Psixik reaksiya - tashqi yoki ichki ta’sirotga javob sifatida paydo bo’ladigan
har qanday psixik jarayon.
Psixologik test - psixologik standart mashqlar. Bu mashqlarning bajarish
natijalariga ko‘ra tekshirilayotgan kishining psixofiziologik va shaxsiy
xususiyatlari, shuningdek bilim, malaka va ko‘nikmalari to‘g‘risida xulosa
chiqariladi.
Rang sezish- ko’zning idrok qilinayotgan narsa va hodisalarning rangini
ajrata olish qobiliyati.
Refleks (lot.reflexus-aks etish)- organizmning retseptorlar qo’zg’alishiga
javob reaksiyasi. Vujudga kelgan qo’zg’alish markaziy nerv sistemasiga
uzatilgach, u ham qo’zg’alish bilan javob qaytaradi. Qo’zg’alish efferent nervlar
orqali turli a’zolarga uzatiladi.
Refleksiya (in’ioks, tajalliy) (lot.reflexus-aks ettirish) -subyektning u bilan
muloqotga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetishi.
Retseptor (lot.recipere-qabul qilmoq) -tashqaridan yoki organizm ichki
muhitidan ta’ssurotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv
sistemasiga o’tkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus
hujayralar ( ko’z to’r pardasi, ichki quloq va b.)
Raddiya- tafakkurning turli operatsiyalari hamda formalaridan foydalangan
holda biror fikrning yolg’on ekanligini isbotlashdan iborat bo‘lgan mantiqiy
operatsiya.
Subyekt - (lot.subgestum-odam, kishi)- obyektiv dunyoni biluvchi, uni
o’zining ehtiyoj va qiziqishlariga moslab o‘zgartiradigan ongli mavjudot.
Sotsializatsiya (lot.societas-jamiyat)- o‘zaro munosabatlar tizimi bilan
psixologik qovushuvchanlikning aniqlash maqsadida guruh va jamoalardagi
shaxslararo munosabatlarni o‘rganishdan iborat psixologik tadqiqot metodi.