O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Xarakter aksentuatsiyasi. Xarakter tarkibi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
19.3.Xarakter aksentuatsiyasi. Xarakter tarkibi 
Shaxs xarakterining yaxlitligi, bus-butunligi mutlaq narsa emas albatta, 
chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la 
belgilay olgandagina xarakter mutlaq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning 
munosabatlari ijtimoiy munosabatlarining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning 
munosabatlari bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan 
xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlitdir, deyishimiz 
mumkin, biroquning bir butunligi ham individual, o‘zigi xos xususiyatga egadir. 
Yaxlitlik nuqtai nazaridan, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar qarshiliklar 
oqibatida harakatlarda va inson xulqida shunday holat hosil bo‘ladi va ijtimoiy-
axloqiy me’yorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vaziyatlarda harakatdagi 
kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li - bu shaxs xarakteridagi qarama-
qarshiliklarni yengishga o‘rganishdir. Xarakterning tuzilishi ba’zi xislatlarining 
o‘zaro bog‘liqligi bilan emas, balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan 
tavsiflanadi. Xarakter tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va 
shaxsning asosiy munosabatlari bilan belgilanadi. Insonning boshqa odamlarga, 
jamoaga, mehnatga nisbatan fidoiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi 
xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar deyiladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning 
farqlanishini yuzaki tasavvur qilmaslik kerak, chunki insonga beriladigan 
tavsifnoma simtomokomplekslarni ta’kidlab o‘tishi bilan cheklanmasligi lozim. 
Aks holda shaxsning psixologik qiyofasining tavsifnomasi: birinchidan
simtomokomplekslarni chuqurroq joylashtirishni, ikkinchidan, muayyan darajada 
chuqurroq mujassamlashtirishni, uchinchidan, bir oz yuzakiroq tizimni ajratishni 
taqozo qiladi. 
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi kiritiladi 
va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. 


386 
Shuningdek, xarakter tuzilishi xususiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va 
o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham, 
o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. 
Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qarshilik qiluvchi 
vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu boisdan 
inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning 
shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi. 
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri - bu 
xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastikligi ikki xil 
ma’no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqarorligi singari muhitga faol 
ta’sir o‘tkazishning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va 
foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim. 
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishining zaruriy sharti 
sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga 
ega bo‘lib, uni tuzilishining xislati sifatida mujassamlashadi. 
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga 
bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlarining mazmuni bilan 
belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmuniga bog‘liqligiga qaramay, ba’zan 
yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladilar. 
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to‘g‘risida xilma-xil 
qarashlar mavjuddir (Krechmer, Sheldon va boshqalar). Aksariyat psixologlarning 
e’tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo 
bo‘lishidagi shartlaridan biri hisoblanadi, xolos. Ma’lumki xarakter xususiyatlari 
irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan 
tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirishi gomozigot egizaklarni 
o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir 
xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin 
xarakter xislatlariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladilar. Shuning uchun 
xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fiziologik asosi ham, 


387 
b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektor funksional 
holati ham tasdiqlaydi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin