O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Iste’dodli bolalar
—o’zini umumiy yoki maxsus iste’dodini namoyon qilgan 
bolalar. Iste’dodli bolaning aqliy rivojlanishini tashxis qilinib aniqlanadi. 
Ixtiyoriy esda olib qolish
-maxsus mnemik harakatlar, ya’ni asosiy maqsad 
esda olib qolishdan iborat bo‘lgan harakatlar mahsuli. 
Ixtiyorsiz xotira
- biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus 
maqsad bo’lmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish
 
Iroda
– kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun 
qiyinchiliklarni yengib o’tishiga qaratilgan faoliyati va xulq -atvorini ongli 
ravishda tashkil qilishi va o’zini –o’zi boshqarishidir. 
Istak
- intilishning maqsadi aniq bo’lmagan holat. Bu maqsadga erishuvning 
yo’li va vositalarini to’la anglab yetmaslikdan iborat irodaviy holat.
Ishonchlilik
-obyektiv voqeilikdagi narsa va hodisalarni fikran to‘g‘ri, shak-
shubhasiz aks ettirishdan iborat mantiqiy kategoriya. 
Ishontirish-
shaxsga muayyan ta’sir o’tkazish; buning natijasida kishi irodasi 
va ongidan qat’iy nazar, unda muayyan holat, hissiyot, munosabat vujudga 
keltiriladi. 
Individuallik
-muayyan shaxsning boshqa shaxslardan ajratib turuvchi
shaxsning o’ziga xos xislatlari.

Kayfiyat
-inson his-tuyg‘usining yaxlit shakli, kechinmalarining umumiy 
holati. Kayfiyat doirasi har xil; u insonning umumiy kechinmalaridan to zerikish, 
qo’rquv, xafalik yoki quvnoqlik, umid va qiziqish kabilargacha bo‘lgan barcha 
shakllarni o’z ichiga oladi. 
Kinestezik sezgi -
(yunon.kineo-harakatga keltirmoq)- proprioretseptorlar 
qo’zg’alishi natijasida o’z tana a’zolari harakati va holatini sezish. 
Ko‘ruv sezgisi
– ko’ruv analizatori bevosita ta’sir etib turgan ranglar va 
yorug’likni aks ettirishdan iborat sezgi turi. 


416 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin