420
Sensor buzilish
– sezgi a’zolari faoliyatining buzilishi.
Sensorika
– sezgi va idrokning birgalikda umumlashtiruvchi tushuncha.
Stress
(ing.stress-zo’riqish) – to’satdan va kuchli ta’ssurot natijasida hosil
bo’ladigan ruhiy zo’riqish holati.
Sangvinik
– (yunon.sanguis-qon) ruhan kuchli, faol,
harakatchan, tez va
yorqin qiyofali, hissiyoti o‘zgaruvchan,
nutqi tez, ba’zan e’tiborsiz va
shoshiluvchan bo‘lgan temperament turi.S. inson dilkash va mehribon bo’ladi.
Sangvinik temperament - (
lot.sanguis-qon, temperamentum-qismlarning
zaruriy nisbati)-shaxsning tez, kuchli lekin beqaror emotsional qo’zg’aluvchanligi
va psixik jarayonlari bilan sifatlanadigan individual xususiyati.
Temperament
(mijoz)
-
(lot.temperamentum-qorishma,
aralashma)-
individning psixik faoliyati (sur’ati, ritmi, psixik jarayon va holatlar jadalligi)dagi
dinamik xususiyatlar jihatidan uning tavsifi. Asosiy komponentlari individning
umumiy harakatchanligi, motorikasi (harakatlar ko’rinishi) va emotsionalligi.
Taktil sezgilar-
teri sezgilarining biror narsaning badanga tekkanini,
bosilganini, tebranishini aks ettirishdan iborat turi.
Ta’m-
sezgi turi.(shirin, achchiq, chuchuk, tuzli). Analizatorlar til o’zagidagi
nerv tugunlari hamda bosh miya po’stloq qismidagi T. markazidir.
(lot.experimenum-sinov, tajriba)- o‘yin,
mehnat va
o‘quv faoliyatini tekshiriluvchiga sezdirmasdan psixologik o‘rganish usuli.
Tahlil
-tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo‘lib
o‘rganiladi
Test
(ing.test-tekshirmoq)- psixologik standart sinov. Bu sinov natijalariga
ko‘ra sinalayotgan shaxsning to’liq yoki ayrim
psixofiziologik xususiyatlari,
shuningdek, bilim, malaka, ko‘nikmalari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Tasavvur
- oldin shakllangan manzaralar asosida tuzilgan obrazlarning psixik
akslanish shakli. Tasavvur faqat insonga xos.T. sezgi va idrok bilan uzviy bog‘liq,
lekin, ulardan farq qilib, ancha umumlashgan xarakterga egadir.
Talant
-(yunon.talanton-qimmatbaho, qimmat narsa) qobiliyatlar, ayniqsa
maxsus qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasi.
Talantli kishi ishga ijodiy
421
yondashadi. Muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijobiy ravishda bajarilishini
ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat, t. li kishilar,
odatda,
yuksak ijodiy, keng mazmunli, tanqidiy va mahsuldor aql egalari
bo’ladilar.
Tafakkur-
inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi, idrok va tasavvurlar
orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsalarni ongli ravishda aks etish mumkin. Fikr
yuritish, o’ylash, jiddiy ravishda yangilikni qidirish va
ochishga ijtimoiy jihatdan
bog‘liq , aloqador psixik jarayon. Shuningdek, uning tahlili va sintezida voqelikni
bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat
asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha
tashqariga chiqib ketadi.
Intuitiv, ko‘rgazmali-obrazli, amaliy, so’zli-mantiqiy,
ijodiy, nazariy tafakkur turlari mavjud.
Tafakkur
- inson aqliy faoliyatining yuksak bosqichi. Sezgi, idrok, va
tasavvurlar orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsa va hodisalar T. da ongli
ravishda aks etadi.
Dostları ilə paylaş: