O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Qobiliyatlar tuzilishi. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
20.2.Qobiliyatlar tuzilishi. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi 
Psixologiyada 
qobiliyatlar 
individual-psixologik 
xususiyatlar 
sifatida 
tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan 
xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil 
sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o‘z qobiliyatlari bo‘yicha bir-birlaridan 
muayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o‘rtasida farqlar sifat va miqdor 
jihatidan bir talay bo‘lishi mumkin. Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi 
individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti 
tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdori tavsifi esa faoliyatga 
qo‘yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati 
mavjudligini bildiradi, ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, 
bilimlardan nechog‘lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi. 
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, 
maqsadga turlicha yo‘llar orqali erishishga imkon beruvchi «o‘zgaruvchan 
miqdor» to‘plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi 
shaxsning individual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi 
ko‘rinishida gavdalanadi.
Shaxsning qobiliyatida mavjud bo‘lgan o‘rnini bosish (kompensator)lik 
imkoniyati eshitishdan mahrum insonlarni maxsus o‘qitish orqali ro‘yobga chiqadi. 
Hayotda ko‘r musiqachi, artist, shoir, rassom, muhandis va boshqa shu kabi kasb 
egalari yetishib chiqqanligi ko‘p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki 
umuman yo‘qligi ham kasbiy musiqaviy qobiliyatining rivojlanishiga keskin 
xalaqit bermasligi mumkin. Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat 
yordami bilan o‘stirish, ya’ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb 
tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyoqi) 
sohasida mislsiz keng ko‘lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Ushbu voqelikni 
tasdiqlovchi qator misollarning o‘zida silliq duradgor mohir tikuvchi bo‘lishi; yirik 


396 
fan allomasi yirik san’atkor, yetuk sportchi ekanligi uchrab turadi. Qobiliyatli 
shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhalarida o‘z o‘rnini topa 
oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida tekis 
muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin. 
Qobiliyatlarning miqdoriy tavsifi va ularni o‘lchash muammosi psixologiya 
fanida o‘ziga xos rivojlanishning tarixiy o‘tmishiga ega. Hozirgi davrda fanning 
mumtoz psixologlariga aylangan Spirmen, Permen Kettell va boshqalar XIX 
asrning oxirlari va XX asrning boshlaridayoq muayyan ixtisoslar uchun kasb 
tanlashni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zaruriyatidan kelib chiqadigan talablar 
tazyiqida o‘quv yurtlarida saboq olayotgan shaxslarning qobiliyat darajasini 
aniqlashga kirishdilar. Ularning taxminlaricha, insonning lavozimiga loyiqligi, 
uning mehnat faoliyatiga layoqati, shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga, harbiy 
xizmatga, rahbarlik martabasini egallashga nisbatan layoqatlarini aniqlash 
imkoniyati mavjuddir. O’tgan asrda qobiliyatlarni o‘lchash usuli, mezoni tariqasida 
aqliy iste’dod testlari ishlab chiqildi va AQSh, Buyuk Britaniya kabi 
mamlakatlarda o‘quvchilarni saralash, harbiy xizmatga zobitlarni tanlash, ishlab 
chiqarishda rahbarlik lavozimiga tavsiya qilishda foydalanildi. Hatto Buyuk 
Britaniyada universitetga kirish huquqini beruvchi test sinovi tizimi ham yaratildi. 
«Aqliy iste’dod» testlari ball yoki ochkolar bilan baholanib, yechimga sarflangan 
vaqtni hisobga olib, natijalar yig‘indi holiga keltirilar edi. Masalan, Buyuk 
Britaniya maktablarida 11 yoshli o‘smirga beriladigan test ko’rinish: «Pyotr 
Jemsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Kim hammadan ko‘ra 
balandroq?» va tanlagan javobning tagiga chizib qo‘yish talab qilinadi: 1) Pyotr, 2) 
Edvard; 3) Jeyms; 4) «ayta olmayman». Boshqacharoq testlar berilgan beshta 
so‘zdan boshqalariga o‘xshamaganini sinaluvchi tanlab olish kerak: 1) qizil, yashil, 
ko‘k, ho‘l, sariq; 2) yoki, ammo, agar, hozir, garchi va shu kabilar. Testlar 
murakkabligi ortib borish tamoyili bo‘yicha «Testlar batareyasi» tizimi yaratiladi. 
Testlar tuzilishi bo‘yicha faqat so‘zlardan iborat (verbal) sinovlar bilan 
cheklanmasdan, balki turlicha mohiyatli «labirintlar» (yunoncha - chigal holat, 


397 
murakkab, chalkash ma’nosini bildiradi), «boshqotirma» va shunga o‘xshash 
sinovlar kiritiladi. 
Mazkur yo‘nalishning namoyandalarining e’tirof etishlaricha, «aqliy iste’dod 
koeffisiyenti» qandaydir o‘zgarmas mezon sifatida «umumiy intellektni» 
(inglizcha) ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga egadir. Shuni ta’kidlash joizki, «aqliy 
iste’dod koeffitsiyenti» nazariyasida bahsli jabhalar mavjudkim, bunda shaxsning 
aqliy qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Rus psixologi L.S.Vigotskiy yuqoridagi 
nazariyaga o‘z e’tirofini bildirgan holda ikki bosqich, ya’ni «eng yaqin taraqqiyot 
zonasi», «aktual faoliyat zonasi» orqali qobiliyatni to‘g‘ri aniqlash mumkinligini 
ko‘rsatib bergan edi. Hozirgi zamonda qo‘llanayotgan test sinovlari 
o‘tmishdoshlaridan ko‘p jihatdan ajralib turadi, lekin ko‘pincha xotira mahsullarini 
ochishga xizmat qildi, ijodiy tafakkur natijalari esa diqqat markazidan chetda qolib 
ketish hollari uchraydi. 
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh 
o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’iy nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy 
xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, senso-motor sohasiga, xarakterologik 
xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’y-harakati 
tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, 
insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega 
bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda 
alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatining yuksak 
mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay 
oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch quvvat tariqasida vujudga keladi, degan 
faraz o‘zini oqlamaydi. Shu-ning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega 
bo‘lgan psixik sifatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin