391
fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi
hal qiluvchi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizidan kelib
chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni
vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada
ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir
tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg‘ularining kuchayishiga olib
keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxsni) faollik sari
yetaklaydi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyektiv va
subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm
negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatma
(ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina
bo‘lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham
tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon
bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda,
xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli
vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq, binobarin, inson
sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi.
Shunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-
harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni
boshqarishga odatlanadi.
Dostları ilə paylaş: