O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Qobiliyat va talantning tabiiy shartlari. Qobiliyat nazariyalari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
20.3.Qobiliyat va talantning tabiiy shartlari. Qobiliyat nazariyalari 
talqini 
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining 
tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi 


398 
turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun 
ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz: 
matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza 
yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallarni kamaytirish, masalani 
idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr 
yuritishdan yengil o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar; 
adabiy qobiliyat: nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada 
yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga 
qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan 
qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro 
bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa 
chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy 
qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega 
bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari 
orasida ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki, 
pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida pedagogik odob (takt), 
bolalarni sevish, o‘quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, 
kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga 
uquvchanlik va shunga o‘xshashlar tan olinadi. O‘qituvchilik qobiliyatining 
yordamchi (qo‘shimcha) fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik, nutqiy qobiliyat, 
diqqatni taqsimlash, akademik qobiliyatlar va hokazo. Pedagogik qobiliyatlarning 
yetakchi (asosiy) va yordamchi (qo‘shimcha) tarkiblari, jabhalari ta’lim jarayoni 
muvaffaqiyatini ta’minlaydigan birlikni (birikuvni) yuzaga keltiradi hamda 
o‘qituvchi shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan hamkorlik individual faoliyatini 
tashkillashtiradi. Qobiliyatlardan muayyan darajada umumiy va torroq ma’noda 
maxsus sifatlarni ajratish orqali ma’lum turkum tizimini yuzaga keltirish mumkin. 
Bundan kelib chiqqan holda qobiliyatlar guruhiga ajratish maqsadga muvofiq. 
Umumiy qobiliyatlar (sifatlar) maxsus qobiliyatlarga (sifatlarga) zid tarzda taqin 
qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar 


399 
yaqqol psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan 
torroq bo‘lishiga qara-may, chuqurroq mohiyatni o‘zlarida mujassamlashtiradi. 
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida « badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga 
ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab 
beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va 
ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi 
signallar va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal 
berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar tizimi I.P.Pavlov tomonidan «signallarning 
signali» deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha 
tushuntirish mumkin: 
shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan 
ustunlik qilsa inson «badiiy» tipga taalluqlidir; 
mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa-bu shaxs «fikrlovchi 
tipga» munosibdir; 
agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi 
sezilmasa) - bu inson «o‘rta tipga» mansub odamdir. 4) Tipologiyaning o‘ziga xos 
tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon 
bo‘ladi: 
«Badiiy tip» uchun bevosita taassurot, taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin 
idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning 
yorqinligi xosdir. 
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilmalarning, nazariy 
mulohazalarning, metodologik muammolarining ustunligi muvofiqdir. 
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning 
yetishmasligini bildirmaydi, lekin bu o‘rinda gap psixikasining obrazlari 
jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida borada, xolos. 
Biroq shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar 
tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlaqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki, 
insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o‘rni hal qiluvchi 


400 
ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov 
vositasida ro‘yobga chiqariladi. 
Signallar tizimi orasidagi munosabatni matematik tarzda quyidagicha aks 
ettirish mumkin: 
A) S > S, S - ikkinchi signallar tizimi, S - birinchi signallar tizimi; 
B) birinchi signallar tizimining ikkinchi signallar tizimidan nisbatan ustunligi 
(«badiiy tip»): S> S QM (t - mazkur tip namoyandalarining borliqni emotsional va 
obrazli bilish xususiyati jihatidan ajratuvchi belgisi); 
V) «fikrlovchi tip» mana bunday ifodalanishi kuzatiladi: 
S+ p >S (p - mazkur tip namoyandalarini boshqalardan ajratuvchi olamga 
mavhum munosabatning xususiyati). 
Shunday qilib, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga 
keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o‘z tarkibiga yetakchi va 
yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni (xislatlarni) qamrab 
olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iboratdir. 
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar 
taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha - 
qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’no anglatadi) muayyan 
faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan 
qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat individual 
xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga qaramay, 
ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab 
mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini 
beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: a) 
muvaffaqiyatni ta’minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; v) originallik 
unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi; 
d) individual-psixologik xislatligi; y) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi 
imkoniyatligi kabilar. 
Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) 


401 
insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Jamiyatda 
talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi 
uchun zarur obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda 
barkamol odamlarning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi. 
Shuning uchun jahon sivilizatsiyasi, fan va texnikasi, san’at va adabiyot, 
moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) imkoniyati 
hisoblanmish talant progressning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning 
ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot 
bosqichlarida 
ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitlarning 
yetishmasligi tufayli ko‘pchilik talant sohiblari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lgandir. Mamlakatimizning yaqin 
o‘tmishida chorizm mustamlakachilik siyosatida, qatag‘on yillarida qanchalab 
talantli davlat va jamoat arboblari, betakror fan, madaniyat, adabiyot 
namoyandalari o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga erisha olmay dunyodan 
ko‘z yumdilar. Bu bizning moziyimiz, achchiq haqiqatimiz, turmush voqeligimiz, 
dinamik xususiyatli ko‘ngil armonimiz, borliqqa aql-zakovat bilan munosabatda 
bo‘lishning ilmiy-psixologik mezonidir. Talantlarning uyg‘onishi (tug‘ilish) 
ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli mustaqil mamlakatimizda 
talantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj sezmoqda, bu narsa yaqqol ko‘rinib 
turibdiki, shunday mezonga loyiq shaxslar mavjud va ular kelajagi buyuk 
davlatimiz poydevori hisoblanadi. 
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga 
qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak 
bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. 
Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20-30-yillarida moskvalik psixologlar 
tomonidan olib borilgan fenomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega 
bo‘lgan insonlarni tekshirish natijalari hisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati 
(estrada sahna artisti) hech kimda shubha tug‘dirmagan bo‘lsa-da, lekin xotira 
ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi to‘g‘risida 
xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida 
aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un 


402 
qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va 
boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz 
o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, 
yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin