigan
determinatsiyadir; motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini
bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi subyektiv tarzda aks etish demakdir.
Bizningcha, shaxs o‘zining motivlari yordamida borliqbilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon
bo‘luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o‘rin egallaydi.
Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri,
emotsional holati (his-tuyg‘usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish
jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to‘plangan nazariy ma’lumotlarning
ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs
motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud.
Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni
301
tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy
va ma’noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi.
Motiv hissiyot bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan
tashqarida bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan
uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan
iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun
qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi
boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamning tashqi olamga,
shaxslararo munosabatga, his-tuyg‘ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning
uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog‘lovchilik xususiyatiga ega
bo‘lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol,
barqaror, turg‘un jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi
mulohazalardan
tashqari,
motivlar
funksional-energetik
tomonlarini dinamik boshqarish vazifasini amalga oshiradi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, motivlarning rivojlanishi, motivlashgan
yangi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi, faoliyat muhiti doirasidagi o‘zgarishlar
tufayli amalga oshiriladi. Motiv mexanizmi shaxs sifatlarini qayta qurish, ularni
rivojlantirish jarayonining faollashuvi tarzida yuzaga chiqadi, shu bilan birga inson
kamol topish jarayoniga, faoliyat muhiti va sharoiti asta-sekin yoki tez o‘zgarishi
motivlarning takomillashuvi, barqarorlashuvi kabi omillarga ta’sir etadi. Insonni
mehnat faoliyatida qayta tarbiyalash va muayyan fazilatlarni shakllantirish
yuqoridagi mulohazalar mohiyatidan iboratdir. Bu o‘rinda faoliyat faol vaziyat
hisoblanib, mavjud ehtiyojlar, qiziqishlar doirasidagi psixologik holatlardan
uzoqlashib boradi, so‘ngra yangi qiziqish, ehtiyoj va intilishlarni shakllantiradi,
motivlar mohiyati va shakllarni o‘zgartiradi.
Ushbu mulohazani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, motivatsiyaning faoliyat
darajasidan tashqari chiqishi ehtimoli yoki faoliyatning motivatsiya doirasidan
tashqari chiqishi imkoniyati to‘g‘risidagi talqinlar nisbiy xususiyatga ega.
Binobarin, motivatsiya faoliyatdan tashqarida va faoliyat esa motivatsiyadan
alohidalikka ega degan xulosaga kelmaslik maqsadga muvofiq. Bu holatni
302
yaqqolroq namoyish qilish niyatida quyidagi hayotiy haqiqatga murojaat qilamiz.
Har bir talaba oliy maktabga o‘qishga kirayotganida unda diplom olish motivi
paydo bo‘ladi, o‘qishga joylashganda esa o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish
jarayoni o‘qishga nisbatan intilish, ehtiyoj, qiziqish, safarbarlik kabi psixik omillar
yuzaga keladi.
A.N.Leontevning fikricha, faoliyatning tuzilishi: maqsadga qaratilgan xatti-
harakatlar va operatsiyalardan iboratdir. Odatda, faoliyat o‘zining predmeti va
motiviga ega bo‘lib, agarda motiv bilan predmet (jism, narsa) o‘rtasida
mutanosiblik (moslik) vujudga kelsa, demak shundagina" u tub ma’nodagi
faoliyatga aylanadi. Masalan, bir talaba imtihondan (reytingdan) o‘tish uchungina
birlamchi manbalarni o‘qiydi, lekin boshqasi esa o‘zini tekshirish va haqiqiy
bilimlarni egallash uchun dars tayyorlaydi. Birinchi holatda talaba yoki o‘quvchida
motiv imtihonga qaratilgan bo‘lib, o‘quv predmeti mazmuni bundan mustasnodir,
xuddi shu boisdan uning faoliyati faqat xatti-harakatlar tizimidan iboratdir, degan
xulosa chiqarishga imkon beradi. Ikkinchi holatda esa motiv o‘quv predmetini
o‘zlashtirishga qaratilganligi sababli uning intilishi faoliyatiga o‘sib o‘tadi degan
fikrga kelishga kafolat beradi.
Psixologiyada motivlar muammosini dialektik materializm printsiplariga
asoslanib tadqiq etgan. Bu esa, eng avvalo, motivlar tizimi inson hayoti va
faoliyatiga murakkab tuzilgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushunishni
bildiradi. Mazkur yo‘nalishga dahldor psixologlar o‘rtasida shaxsning faolligi,
ongning faolligi haqidagi g‘oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn
motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi asosiy rolini ko‘rsatib,
shunday mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib kuzatish obyektlari emas,
balki ehtiyoj obyektlari va inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan
ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilgan va u o‘zi
xohlagan borliqning elementi va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning
fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivtasion xususiyatini ko‘rsatib
o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «Ong - bu faqatgina aks etish emas, balki
insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir», deb yozadi.
303
Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi
muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish,
tadqiq etish zarur bo‘lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘p
qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi,
kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-
atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli
bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb
ta’kidlaydi. Bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari
anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi.
Rus psixologlari motiv tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab
chiqarishda quyidagi mulohazalarga tayanganlar:
a) ongning tarixiy kelib chiqish jarayoni bilan inson xulq-atvorini
boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;
b) ontogenezda bola shaxsining individual (yakkahol) shakllanish jarayoni
bo‘lmish genetik dalillarga asoslanganligi va boshqalar.
Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish ehtimolini tahlil qilish
natijasida uning sodda, bir bosqichli tizimdan murakkab, ko‘p bosqichli yuksak
darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko‘rsatib
beriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, rus sovet psixologlari
motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularning dinamik va ma’noviy
tomonlarining birligi prinsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol
motivning dinamik holati haqida mulohaza yuritganlariga mazkur faoliyatning
ba’zi jarayonlarida uning dinamikasi o‘ta bo‘rttirib talqin qilinadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqki, sobiq rus psixologlari
motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborini uning
mazmuniy jabhasini alohida ko‘rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini
belgilashga yo‘naltiradi.
Shaxsning shakllanishida motivatsiyaning roli.
Insonning motivlari
tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish
304
jarayoniga yo‘naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muammosini
psixologik jihatdan tushuntirish uchun bolaning psixik rivojlanishi tahliliga o‘ziga
xos ravishda taktik yondashish ma’qul.
Shaxsning motivlari oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy
munosabatni tekshirish demakdir. Chunki to hozirgi davrgacha sobiq rus
psixologiyasida uning ko‘pgina qismlari o‘z yechimini topa olmagan.
G‘arb mamlakatlari hamda AQSh psixologlari orasida «biologik ehtiyojlar
asosida inson motivlari yotadi», degan qarashlar majmuasi keng ko‘lamda
qo‘llanib kelinmoqda. Chunonchi, AQSh psixologi B.Damellning fikricha,
to‘qimada vujudga kelgan ehtiyojlar qo‘zg‘atuvchining asosiy manbai hisoblanadi.
Mazkur g‘oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlep esa «qo‘zgalish biologik
to‘qimalardan chetga chiqmaydi», degan fikrga qat’iy ishonadi. Gilfordning
ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan» iboratdir. Lekin muallif o‘z
fikrini izchil ochib berishga intilmaydi.
Bu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning
biologik oqimi o‘rtasida yuz beruvchi o‘zaro o‘rin almashishning sodir bo‘lishini
mulohaza doirasidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik shartlangan reja
faollik manbai o‘zaro o‘rin almashish jarayonlari assimilyatsiya va dissimilyatsiya
sifatida namoyon bo‘ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy
asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik
faollikiing negizi tariqasida yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |