371
chatishtirish yo‘li
bilan yuzaga keltirilgan, lekin barcha xususiyatlar to‘g‘risida
bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas.
Xorijiy psixologik adabiyotlarda ta’kidlanishicha, temperament asab tizimi
umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi ko‘rsatkichi
badanning jismoniy tuzilishiga, b) uning ba’zi qismlari o‘rtasidagi aloqaga, v)
organizm turli tarkiblarining munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy
tuzilmasiga bog‘liqdir, degan nazariya jahon psixologiyasida ustuvor o‘rin
egallagandir.
Bu nazariyaning asoschilari E. Krechmer (nemis psixologi) va U.Sheldon
(amerika psixologi)lar hisoblanib, ularning talqinicha,
tana tuzilishi ham,
temperament xususiyatlari ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zaro
munosabatlarning nasliy belgilariga bog‘liqdir. Ularning fikricha, tana tuzilishi
bilan temperament xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir. U.
Sheldonning mulohaza bildirishicha, semiz, qorin bo‘shlig‘i takomillashgan inson
shodlikka, muloqotmandlikka, to‘yib ovqatlanishga moyil (visseraton) xususiyatga
egadir. Shuningdek, skelet muskullari taraqqiy etgan shaxslar g‘ayratli, faol
(somaton) xislatlidir. Shu bilan birga asab tizimi, bosh miyasi o‘rta rivojlangan
insonlar o‘ta sezgir, sertashvish, xayolotga beriluvchan bo‘ladilar, ya’ni serebroton
xususiyatlidirlar.
Mulohaza yuritilgan muammo muhim
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, chunki
ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi ham tashqi sharoitlarga, ham faoliyat
talablariga to‘la-to‘kis moslasha olmaydi, binobarin u asab tizimiga bir oz
muvofiqlashuvi mumkin, xolos. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda Krechmer
bilan Sheldon talqiniga yondashilsa, u holda shaxs temperamentining xususiyatlari
tashqi ijtimoiy sharoitlarga, faoliyat talablariga muvofiqlashuv ehtimoli mavjud.
Mualliflar e’tiroficha, turli temperamentli shaxslarga ijtimoiy zaruriyat tufayli
bir xil talablar qo‘yilsa, u holda insonning temperamenti
imkoniyatlari bilan
jamiyat talablari o‘rtasida murakkab ziddiyatlar, nizoli vaziyatlar vujudga kelishi
mumkin emish.
372
Shuni ta’kidlash joizki, Krechmer bilan Sheldonning temperament
to‘g‘risidagi nazariyasi bir muncha bahslidir, chunki temperamentning asab tizimi
umumiy
tipining
xususiyatlariga
bog‘liqligini aks ettiruvchi omillarni
tushuntirishga zaiflik qiladi. Shuningdek, mazkur ta’limot
temperamentning kelib
chiqishini tushuntirishga biryoqlama orttirma baho beradi. Shuni unutmaslik
kerakki, organizmning umumiy tuzilishi darhaqiqat asab tizimining tipiga va
temperamentga muayyan darajada ta’sir o‘tkazishi mumkin. Chunki asab
tizimining xususiyatlari modda almashish ichki sekretsiya bezlari faoliyatining
individual xususiyatlariga muvofiqdir. Demak, temperamentning vujudga kelishida
organizmning umumiy tuzilishi emas, balki asab tizimining genotipi yoki umumiy
tipi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga qaramay temperamentning fiziologik asosi asab tizimining umumiy
tipidan iborat bo‘lsa-da, lekin uning psixologik tavsifini
tahlil qilish uchun asab
tizimining xususiyatlarini bilish hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Misol
uchun, g‘ayratlilik, barqaror kayfiyat, yuqori faollik, harakat tezligi qo‘zg‘alish
kuchiga bog‘liqdir, lekin unga har xil psixik xususiyatlar ham taalluqlidir (sezgi
xususiyatlari, xayol obrazlari yorqinligi va hokazo).
Temperamentning muayyan xususiyati asab tizimi umumiy tipining birorta
xususiyatiga aloqador bo‘lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog‘liqdir.
Psixologiyada biror tobe o‘zgaruvchi bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarga
aloqador bo‘lsa yoki tanho (yolg‘iz) mustaqil o‘zgaruvchi bir turkum tobe
o‘zgaruvchiga bog‘liqligi o‘rnatilsa, bunday tobelik ko‘pyoqlama tobelik deyiladi.
Xuddi
shu bois, temperamentning psixologik xususiyatlari asab tizimi
umumiy tipining fiziologik xususiyatlariga ko‘pyoqlama tobedir. Nerv tizimi
umumiy tipi xususiyatlarining fiziologik tadqiqotlari temperament paydo bo‘lishi
qonuniyatlarini tushunishga kamlik qiladi, shuning uchun bu sohada fiziologik
izlanish o‘tkazish uning psixologik mohiyatini tekshirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: