O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
Nazorat savollari: 
1. Temperament haqida tushuncha bering? 
2. Temperament haqidagi ta’limotlarning qisqacha mazmuni izohlang? 
3.Temperamentga psixologik tavsif va inson faoliyatida tutgan o’rni qanday? 
4. Temperament metodikalarini ayting bering? 


378 
19 -MAVZU. XARAKTER 
 
Tayanch tushunchalar:
 
xarakter rigidligi, sotsializatsiya, tug’ma qobiliyat,
 
aksentuatsiyasi,
mehnatsevarlik, 
halollik, 
rostgo’ylik, 
mehribonlik, 
tashabbuskorlik, 
kamtarlik,
intiluvchanlik, 
qat’iyatlik, 
jasurlik, 
mardlik, 
matonatlilik, o’z-o’zini tuta bilish.
 
19.1. Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning nerv-fiziologik asoslari 
Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib shaxsning atrofdagi voqelikka 
va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatida ifodalanadigai uning muayyan sharoitlardagi 
xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar 
yig’indisi xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. 
Xarakter xislatlari ikki katta guruhga bo’linadi; 
1
-xarakterning ma’naviy sifatlari – 
mehnatsevarlik, halollik, rostgo’ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik 
kabilar; 2- xarakterning irodaviy xislatlari - maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlik, 
jasurlik, mardlik, matonatlilik, o’z-o’zini tuta bilish kabi sifatlardan iborat. 
Odamning tabiati xarakteri - tashqi muhit ta’sirotlariga ko’rsatadigan ruhiy 
reaksiyalarining bolalik paytidan shakllanib boradigan tipidir. Xarakter atrofdagi 
muhitga temperamentdan ko’ra ko’proq darajada bog’liq bo’ladi. Uning shakllanib 
borishi odamning butun umri bo’yi davom etadi. Shunga qaramay xarakter 
shaxsning barqaror xususiyatlarini tashkil etadi. Odamning yurish-turishi hamda 
uning atrofdagi muhitga o’z-o’ziga qanday ko’z bilan qarashi shu xususiyatlarga 
bog’liq deb hisoblanadi. Xarakter keyinchalik mustahkamlanib qaror topib 
boradigan va odamning yurish-turishi hamda atrofdagilarga munosabatini belgilab 
beradigan temperamentga va tashqi ta’sirotlarga ko’rsatiladigan reaksiyalar 
shakliga qarab mujassamlanib boradi. 
Demak, xarakter tug’ma o’zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot 
sharoitlariga borliq holda tarkib topib o’zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir; 
maxsus sharoitda maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini 
bartaraf qilish ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. 


379 
Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil sifatida 
maydonga chiqishi mumkin. Ma’lumki, xarakterning aksariyat xislatlari shaxsning 
xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgilovchi turtki va faol mayllar bo’lib 
hisoblanadi. Odatda, shaxslar o’zaro o’xshash sharoitlarda bir xil motivlar va 
munosabatlarga asoslanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib 
harakat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyilliklar negizida 
xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta’siri tufayli 
inson tabiiy sharoitga zid, maqsadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi. 
Shaxs ba’zida o’z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni 
amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiqlashicha, 
ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o’z 
yutuqlarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular 
uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo’l urishida 
davom 
etaveradilar. 
Boshqa 
toifadagi 
odamlar 
muvaffaqiyatsizlikdan 
cho’chiydilar, o’ta ehtiyotkor bo’ladilar, qiyinchilikdan yuz o’giradi, yengil ishga 
qo’l urishni lozim topadilar. 
Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o’ziga xos harakat usullarini 
tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo’r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo’riqish) 
vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o’ziga xos harakat usuli favquloddagi 
sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o’z xislatiga nomuvofiq, bir xil 
yo’sindagi usullaridan foydalanishga qaraganda ko’p kuch-quvvat, qat’iylik, 
ishchanlik namoyish qilinishni ma’qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy 
(obyektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o’ziga 
xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharoit, vaziyat talablariga muvofiq 
tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko’rsatadi, butun kuch-quvvatini jamlab 
harakat qilishga imkon tug’iladi. 
Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo’sinda intilishiga, ba’zida 
sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda 
yorqin ro’yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to’g’rilik shaxsni noxush 


380 
kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga 
undaydi, sobitqadamlikni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari nafaqat uning 
munosabatlariga aloqador, balki insonning irodaviy, hissiyoti, diqqati, aqliy 
sifatlariga yoki psixik jarayonlarining individual xususiyatlariga ham bog‘liqdir. 
Chunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga 
nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga: a) 
diqqatning to‘planishiga (markazlashuviga), b) harakatlarning aniqligi, maqsadga 
yo‘nalganligi, v) irodaviy zo‘r berishga, g) usullar mahsuldorligiga, d) aqlning 
ziyrakligiga bog‘liq. Xarakterning aqliy, hissiy, irodaviy xislatlariga ajratishni 
harakat usullaridan hamda xilma-xil ruhiy jarayonlarning ustuvorlik qiluvchi 
ta’siridan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin. 
Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil sifatida 
maydonga chiqishi mumkin. Ma’lumki, xarakterning aksariyat xislatlari shaxsning 
xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgilovchi turtki va faol mayllar bo‘lib 
hisoblanadi. Odatda, shaxslar o‘zaro o‘xshash sharoitlarda bir xil motivlar va 
munosabatlarga asoslanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib 
harakat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyilliklar negizida 
xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta’siri tufayli 
inson tabiiy sharoitga zid, maqsadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi. 
Shaxs ba’zida o‘z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni 
amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiqlashicha, 
ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o‘z 
yutuqlarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular 
uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishida 
davom 
etaveradilar. 
Boshqa 
toifadagi 
odamlar 
muvaffaqiyatsizlikdan 
cho‘chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan yuz o‘giradi, yengil ishga 
qo‘l urishni lozim topadilar. 
Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o‘ziga xos harakat usullarini 
tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo‘r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo‘riqish) 


381 
vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o‘ziga xos harakat usuli favquloddagi 
sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o‘z xislatiga nomuvofiq, bir xil 
yo‘sindagi usullaridan foydalanishga qaraganda ko‘p kuch-quvvat, qat’iylik, 
ishchanlik namoyish qilinishni ma’qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy 
(obyektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o‘ziga 
xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharoit, vaziyat talablariga muvofiq 
tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko‘rsatadi, butun kuch-quvvatini jamlab 
harakat qilishga imkon tug‘iladi. 
Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo‘sinda intilishiga, ba’zida 
sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda 
yorqin ro‘yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to‘g‘rilik shaxsni noxush 
kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga 
undaydi, sobitqadamlikni shakllantirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin