17.3. Iroda borasidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning tuzilishi
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining yirik namoyandalari ijodiy
faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy-
psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda
345
Amir Temur Ko‘ragoniyning «Kuch adolatdadir» degan hikmati, Alisher
Navoiyning «Zanjirband sher - yengaman der» xitobi, Cho‘lponning «Xalq
dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir» chaqirig‘i javobgarlikni yuksak his etgan
holda xalqining xohish irodasini ifoda qilib, qat’iy irodaviy xatti-harakatlarini
amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o‘zlarining ma’naviy, qadriy, ruhiy
qiyofalarini chuqur va ko‘pyoqlama ochib berishga musharraf bo‘lganlar. Ijtimoiy-
tarixiy sahifalarimizda, yaqin o‘tmishimizda va istiqlol davrida ko‘plab
vatandoshlarimiz
irodaviy
xatti-harakatlarining
namunaviy
ko‘rinishlarini
namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng
ko‘lamda yoritilgan.
Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, irodaviy faoliyatning o‘ziga xos
psixologik xususiyatlari ham mavjuddir va ular muayyan tavsiflarga asoslanib
talqin qilinadi. Irodaviy faoliyatni yoki alohida iroda aktini (lotincha, harakat
degan ma’noni anglatadi) amalga oshirishning xususiyatlaridan biri - bu
bajarilayotgan harakatlarning erkin ekanligini shaxs tomonidan anglash (bunday
qilsa ham bo‘ladi yoki unday qilsa ham) iboratligidir. Ushbu jarayonda shaxs
ma’lumki, o‘z xulq-atvori va o‘z faoliyati sabablarini tashqi omillardan deb
tushunishga moyil odamlar mavjud.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual
faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd
qilishni,
shuningdek,
ularning
kuch-g‘ayratiga,
qobiliyatiga
moyilligini
belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi
(eksternal) hamda ichki internal turlariga ajratiladi. Nazoratni tashqi
lokallashtirishga ba’zi misollarni keltiramiz. Xodim ishga, talaba darsga kech
qolsa, bu hodisani turlicha bahonalar bilan izohlashga harakat qiladi: 1) avtobus
o‘z vaqtida kelmadi; 2) yo‘lovchilar ko‘p bo‘lganligi uchun avtobusga chiqa
olmadim; 3) avtobus juda sekin harakat qiladi; 4) transport buzilib qoladi; 5)
ko‘chada yo‘l harakati fojiasi yuz bergani tufayli ushlanib qoldik va hokazo.
Psixologik tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik
turining namoyon bo‘lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita
346
bog‘liqdir, chunonchi insonning mas’uliyatsizligi, o‘z imkoniyatiga ishonmasligi,
hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro‘yobga chiqarishni paysalga solishi va
boshqalar. Mabodo shaxs o‘z xulq-atvori oqibati uchun mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olsa, o‘z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa,
bunday psixologik voqelik nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud
ekanligini bildiradi. Nazoratning ichki lokallashtirishiga xos insonlar maqsadga
erishish yo‘lida mas’uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o‘zini o‘zi tahlillash
imkoniyatiga egadirlar. Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsda lokallashtirishning har
ikkala (eksternal, internal) turini shakllantirish tufayli uning mustahkam shaxsiy
fazilatiga aylantirish mumkin.
Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-
harakatida ro‘yobga chiqadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo‘lida
xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik unsuri bilan ham hamohang,
ogoh dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilik jarayonidagi noxushlik
kutilmasi
muvaffaqiyatsizlik
ehtimoli
bilan
noqulay
oqibatlar
darajasi
uyg‘unlashuvi mezoni orqali o‘lchanadi. Tavakkalchilikda muvaffaqiyat bilan
muvaffaqiyatsizlik kutilmasi ehtimoli yotadi, yutuqqa erishish shaxsda xush
kayfiyatni vujudga keltirsa, mag‘lublik esa noxushlik holatining bosh omili
hisoblanadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yutuq (g‘oliblik) quvonch nashidasini
uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo‘qotishni ro‘yobga chiqaradi.
Lekin shunga qaramasdan, insonlar tavakkal qilish harakatidan hech mahal voz
kechmagan xoh u kundalik hayot muammosiga aloqador voqelik, xoh murakkab
mehnat, xoh harbiy yurishlar bo‘lishiga qaramay, shuning uchun tavakkalchilik
insoniyat dunyosining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrining qaror qabul qilish
namunasi, mahsuli sifatida shaxsning hayoti va faoliyatida to hozirgacha ishtirok
etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, tavakkalchilik harakatini amalga
oshirishning o‘zaro uyg‘unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o‘tiladi.
Qarorga kelishning birinchi sababi - bu yutuqqa umidvorlik muvaffaqiyatga
erishilganda kutilishi ehtimol qiymatning mag‘lub oqibati ko‘rsatkichidan
347
yuksakroq bo‘lishiga ishonchdir. Ushbu voqelik vaziyatni tavakkalchilik deb
atalib,
muvaffaqiyat
motivatsiyasini
muvaffaqiyatsizlikdan
qutilish
motivatsiyasidan yaqqolroq namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan
tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan
ruhiy hodisa hisoblanib, u yoki bu tarzdagi harakatni amalga oshirib, o‘z xulq-
atvorini namoyish qiladi. Dehqon kechikib yerga urug‘ qadashga tavakkal qilgan
bo‘lsa, hosil pishib yetilishi xavfi tug‘iladi, lekin agrotexnika vositalaridan jadal
sur’atda foydalansa, asosiy mablag‘ni sarf qilib qo‘yish tashvishi uyg‘onadi.
Irodaviy qaror qabul qilib, tavakkalchilikdagi uning mardligi, tashabbuskorligi,
qat’iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni ta’minlaydi. Ammo bunday qarorga kelish
goh o‘zini oqlaydi, goho mutlaqo oqlamasligi ham mumkin. Bu borada
harakatning xavfli yoki xavfsiz yo‘lini tatbiq etish, tavakkalchilikning g‘oyaviy,
ma’naviy yuksakligi, qarorning oqilonaligi baxtli tasodif sari yetaklashi mumkin.
Ba’zan tavakkalchining qobiliyati, qat’iyligi, malakaligi, hisob-kitobning to‘g‘ri
qilganligi unga omad keltiradi.
Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal
bilgan xulq-atvorda ko‘zga tashlanadi. Bu voqelik shaxsning vaziyat osti faolligi
deb nomlanib, insonning vaziyat talablaridan ustuvorlikka erishishida, undan
(vaziyatdan)
yuksakroq
maqsad
qo‘ya
olishda
namoyon
bo‘ladi.
Tavakkalchilikning bu turi «vaziyat usti» yoki «xolisonalik» deb atalib,
tavakkalchilik
uchun
tavakkalchilikka
yo‘l qo‘yishni anglatadi hamda
tavakkalchilikning tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi
tavakkalchilikni riskometr deb ataluvchi maxsus asbobda o‘lchab ko‘rish mumkin.
Bu asbob yordamida psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo‘lish ehtimoli
mavjud xolisonalik tavakkalchilikka moyillik, ularning haqiqiy xavf ostida
irodaviy harakatlarini oldindan aytib berish (bashorat qilish) imkoniyati vujudga
keladi.
Iroda muammosiga bag‘ishlangan bundan oldingi sahifalarda ta’kidlab
o‘tilganidek, shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psixologik mazmun,
mohiyat, ma’no kasb etishi bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o‘rinliki, shaxsda
348
motivlar kurashining paydo bo‘lishi uchun unga mas’uliyat, javobgarlik hissining
yuklatilishi, irodaviy harakatni amalga oshirish zaruriyati tug‘ilishi, mazkur
vaziyatda shubhalanish, ikkilanish uyg‘onishi favqulodda unda irodaviy zo‘r
berishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqelikni tushuntirish yoki izohlash uchun
psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblaridan iborat ekanligini aniqlanish
uchun uning unsurlari, bo‘linmalari, tuzilishi to‘g‘risida mulohaza yuritish joiz.
Insonning miyasida tug‘iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy
harakat amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u
yoki bu harakat yordami bilan qo‘yilgan maqsadiga erishish yo‘llarini anglab
yetadi, ya’ni harakat bilan maqsad, o‘rtasidagi uyg‘unlik insonga tobora
yaqqollashadi, anglashiniladi. Holbuki shunday ekan, shaxs o‘zining ruhiy holatini
o‘zgartirishga qaror qiladi, qondirilishi lozim bo‘lgan ehtiyojlarini muayyan
tartibga keltiradi, ularni birlamchi va ikkilamchi darajalarga ajratishni lozim
topadi. Xuddi shu yo‘sinda irodaviy harakatni amalga oshirishning tarqoq va yig‘iq
tarkiblari (unsurlari) maqsadga yo‘naltiriladi. Ushbu jarayonga inson shaxsini
undalayotgan, ham anglanilgan, ham anglanilmagan ruhiy tayyorgarlik motivdan
iborat bo‘lib, maqsadga intilish va unga erishish majburiyatini tushuntirishga
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |