310
16-MAVZU. HISSIYOT
Tayanch tushunchalar:
emotsiya, hissiyot
,
impressiv, ekspressiv, dinamik
stereotip, ambivalentlik,
hissiy ton, kayfiyat, affekt, stress, yuksak hislar, praksik
hislar, axloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hissiyotlar.
16.1.Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha. Hissiyotning
o‘ziga xosligi
Hissiyot
borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni
subyektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan
birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida
tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan
munosabatlarini xolisona
(obyektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga
quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga
egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan
obyektlarga subyekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi,
bilishga
intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Subyektiv munosabatlarning inson
miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks
etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot - yaqqol voqelikning
ehtiyojlar subekti bo‘lmish shaxs miyasida obyektlarga nisbatan uning uchun
qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir.
Mulohazalardan
ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi,
shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali
bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim,
ularga mohiyat, ma’no,
ko‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi
ayni muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib
kelinadi: 1) subyekt (shaxs) bilan obyekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda)
yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (obyektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan
aloqalarning aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy subyektning ehtiyojlari
va ularning obyektlararo munosabati (subyektiv munosabatlar), binobarin,
311
namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam
o‘rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik
turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan,
hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar,
maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro
o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi,
xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik
mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini
qonliruvchi va unga
monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks
ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet
mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb
tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda
chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda,
tashqi alomatlari
yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan
iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash
maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi,
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig’i, g‘amginlik,
ikkilanish,
sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik,
javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak
xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu
hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati,
kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi,
yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya
sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan
ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa
(emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: