365
psixikada ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bosh miya po‘stlog‘idagi
barcha
bo‘linmalarning o‘zaro mutanosib ishlashi shaxsning me’yordagi ruhiy faoliyatini
ta’minlab turadi.
Ilmiy natijalar tahlilining ko‘rsatishicha, iroda faqat tashqi xatti-harakatlarda
namoyon bo‘lib qolmasdan, balki insonning ortiqcha, noto‘g‘ri harakatlarni
qilmasligida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunday qilib, irodaviy harakatlar ham
qo‘zg‘alish, ham tormozlanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har ikkalasi
bir-biriga uzluksiz ravishda ta’sir o‘tkazib turadi. I.P.Pavlovning ta’biricha, biz,
normal kishilar doimiy ravishda ma’lum harakat va so‘zlardan o‘zimizni tiyib
turamiz-ku, bu esa katta yarim sharlarning muayyan
punktlariga tormozlanish
impulslari yuborish emasmi, axir.
Shuning uchun har qanday irodaviy harakatning fiziologik asosida bosh miya
po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining murakkab dinamik
munosabati yotadi. Qo‘zg‘alish jarayonlari zaif, kuchsiz bo‘lsa, u holda odamda
irodaviy faollik susayadi, ba’zan, hatto apatiya holati vujudga keladi.
Tormozlanish jarayonlarining kuchsizlanishi shunday ruhiy holatga olib keladiki,
bunda shaxs o‘zini o‘zi
nazorat qilish, og‘irliklarga bardosh berish, o‘zini tuta
bilish, o‘z xatti-harakatlarini tartibga solishga qurbi yetmay qoladi. Demak, tana
a’zolari (organizm) faoliyatini va uning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasining
tartibga soluvchi, idora qiluvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ining sog‘lom holati
va me’yorda ishlashi insonga, o‘zini, o‘z xatti-harakatlarini
ongli ravishda
boshqarish xususiyati faqat inson zotigagina xosdir.
Ma’lumki, odamlar hayvonlardan qanchalik ko‘p uzoqlasha borsalar, ularning
tabiatga ta’sir qilishlari shuncha ko‘p oldindan o‘ylash, rejali, oldindan
belgilangan, ma’lum maqsadga qaratilgan ish tusiga kira boradi. Shuning uchun
jamoa bo‘lib mehnat qilish jarayonida odamlarda maqsadni anglash va o‘z oldiga
maqsad qo‘yish, ishni bajarishdan oldin reja tuzib olish, ishga faol ravishda
kirishish va keraksiz xatti-harakatlardan o‘zini tiyish, maqsadga erishish yo‘lida
uchraydigan qiyinchiliklarni yengish, o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda
boshqarish
qobiliyati, o’quvi, zehni o‘sa boradi. Borliqdagi tashqi ta’sirlar atrof-
366
muhitning ta’sir ko‘rsatishi tufayli odamlarda irodaviy sifatlar takomillashadi,
demakki iroda tarkib topadi. Buyuk allomalarning fikricha, tashqi dunyo kishilarda
paydo qiladigan taassurotlar uning miyasida ifodalanadi, unda his-tuyg‘u, fikr,
mayl, irodaviy harakatlar tarzida, «ideal intilishlar» tarzida aks etadi. Yana bir
donishmandning
mulohazasicha, kishining intilish va xohishlari, o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlari obyektiv dunyo tomonidan vujudga keltirilgan.
Irodaviy harakatlar inson yashab turgan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar,
turmush tarzi bilan belgilanadi. Jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning, shaxslararo
muomalaning o‘zgarishi bilan shaxsning o‘z oldiga qo‘yadigan
maqsadlari ham,
odamni faoliyatga undovchi motivlar ham o‘zgaradi. Mamlakatimizning
fuqarolarining irodasi kelajagi buyuk davlat qurishga qaratilgandir. Respublikamiz
yoshlari
huquqiy
demokratik,
kuchli
fuqaroviy
jamiyat,
mustaqillikni
mustahkamlash g‘oyalari bilan bog‘liq bo‘lgan aniq, ham istiqbol maqsadlarga ega.
Fuqarolar o‘z oldilariga maqsadlar qo‘yar ekanlar, bu maqsadlarni qanday yo‘l va
vositalar bilan amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘radilar,
qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng ma’qul, oqilona, odilona, omilkor usullari
ular tomonidan tanlab olinadi.
Shuni ta’kidlash joizki, iroda bilimlar, his-tuyg‘ular, tafakkur kabi psixologik
kategoriyalar bilan uzviy aloqada, o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi tufayli ijtimoiy
hayotda, insonning individual turmushida shakllana boradi va takomillashadi.
Dostları ilə paylaş: