O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Xarakterning shakllanishi, xarakter tuzilishi va xususiyatlari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
19.4.Xarakterning shakllanishi, xarakter tuzilishi va xususiyatlari. 
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning roli 
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi. 
Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z 
navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil 
egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu 
sababdan ijtimoiy tuzumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning 
ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xususiyatlari 
(xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga 
bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida 
xayrixohlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordamlashish, hamkorlik, yoki aksincha, johillik, 
zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy 
muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, 
nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning 
o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasidagi, maktabdagi 
shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. 
Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida 
sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter 
xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda 
qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq 
holda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. 
Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs 
munosabatlarining 
onglilik 
darajasiga 
bog‘liq. Insonning haqqoniylik, 
mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli 
qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda 
ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va 
mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvarlik yuksak his-


388 
tuyg‘usidadir. Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning 
ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini 
belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual 
xususiyatlari orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Chunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik 
asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon 
bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat 
deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga 
bog‘liqdir. Ana shu holatga muvofiq ravishda temperament xususiyatlari ham, 
xarakterning ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham 
temperament tipiga bog‘liq. 
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning 
irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati xarakter xislatlarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxsning faoliyati orqali belgilaydi. Uning 
faoliyatiga taalluqli aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy 
xususiyatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan 
xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-
harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tarkib topishida faol 
faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol faoliyatida xarakterning ifodalaydigan 
harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining 
avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli 
reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi 
psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri - bu odatlardir. Xarakter 
xislatlari tarkib tonishining muhim shartlaridan biri - bu xislatlarni zaruriy xatti-
harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir. 
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning roli katta bo‘lib, harakat 
usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblanadi. Tarkib topish jarayonida 
taqlidchanlikning ahamiyati ko‘p jihatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs 
emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Taqlidchanlik xatti-
harakat namunasiga taqlid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari 


389 
tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakllantirishning shartiga 
aylanadi. 
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyektiv va 
subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm 
negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatma 
(ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina 
bo‘lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham 
tayyor turishlikdir. 
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon 
bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda, 
xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli 
vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq, binobarin, inson 
sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. 
Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-
harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni 
boshqarishga odatlanadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin