O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Ixtiyorsiz diqqat
– ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda 
muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unda to‘planishidan iborat diqqat turi.
 
Parishonxotirlik
- kishining maqsadga qaratilgan, yo‘naltirilgan faoliyatining 
funksional yoki organik buzulishi, diqqatni ma’lum obyektga qarata olmaslik. 
Zavqlanish-
biror-bir mufaqqiyatli ijodiy ishni ko‘rish, eshitish, yoki sezish 
orqali paydo bo’ladigan ruhiy holat. 
Instinkt
(lot.instinctus-ichki mayl, intilish)-organizmning tashqi yoki ichki 
ta’sirotlar natijasida paydo bo’ladigan murakkab tug‘ma harakatlari majmui
murakkab shartsiz refleks (ovqatlanish, himoyalanish, jinsiy instinkt va b.) 
Odamda instinkt uning ongi bilan boshqariladi. 
Idrok
-sezgi a’zolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi narsa va hodisalarning 
kishi ongida yaxlit holda psixik aks ettirishdan iborat psixik jarayon. 
Idrok aniqligi
- idrok obrazlarini idrok qilinayotgan narsalarga qanchalik 
muvofiq kelish darajasi.
Idrokning konstantligi 
- (lot.constantis-o‘zgarmas, doimiy) - idrok 
qilinayotgan narsalarning o’lchami, shakli va rangi ungacha bo‘lgan masofani 
o‘zgartirganda ham nisbatan turg’unlik holatining o‘zgarmasligi. 
Idroklilik
-idrokning to’liqligi, aniqligi va tezligi kabi ijobiy xususiyatlardan 
tashkil topgan aql sifati, zehn tezligi.
Idrok tezligi
- idrok qilinayotgan narsaning sezgi a’zolariga ta’sir qila 
boshlagan paytdan , to bu narsaning obrazini anglab olgunimizgacha o’tgan vaqt. 
Illyuziya 
(lot.illusio-aldash)- borliqning, voqelikning noto‘g‘ri idrok etilishi,
idrokning chalg’ishi. Sezgi a’zolari takomillashganmaganligi natijasidagi qo’rquv. 
Induksiya
-(lot. industio- keltirib chiqarish) juz’iy yoki yakka hollarda 
umumiyga, ayrim faktlardan umumlashmalarga qarab boradigan induktiv xulosa 
chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur formasi. 


415 
Iste’dod
- shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug‘ma 
layoqatlari yoki boshqacha aytganda shaxsning tabiiy va muayyan ijtimoiy muhit 
ta’sirida erishgan noyob xislatlari . Biror sohada yuksak darajadagi qobiliyat. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin