17.5.Shaxsning irodaviy sifatlari, irodani tarbiyalash, irodaning
individual xususiyatlari
Inson faoliyatining motivlari (motivatsiyasi) uning yashash shart-sharoitlarini
aks ettiradi, shuningdek, shaxs tomonidan namoyon ettirilgan ehtiyojlarini
fahmlash imkoniyatini vujudga keltiradi. Ehtiyojlar ahamiyatining o‘zgarishi
tufayli muayyan psixologik holatlarda motivlar kurashi paydo bo‘ladi, bunda bir
istak boshqa istakka nisban qarama-qarshi qo‘yiladi, bu haqida oldingi sahifalarda
mukammal mulohazalar yuritilgan.
Qarshiliklar, qiyinchiliklar, nizoli vaziyatlarni yengish uchun irodaviy zo‘r
berishga to‘g‘ri keladi. Irodaviy zo‘r berish to‘g‘risida mulohaza yuritilgan
bo‘lsada, lekin unga ta’rif berilmaganligi sababli ayrim aniqliklar kiritish joiz deb
357
hisoblaymiz. Irodaviy zo‘r berish - his-tuyg‘ular (hissiyot) shakli hisoblangan
shaxsning irodaviy harakatiga (aktiga) qo‘shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi,
ba’zida ularni barbod qiluvchi, bilish jarayonlarini safarbar etuvchi, muayyan
zo‘riqish holati singari kechiriluvchi motivlar majmuasidir.
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo‘lib, inson
faoliyatining maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta’minlaydi. Iroda
shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmadan
iborat bo‘lib, u o‘zini o‘zi boshqarish sifatida dastavval o‘ziga, o‘z hissiyotiga va
xatti-harakatlariga hukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning
kuchi yoki kuchsizligini aks ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini
namoyon qiladi. Ana shu atamalardan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi
sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy va salbiy fazilatlari, sifatlari,
xislatlari, illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo‘lib, ular abuliya (yunoncha,
qat’iyatsizlik degan ma’noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha argax1a
harakatsizlik ma’nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya - bu miya
patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi,
harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan
tarzda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Masalan, shifokor
ko‘rsatmalariga rioya qilish zarurligini to‘g‘ri fahmlagan abuliya kasali bilan
shikastlangan bemor biror narsani bajarishga o‘zini mutlaqo yo‘llay olmaydi.
Apraksiya - miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar
maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidan iborat psixopatologik holatdir.
Nerv to‘qimalarining buzilishi miyaning peshana qismlarida yuz bersa, u holda
xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda buzilish namoyon bo‘ladi, natijada iroda akti
bajarilishi qiyinlashadi. Abuliya va apraksiya - psixikasi og‘ir kasallangan
insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal psixopatologik hodisalardir. Lekin
pedagogik faoliyatda uchraydigan irodaning sustligi miya patologiyasi bilan emas,
balki noto‘g‘ri tarbiya mahsuli bilan tavsiflanadi.
358
Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko‘rinishlaridan biri - bu yalqovlik
hisoblanib, shaxsning qiyinchiliklarini yengishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy
kuch-g‘ayrat ko‘rsatishni qat’iy ravishda istamasligida o‘zini aks ettiruvchi illatdir.
Yalqovlik
-
shaxs
ojizligi
va
irodaviy
sustligining,
uning
hayotga
layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining
ifodasidir. Yalqovlik - shaxsning ruhiy qiyofasi bo‘lib, uzluksiz tarbiyaviy ta’sir va
o‘zini o‘zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imkoniyati mavjud ruhiy nuqsondir. 3.
Iroda nazariyasi va tadqiqoti to‘g‘risida tushuncha.
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, inson ongining mohiyatini kashf
qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi
tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq Gobbs va
Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo
bo‘lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatini hissiy
intilish bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql
aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug‘ilishi irodani ilmiy
nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u
mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V.Vundtning mulohazasicha,
irodaning negizida appersepsiya aktining subyekti tomonidan ichki faollik uniki
ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsional yoki affektiv nom
bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy
harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi
xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega
bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning
boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.
Psixologiyada yetarli darajada qat’iy fikr qaror topgankim, iroda - bu
insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan ongli faolligidir. Iroda
tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad qo‘ya olish qobiliyati, o‘z
emotsiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi.
V.I.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar
chiqaradi:
359
a) iroda - bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini o‘zi
boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir;
b) iroda - insonning yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha
shakl va bosqichlariga taalluqlidir;
v) iroda - bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning
o‘zini ongli idora qilishlikdir;
g) iroda - bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) hisoblanmaydi.
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani
ilgari
suradi,
insoning
ongini
jarayonlar,
holatlar,
xislatlarni
o‘zida
mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u
yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra, u bir davrning o’zida ham aqliy,
ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi.
Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli
sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma’nosining o‘zgarishi hisobiga uni
tormozlovchi yoki qo‘shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni
harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin
qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni «ixtiyoriy boshqariluv ko‘rinishlarining
bittasi sifatida» tushuniladi, bunda boshqariluv motivatsiyaning ixtiyoriy o‘zgarish
orqali amalga oshirilishi ta’kidlaniladi.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani
tushunish, ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy
sifatlarning ma’noviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy
qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.A.Kruteskiy o‘z asarida irodaviy
sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik,
intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.
P.M.Yakobson bo‘lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat’iyatlilik,
tirishqoqlik, o‘zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy
sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va
360
tashabbuskorlik, tashkillashtirganlik va intizomlilik, erinchoqlik va tirishqoqlik,
dadillik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik.
Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatorida
«ishonch» atamasi sanab o‘tilmaydi. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati
tariqasida tadqiq etilishiga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tadqiqotidan
namuna keltirishning o‘zi yetarlidir. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, bir talabaga
institutni qisqa vaqt (fursat) ichida tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni
uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so‘ng eksperimentator
talabada o‘z kuchiga ishonch uyg‘otishga maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy
zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida
talaba o‘z maqsa-diga erishishga musharraf bo‘lgan. Bunga o‘xshash tajribalar
boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o‘tkazilganligi ilmiy adabiyotlarda uchraydi.
Shuning uchun ham o‘z kuchiga ishonch psixologik hodisa sifatida o‘rganilishi
ko‘pchilikni qiziqtiradi, chunki kuchli irodaviy zo‘r berish qanday omillar bilan
shartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy muammo hisoblanadi. Xuddi shu bois
hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy
sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili (printsipi) ishlab chiqilmagandir.
Ushbu psixologik muammoni hal qilish maqsadida V.K.Kalin irodaviy
sifatlarni tasniflashga (klassifikatsiyalashga) qaror qiladi. Uning nuqtai nazaricha,
bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi, ammo bunda
uning intellektual va axloqiy jabhalari ishtirok etmaydi. U bazal sifatlarni aniqlash
uchun ongning quyidagicha namoyon bo‘lishini tanlaydi:
a) faollik darajasining ortishi;
b) zarur bo‘lgan faollik darajasini quvvatlash;
v) faollik darajasining pasayishi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza
uchun tavsiya qiladi; g‘ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda
intellektual negiz ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo‘lmaydi, qaysi hal
qiluvchi qurilma hisobiga vaziyat baholanadi va harakatni kuchaytirish,
quvvatlash, pasaytirish to‘g‘risidagi komanda beriladi.
361
V.K.Kalin bazali tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb
nomlaydi, chunki ularda bilimlar, ko‘nikmalar, emotsiya va intellektning paydo
bo‘lishi mujassalashadi. Muallif qat’iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi,
vaholanki uning fikricha, u o‘ziga mahliyo qiladi, his-tuyg‘ularni yengishdan,
shuningdek, rad etilgan variantlardan, ishonchsizlikni to‘sishdan tashkil topadi. U
tirishqoqlikni ham ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi.
Chunki ularda obyektning to‘planganligi ifodasi o‘z aksini topgan, ravshan
hayotiy qadr-qiymat mujassamlashgan. Chidamlilik tavsifida «qo‘shimcha
impulslar», «qo‘shimcha irodaviy zo‘r berish», «iroda kuchi», «sabr-toqat»
jabhalari ifodasining o‘rni mavjud. Chidamlilikka turtkining xususiyatlari
tirishqoqlik irodaviy sifatga mos tushish hollari uchraydi. Y.P.Ilinning rang
jadvalida tirishqoqlik sifati chidamlilikdan keyin joylashgan bo‘lib, quyidagi
ta’rifga ega: «Tirishqoqlik - qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan,
maqsadga erishish yo‘lida uzluksiz ravishda intilishning paydo bo‘lishidir».
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tirishqoqlik, qat’iyatlik sifatlari bilan bir
qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning yetakchisi tariqasida tan olish,
qiyinchiliklarga qaramasdan, harakatni davom ettirishga intilish tarzida tushunish
muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubhasiz. Lekin og‘riqqa chidash, bardoshlikka
moyillik nuqtai nazardan yondashinilganda esa irodaning erkinligi ta’biri, irodaviy
sohaning paydo bo‘lishi va amalga oshishi mohiyati yuzasidan metodologik
nuqsoniy talqin yuzaga kelishi mumkin.
Tibbiyot psixologiyasida ma’lumki, inson tomonidan og‘riqqa bardosh berish
chidamlilik sifatining vujudga kelishi, kechishi jarayonining yorqin ifodasidir.
Hayot va faoliyat tajribalari ko‘rsatishicha, shaxs og‘riqqa ko‘nika olmaydi, chunki
buning negizida boshqa mexanizmlar yotishi turgan gap. Fiziologik me’yorlarga
binoan shaxs og‘riqni sezish, idrok va tasavvur qilishning murakkab jismoniy
qurilmasiga ega. Shunga qaramasdan, og‘riqni inson har xil his qilishi, unga
bardosh berishi, sabr-toqat bilan boshidan kechirishi mumkin, bunda individual
tafovut aniq namoyon bo‘ladi. Diqqatning og‘riq sezgilariga to‘planishi tufayli
og‘riq zarbi kuchayadi - bu psixofiziologik qonuniyatdir. Xuddi shu boisdan odam
362
og‘riq sezgilariga tobe bo‘lib qolmasligi lozim, aks holda u bu noxush kechinma,
ruhiy holat ta’sirida uzoq muddat qolib ketishi kuzatiladi. Og‘riqni boshdan
kechirish jarayonida nafaqat chidamlilik zarur, balki mushkul sharoitlarda faollik
ko‘rsatish ko‘nikmasi, qiyinchilikni yengish odati muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday xususiyatga ega bo‘lgan insonlarda o‘z hissiy a’zolarini, ularning
harakatlarini idora qilish uquvi mavjuddir, aksincha nozik tabiatli, ichki intizomsiz,
sabr-toqati zaif, mo‘rt ruhiy kechinmali shaxslar chidamsizligini namoyish
qiladilar.
Yuqorida bildirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, to hozirgacha
psixologiya fanida asosiy, muhim irodaviy sifatlarni tasniflashning umumbirlik
tamoyili mavjud emasligi tufayli aksariyat hollarda bir irodaviy xislat qo‘shaloq
atama bilan belgilanishi davom etib kelmoqda (masalan, mustaqillik va
tashabbuskorlik, jur’at va dadillik, tirishqoqlik va qat’iyatlik, vazminlik va o‘zini
uddalash kabilar).
Psixologiyada irodani eksperimental o‘rganishga oid qator ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazilgan bo‘lib, ularning ayrimlaridan namunalar keltirib o‘tamiz. Ko‘pchilik
tadqiqotchilar Y.I.Ignatev qo‘llangan metodikasi va uning natijalariga xayrixohlik
bildiradilar. Lekin muallifning o‘zi uni baholashda juda ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘ladi. Uning mulohaza bildirishicha, ushbu metodika yetarli
darajada ishonchli, irodaning tormozlashi paydo bo‘lishini tadqiqot qilishda
qoniqarli natijalar berishi mumkin, lekin undan «test» sifatida foydalanish
ko‘ngildagidek ko‘rsatkichlarga olib kelmasligi ehtimoldan xoli emas. Ushbu
metodikaning mohiyati shundan iboratki, muskulning kuchli qisqarishidan keyin
o‘zining tinch holatiga qaytishdagi qarshiliklarini yengish xususiyatini tajribada
tekshirishdir. Xuddi shu vaziyatda irodaviy zo‘riqishni bartaraf etish namoyon
bo‘ladi. Muallifning ta’kidlashicha, zo‘riqishdagi muskullarning qisqarishini bir
lahza to‘xtatib qolishni irodaning shartli ko‘rsatkichi tariqasida qabul qilish
mumkin, chunki mazkur jarayonda inson o‘z tana a’zolari muskulini ongli
boshqarish uquvi aks etadi. E.I.Ignatev tadqiqotida maksimal qisilishdan keyin
irodaviy zo‘riqishni (zo‘r berishni) 5 kg ortiq bo‘lmagan og‘irlikda pasaytirishga
363
yo‘l beriladi, uning taxminicha, bu kattalik (og‘irlik) zo‘riqish kuchini
kamaytirmaydi va zo‘r berishni vaqtincha to‘xtatib qolishga ta’sirini o‘tkazmaydi.
Tadqiqotchi materiallarini tahlil qilishning ko‘rsatishicha, muskul zo‘r berishi 9-17
yoshdagi sinaluvchilarda 14 kg dan 40 kg gacha og‘irlikni tashkil qiladi, zo‘r
berishning 5 kg kamayish doirasi maksimal holatga nisbatan 35,7 protsentdan to
12,5 protsent miqdorlarda mujassamlashadi.
Iroda sifatlarini tadqiqot qilishga intilgan V.I.Makarova test o‘rnida gimnastik
stoldan matga (gollandcha, inglizcha «pta1» - polga yoziladigan matoga sakrashni
tanlagan, chunonchi: oldingi 180° aylanish bilan old tomonga, orqaga. Tajriba
davomida tomir urishi, tayyorgarlik vaqti, mimika, gavda holat, barmoqlarni
bukish qayd qilib berilgan.
Shunday qilib, irodaviy sifatlarni aniqlash va baholash metodlari o‘zlarining
rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar o‘z faoliyatlarida harakatlarning
odatiy va qiyinlashtirilgan sharoitlardagi xususiyatlari, ularning mahsuldorligi kabi
hodisalarni qayd qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. To‘plangan ma’lumotlar
tahlilining ko‘rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda, o‘zini o‘zi baholashda,
harakatlarda, faoliyatda o‘z ifodasini topar ekan. Xuddi shu bois iroda - bu tashqi
va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan qiliqlarni va harakatlarni inson
tomonidan ongli boshqarishdir.
Iroda - odamning o‘z ustidan, o‘z his-tuyg‘ulari, o‘y-fikrlari, xatti-harakatlari
ustidan hukmronlik qilishidir, boshqacha aytganda, iroda insonning o‘z xulq-
atvorini ongli ravishda boshqara olishi, har qanday qiyinchiliklarga qaramay, o‘z
oldiga qo‘ygan maqsa-diga erisha olish qobiliyatidir. Shaxsning ichki to‘siklarni
barta-raf qila bilishi uning tashqi to‘siqlarni ham muvaffaqiyatli yengishiga
imkoniyat yaratadi. Masalan, xizmatchi yugurish musobaqalarida qatnashib,
ma’lum masofaga yugurishi, yo‘lda uchraydigan suv yoki boshqa g‘ovlardan
o‘tishi, yomon ahvoldagi yo‘lakdan yugurishi lozim. Qiyinchiliklarni
muvaffaqiyatli yengib, xizmatchi mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun
zaruriy irodaviy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bois
364
irodaviy harakatlar - shaxsning ko‘zlagan maqsadiga erishish uchun ham ichki,
ham tashqi to‘siqlarni yengishi bilan uzviy bog‘liq ongli xatti-harakatlardir.
Dostları ilə paylaş: |