Bevosita esga tushirish - narsa va hodisalar, fikrlar, harakatlarni idrok
qilgandan keyinoq, oradan vaqt o’tkazmay, esga tushurishdan iborat xotira prsessi.
Gallyutsinatsiya -(lot.hallucinatio-alahash, bosinqirash)-sezgi aldanishi yo‘q
narsani bor deb idrok etish. Odatda muayyan tashqi ta’sirlarsiz vujudga keladi.
Asosan ko‘rish, eshitish galllyutsinatsiyalari mavjud. U psixik kasallarda uchraydi.
Real voqeilikdagi narsa va hodisalarning analizatorlarga bevosita ta’sirisiz
ongimizda turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo bo’lishi.
Deduksiya - (lot.deductio-keltirib chiqarmoq) bilish jarayonida umumiy
hukmlardan xususiy hukmlarga o’tish orqali mantiqiy xulosa chiqaruvchi tafakkur
turi.
Diqqat - individning hissiy, aqliy va harakatlantiruvchi faolligi darajasining
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga
qaratilganligi. Diqqat ongning bir nuqtaga to‘planib, muayyan bir obyektga faol
qaratilishidir. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatlar mavjud.
Diqqatning barqarorligi – diqqatni uzoq vaqt bir obyektga muttasil, kuchli
qarata olishdan iborat ijobiy xususiyati.
Diqqatning ko‘lami -bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha obyektga
qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning to‘planganligi -diqqatning muayyan obyektlar doirasida tez
hamda kuchli to‘plana olishdan iborat xususiyati.
Diqqatning taqsimlanishi – bir paytning o’zida diqqatning bir necha
obyektlarga yoki faoliyatga qarata olish imkoniyati.
Diqqatning ko‘chuvchanligi -faoliyat protsessida diqqatning ongli ravishda
bir obyektdan ikkinchi obyektga ko’chirilishi.
414
Ixtiyoriy diqqat -ongimizning obyektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsa-da,
uning ustida ma’lum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy
diqqat turi.