367
18-MAVZU. TEMPERAMENT
Tayanch tishunchalar:
xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, shaxs
tiplari, shaxs yo’nalishi, senzitivlik,
individual xususiyatlar,
reaktivlik,
impulsivlik,
18.1.Temperament haqida tushuncha. Temperamentning rivojlanish
tarixi, temperament tipi
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri
ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda
hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi
taassurotlar, o‘tmish
xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar,
xohish istaklar,
maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin
almashtirib turishi
evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi,
uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi
alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga,
omillariga, ta’sir
kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik
ko‘rsatadilar.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita
bog‘liqdir.
Misol uchun, inson o‘zi temperamentning qaysi turiga taalluqli
bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat’iy,
qiziquvchan bo‘lsa, uni tashkillashtirishda va
nazardan qolishda uyushqoqlik,
harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni bildirsa, ish
sur’ati sekin va sust kechadi. Har qanday vaziyatga qaramasdan,
shaxsning
qarindosh urug‘lari to‘g‘risidagi, shuningdek, jahonda kechayotgan noxush
xabarlar uning a’zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo‘zaradi, atrof-
muhitga nisbatan mo‘ljalini yo‘qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli
individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar
va psixologik holatlar, hissiy
kechinmalarning dinamik xususiyatlari o‘rtasida muayyan darajada tafovut
368
mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish
maqsadida qo‘shimcha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi.
Ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
1. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv,
individual
xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizimi xususiyatlarining o‘zaro
qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: a)
kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli,
muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip.
Dostları ilə paylaş: