Sotsiometriya usuli – o‘zaro munosabatlari va psixologik moslashuvini
aniqlash, guruh, jamoani shaxslararo munosabatlarini psixologik tekshirish va
tahlil qilish usuli. (A.Moreno).
Statistik metod - (lot. status-holat, yunon.methodos-tadqiqot,)- o’tkazilgan
tadqiqot natijalarini miqdoriy hisoblab chiqish usuli.
Suhbat - psixologiyaning og‘zaki muloqot qilish yo’li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yoki bevosita ma’lumot olish jarayonidir. S. yordamida shaxsning qiziqishlarini,
dunyoqarashini, e’tiqodini, nutqiy xususiyatlarini va boshqa sifatlarini o‘rganilishi
mumkin.
Sezgilar – obyektiv reallik xossalarining ini’kosi, ana shu xossalarning sezgi
organlariga ta’siri va bosh miya nerv mexanizmlarini qo’zg’atishi natijasida
vujudga keladi. Sezgi - dunyoning bilishning boshlang’ich nuqtasi. Sezgi turlari
har xil: tuyish, eshitish, silkinish, hid bilish va b. Sezgining sifat xususiyatlari
uning modalligi deyiladi.
Sezgi a’zolari – sezuvchi nerv hujayralari va qo‘shimcha tuzilmalardan
tuzilgan ko‘rish, eshitish, gravitatsiya, hid bilish, ta’m bilish a’zolari.
Sezgi chegarasi- minimal kuchga ega bo‘lgan qo‘zg‘ovchining bilinar-
bilinmas ta’sirini sezishning quyi chegarasi, eng yuqori kuchi ta’sirni sezishi
(maksimal) yuqori chegarasi deyiladi.
Senzitivlik - (lot.sensus-hissiyot)-sezgilarning turli xil ta’sirotlarga nisbatan
kuchli va tez qo’zg’alishhi
Senzitiv yosh davrlari- bunda ma’lum yosh davri xos psixik xuusiyat va
jarayonlar, yuqori darajada yaxshi hisoblanadi.
Sensibilizatsiya - (lot.sensibilis-sezuvchan,
ta’sirchan)-ichki omillar
qo’zg’atgich ta’sirida nerv analizatorlari sezgirligining oshishi.
Sentimentalizm - (fr.sentimentalisme-sezuvchanlik)-sensor sezgirlikdan farq
qiluvchi haddan tashqari emotsional sezgirlik, narsa va hodisalarga o’ta emotsional
munosabatda bo’lishi.