17.4. Maqsad, tilak-havaslar, harakat motivlari va motivlar kurashi,
qarorga kelish, qarorni ijro etish, irodaviy zo‘r berish
Insonning hayoti va faoliyatida uning borliqdagi narsalarga nisbatan o‘zini
tortadigan har xil xususiyatli maqsadlari vujudga kela boshlaydi. Lekin shuni
ta’kidlash joizki, shaxs oldida paydo bo‘lgan maqsadlarni u tanlashi, mohiyat
jihatidan ma’qulligi (noma’qulligi) yuzasidan qaror qabul qilishi, ularning hozirgi
davr uchun ahamiyat kasb etishini, istiqbol imkoniyatlari singari xususiyatlarini
hisobga olishi lozim. Shaxs faolligining mexanizmi sifatida unda aniq, yaqqol,
obyektga yo‘nalgan maqsadni amalga oshirish (qaror toptirish) ezgu niyati
ro‘yobga chiqadi. Masalan, kundalik moddiy ehtiyojini qondirish, sayohatga
chiqish, ish joyini almashtirish, til markaziga o‘qishga kirish, qarindoshlari holidan
349
xabar olish, televizor tomosha qilish istaklari tug‘ilishi mumkin. Bu asnoda iroda
aktining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, nafaqat xohish-istakdagi maqsadni
tanlay olish, balki uni amalga oshirish imkoniyati aniqroq ekanligini tushunish
hamda anglashdir. Xuddi shu tariqa irodaviy harakatning muhim tarkibi, binobarin,
ajratib olingan maqsadga erishishning yo‘l-yo‘riqlari shakli va mohiyati to‘g‘risida
mulohaza yuritish, uning ustida bosh qotirish davri boshlanadi. Mazkur jarayonda
fikr yuritilayotgan vositalarning maqsadga erishish yo‘liga muvofiqligi tahlil
qilinadi, aqlan chamalab ko‘riladi, uni ro‘yobga chiqarishga mutlaqo mos
yordamchi uslublar, harakatlar tanlanadi. Yuqorida mulohaza yuritilgan aqliy xatti-
harakatlarning barchasi o‘zining mohiyati bilan iroda aktining tarkibiga kiruvchi
aqliy jarayonlar, aqliy lahzalar, aqliy vaziyatlar sifatida mujassamlashadi.
Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqiqatan ham
aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to‘g‘risida oqilona qarorga kelishda o‘z
ifodasini topadi. Psixologik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, tanlangan harakatlar
oqilona, omilkor, odilona ekanligi to‘g‘risida qarorga kelinganida, maqsadga
muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon qiyinchiliklarsiz
sodir bo‘ladi. Biroq aksariyat hollarda qarorga kelish murakkab jarayonga
aylanadi, buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, binobarin, tanlash,
yakdillikka kelish muddati birmuncha cho‘ziladi. Masalan, shaxsda ish joyini
almashtirish xohish-istagi tug‘ildi deb aytaylik, biroq unda boshqa xususiyatga ega
bo‘lgan intilishlari hukm surishi mumkin, o‘z navbatida ular ishxonani
o‘zgartirishga to‘sqinlik ham qiladi. Jumladan, ish joyini o‘zgartirish maoshning
yangi ishxonada bir oz yuqoriligi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, lekin yangi muhitga va
jamoaga, notanish shart-sharoitga, boshqacha talabga moslashish (ko‘nikish)
zarurligini taqozo etadi. Ana shu tarzdagi munosabatlar bilan motivlar kurashi
yuzaga keladi, uning negizida: a) yangi ish joyidan, b) ichki qanoatlanish
tuyg‘usidan voz kechish kerakmi; yoki v) qimmatli imkoniyat tug‘ilishi, g) uning
istiqboli evaziga o‘zining boshqa ehtiyojlaridan yuz o‘girishi lozimmi, degan
motivlar kurashi boradi.
350
Motivlar kurashida u yoki bu tarzda qarorga kelishni ma’qullash (e’tirof
qilish) yoki ma’qullamaslik (e’tirof etmaslik) to‘g‘risidagi mulohazalarni tahlil
qilish (ularni chamalash) bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘zaro ziddiyatli, bir-
birini inkor etuvchi harakatlarni tatbiq etishga undovchi qabilidagi motivlar kurashi
ham tug‘ilishi mumkin. O‘zaro qarama-qarshi motivlarning salmog‘i qamrovli
bo‘lsa, shaxsni faoliyatga undovchi ehtiyojlarning obyekti o‘zining qiymati
(ahamiyatliligi) bilan o‘zaro baravarlashsa, u holda bunday motivlar kurashi ularga
hamohang tarzda kuchli kechadi. Mabodo shaxsda televideniyada kino ko‘rish
xohishi bilan do‘stining tavallud topganligini tabriklash uchun borish istagi
o‘rtasida ruhiy kurash yuzaga kelsa, motivlar kurashi sodir bo‘lmaydi, chunki
bunday mahalda shaxsda kinoni tomosha qilish tilagi (intilish) o‘zidan o‘zi
yo‘qoladi. Lekin motivlar kurashi hamisha ham shunday yengil kechadi, deb
xulosa chiqarmaslik kerak, bunda munosabat, xohish shaxs uchun qanchalik
muhim ahamiyat kasb etishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jumladan, shaxsni (safarga
otlanish (tayyorgarligi) hamda qarindoshdagi to‘yga tabriklash uchun borish
istaklari (zarurati) o‘rtasidagi motivlar kurashi o‘zaro bir-biriga zid ekanligi tufayli
faqat ulardan bittasini tanlash taqozo etilganligi sababli murosasiz kurash
tariqasida keskin tus olishi mumkin. Shunga o‘xshash motivlar kurashi natijasida
muayyan qarorga kelishi yoki qaror qabul qilish vujudga keladi, bunda
shubhalanish, sustlik, loqaydlik, ikkilanish singari sifatlar (goho illatlar) faoliyat
doirasidan siqib chiqarilib, butun diqqat-e’tibor qarorni amalga oshirishga
yo‘naltiriladi. Mabodo qarorga kelinganidan keyin ham jur’atsizlik shaxsni
ikkilanish sari yetaklashda davom etaversa, u holda irodaviy harakat tub ma’nodagi
g‘ayratdan, shijoatdan, sobitqadamlikdan, belgilangan maqsad sari intilishdan
mahrum ekanligini aks ettiradi. Maqsadga erishish uchun shaxs o‘zini tayyorlaydi,
psixologik va statistik kutilmalar o‘zaro tafovutlanishi yuzasidan ma’lumotlarni
umumlashtiradi.
Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda
qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo‘r berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksariyat psixologik holatlarda inson tomonidan qarorga o‘z ehtiyojlarining
351
ustuvorligi darajasi ta’sirini zaruriy chora tariqasida yengish bilan uyg‘unlashgan,
jiddiylik, zo‘riqish xususiyatli ichki zo‘r berish jarayoni bilan uzviy bog‘liqlikka
ega. Shaxs o‘zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat
(zaruriyat) birinchidan, subyektning ayrim istaklari, mustahkamlangan salbiy
odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko‘nikish hissi; uchinchidan,
ma’qullanilmagan axloq-odob printsiplari, an’analar bilan kurashining kechishi
irodaviy aktning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan xislati (sifati) irodaviy zo‘r
berish tomonidan idora qilinadi.
Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni yo‘qolishiga harakat
qilinadi Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning axloq-odob
prinsiplariga javob bera olishini (mutanosibligini), ijtimoiy ahamiyat kasb etish
imkoniyatini anglashning o‘zi shaxs uchun murakkab ishni «o‘lik» nuqtasidan
siljitishga, qo‘zg‘atishga yetarli darajadagi omil bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Mazkur holatni shaxs tomonidan tushunish (anglash) burch, mas’uliyat,
javobgarlik, qat’iyatlilik tuyg‘ulari bilan qat’iy ishonch, zaruriyat, barqaror ichki
kechinmalar (regulyator hislar) mustahkamlansa, bunday davrda ushbu narsa
ko‘pgina intilishlarni yo‘qotishga imkon beradigan haqiqiy irodaviy zo‘r berishni
vujudga keltiradi. Yuksak hislar (burch, mas’uliyat, javobgarlik, vatanparvarlik,
fidoiylik kabilar) axloqiy talablar interiorizatsiyaga aylanganligini, ya’ni shaxsning
ma’naviy mulkiga o‘tayotganligini, egoistik (xudbinlarcha) intilishlar bilan
altruistik (ijtimoiy fidoiylik) istaklari (xohishlari) o‘rtasida qarama-qarshilik
yuzaga keladigan favquloddagi vaziyatda amalga oshiriladigan xulq-atvorning
ichki mexanizmlarga aylanganini aks ettiradi. Yuksak hislar motivlar kurashida
intilish o‘ng yoki so‘l tomonga og‘ishini aniqlaydi, maqsadni amalga oshishini
ta’minlashda regulyator funksiyasini bajaradi.
Psixologiyada irodaviy akt to‘g‘risida mulohaza yuritilganda shu narsa
ta’kidlanadiki, irodaviy zo‘r berishning ichki kechishi faqat qarorga kelishda paydo
bo‘lmaydi, balki uni ijro etish jarayonida jadal sur’atga erishishda ham amalga
oshadi. Buning psixologik ma’nosi shuki, qabul qilingan qarorni ijro etish
(bajarish) aksariyat hollarda subyektiv va obyektiv xususiyatli bir talay qarama-
352
qarshiliklarga duch keladi, ularni yengib o‘tish esa irodaviy zo‘r berishni,
zo‘riqishni talab qiladi. Chunonchi, bozor iqtisodiyotiga maqsad va vazifasiz,
tasodifiy yondashuv sifatida moslayotgan shaxs o‘z turmush tarzini o‘zgartirmasa,
uzoqni ko‘zlab ish yuritmasa (bugungi kuni o‘tganiga shukur qilib yashasa), faollik
ko‘rsatmasa, imkoniyatidan foydalanmasa bir qator qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Insonning o‘zligi bilan ichki kurashi, xarakter xislatlarini o‘zgartirishga
intilishi irodaviy zo‘r berishi tufayli amalga oshadi, xolos. Shuningdek, inson
sanitariyaga, gigiyenaga rioya qilib yashashi (sayr qilish, xona havosini
almashtirish, ovqat hazm bo‘lishini kutish, ozodalikka e’tibor qilishi yangi
ko‘nikmalarni egallash kabi) irodaviy zo‘r berishni taqozo etadi. Bu psixologik
voqelikning negizida insonni oldin hayajonga solmagan, tashvishlantirmagan
narsalarga e’tibor qilish mexanizmi yotganligi tufayli favquloddagi qarshilik salbiy
his-tuyg‘ularni (stress, affekt, frustratsiya kabilarni) vujudga keltiradi. Holbuki
shunday ekan, shaxsning o‘zini - o‘zi bilan ichki ruhiy kurashi natijasida
muvaffaqiyatga erishilsa, u holda ijobiy xususiyatli hissiy kechinmalar yuzaga
keladi, o‘zining ustidan o‘zi hukmronlik tuyg’ulari, o‘z kuch va qudratiga ishonch,
uni anglab yetish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini oldiga
qo‘ygan eng muhim maqsadlarga erishish imkoniyatini tushunish ro‘yobga
chiqadi.
Ushbu ruhiy jarayonlar muammo yechimida ishtirok etishidan qat’iy nazar,
irodaviy zo‘r berish va uning ichki kechishi kuchli zo‘riqishlar tufayli amalga
oshadi. Bu o‘rinda shaxsning xarakteri, individual xususiyatlari, ijtimoiy
shartlangan xislatlari, har bir narsaga jiddiy munosabati yetakchi va ustuvor
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘zini o‘zi boshqarish, gumanistik psixologiya
tarkibidagi kategoriyalar hamda ularning hayot va faoliyatda namoyon bo‘lishi
muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, shaxsiy mayllar, ustanovkalardan tashqari, unga
ijtimoiy ustanovkalarning ta’siri, o‘z roli, statusi yuzasidan baholash tizimining
to‘g‘ri shakllanganligi bunda alohida ahamiyatga ega.
Shaxs ma’lum bir faoliyatni amalga oshirgunga qadar o‘z ruhiy olamida
yuzaga kelgan ayrim subyektiv («Men» bilan «Men» emas qabildagi) qarshiliklarni
353
yengishdan tashqari, unga muayyan tashqi, (obyektiv tarzdagi) ziddiyatlarni ham
barham toptirishga to‘gri keladi. Aytaylik, inson uchun ro‘yobga chiqarish zarur
hisoblangan maqsad aniq (yaqqol), uni amalga oshirish yuzasidan hech qanday
shak-shubha bo‘lmasa-da, shuningdek, qarorga kelishda kuchsiz motivlar kurashi
davom etsa-da, lekin qarorni ijro qilishda ba’zi bir qiyinchiliklar tug‘ilishi
mumkin. Mazkur jarayonda vujudga kelgan qarshilik va qiyinchiliklarni yengish
insondan chidam, qat’iylik, favquloddagi, sira kutilmagan holatni inobatga olishni
taqozo etadi. Ba’zida esa uzluksiz ravishda ular bilan kurashish, irodaviy zo‘r
berish, ularni yengish uchun esa ruhan tayyorgarlik mayli bilan qurollantirishni
talab etadi. Bunday vaziyatlar zo‘riqish, tanglik, zo‘r berish, jiddiylik ma’lum davr
davomida shaxsda saqlanib turish majburiyatini yuklaydi.
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, irodaviy sa’y-harakat uchun o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lgan irodaviy zo‘r berish aksariyat hollarda motivlar
kurashidagi qarama-qarshilik yuzaga kelganligi bilan emas, balki shaxs tomonidan
qabul qilingan qarorni ijro etish (bajarish, ado etish) jarayonida obyektiv
xususiyatga molik qiyinchiliklarni yengish tufayligina namoyon bo‘ladi. Xuddi shu
bois iroda akti tuzilishi tahlilining ko‘rsatishicha, ushbu holat iroda faoliyatining
bir talay xususiyatlarini xaspo‘shlashga imkon yaratadi. Shuning bilan birga,
irodaviy faoliyatning shaxs xatti-harakatlarida muayyan ustuvor vazifalar
(funksiyalar) ijro etishini (bajarishini) ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur funksiyalar: birinchidan, shaxsning xatti-harakatlarini amaliyotga
tatbiq qilishning sifat darajasini yuksaltiradi. Ikkinchidan, inson hayoti va faoliyati
uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi muammolar yechimini topishga sharoit
yaratadi. Uchinchidan, inson shaxsiga muammo mohiyatiga kirishini ta’minlaydi,
shuningdek, harakatni maqsadga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Irodaviy faoliyat insonning xatti-harakatlarini uning borliqqa (atrof-muhitga)
nisbatan ongli shaxs sifatida o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor maqsadlari mohiyatidan
kelib chiqqan holda boshqaradi. Shaxs, bu asnoda, o‘zining tanlagan ideallariga,
uni yo‘naltiruvchi g‘oyalariga, ishonch-e’tiqodlariga, qarashlariga, o‘zga kishilar
beradigan baholariga, o‘ziga o‘zi baho berish mezonlariga nomutanosib istaklar,
354
xohishlar, tilaklar vujudga keltirmaslikka, ularni to‘xtatishga yoki batamom
bartaraf etishga intiladi. Bu holat tahlili shundan dalolat beradiki, iroda bu o‘rinda
shaxsning xatti-harakatlarini jilovlash (to‘xtatish), nazorat qilish, boshqarish,
chetga og‘ishdan saqlash (cheklash) funksiyalarini aks ettiradi. Irodaning xatti-
harakatlarini boshqarish funksiyasi shaxs uchun noxush, noqulay, yoqimsiz
xohish-istak, harakat va intilishni cheklash, to‘xtatish, tiyish kabilardan iborat
bo‘libgina qolmay, balki inson shaxsiy faolligini muayyan jabhaga, sohaga
yo‘naltirish, o‘z harakatlari quvvatini oshirish, barcha narsalarni umumiy
maqsadga muvofiqlashtirishdan iboratdir. Irodaviy jarayon hamisha shaxsni
faollikka chorlaydi, uni qat’iy yo‘l belgilash sari yetaklaydi, barqaror harakat
qilishga yo‘naltiriladi, ikkilanish, shubhalanishning oldini oladi.
Shuning uchun ham maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar, amalga oshirilgan
intilish, ro‘yobga chiqarilgan ezgu niyat shaxsda o‘ziga ishonch tuyg‘usini
uyg‘otadi, dadil amallar qilishga yo‘naltiriladi, orzularni ushatishga nisbatan faol
maylni shakllantiradi. Insonning erishgan yutug‘i, muvaffaqiyati har bir irodaviy
harakat barqarorligini ta’minlaydi, amallar tanlash, qaror qabul qilish, shaxsiy
uslubni tarkib toptirishni jadallashtiradi, yangi irodaviy harakatlarni amalga
oshirishni yengillashtiradi, o‘zidagi irodaviy sifatlarning takomillashuviga puxta
negiz hozirlaydi, irodaviy zo‘r berishni taqozo etuvchi harakatlarni tatbiq qilish
ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Mazkur jarayon ham anglanilgan, ham anglanilmagan tarzda, motivlar kurashi
orqali (kuchsiz), irodaviy zo‘r berish, qiyinchiliklarni yengish tufayli namoyon
bo‘ladi.
Iroda uchun irodaviy xatti-harakat motivatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shu bois irodaning negizini shaxsning xatti-harakatlari va ishlarining keng
ko‘lamli, rang-barang xususiyatli motivlashtirilishiga omil (turtki) tariqasidagi
ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Psixologiyada motivlashtirishning uch turi
mavjudligi ta’kidlanadi (psixologik hodisalarning bir-biri bilan jips bog‘langan,
lekin o‘zaro to‘la mutanosib bo‘lmagan, nisbiy mustaqil ko‘rinishlari
motivlashtirish deyiladi).
355
Shaxsning ehtiyojlarini qondirish bilan shartlangan, uni faoliyatga undovchi
(turtki) tarzda vujudga keluvchi motiv sifatidagi motivlashtirishdir. Mazkur holatda
motivlashtirish faollik nima sababdan vujudga kelishini, shaxsni faoliyatni amalga
oshirishga undovchi ehtiyojlar mohiyatini tahlillashga xizmat qiladi.
Motivlashtirish faollik nimalarga yo‘naltirilganligini, nega aynan shunday
xulq-atvor tanlanganligini, nima uchun boshqasiga e’tibor berilmaganligini
asoslashga qaratiladi. Bu o‘rinda motivlar shaxsning xulq-atvor yo‘nalishini
tanlashni aks ettiruvchi sabablar funksiyasini bajaradi. Bularning barchasi yaxlit
holda keltirganida inson shaxsining yo‘nalishini vujudga keltiradi.
Motivlashtirish - bu inson axloqi va faoliyatini o‘zi boshqaruvchi vosita
tariqasida namoyon bo‘lishidir. Ushbu vositalar tarkibiga emotsiyalar, xohishlar,
tilaklar, qiziqishlar, mayllar va boshqalar kiradi. Masalan, emotsiyada insoniy fe’l-
atvorning shaxsiy aks ettirish mohiyati baholanadi, binobarin, uning tub maqsadi
faoliyat tuzilishiga mos tushmay qolsa, u taqdirda his-tuyg‘ular uning yo‘nalishini
o‘zgartiradi. Buning natijasida fe’l-atvor qayta quriladi, oldingi harakatlarni
jadallashtiruvchi yordamchi kechinmalar va boshqalar.
Shunday qilib, irodaviy harakatda uni motivlashtirishning uchta jabhasi
(sohasi), ya’ni faollik manbai ekanligi, inson shaxsining yo‘nalganligi, o‘zini o‘zi
boshqarish vositasiligi aks etadi.
Yuqoridagi
mulohazalardan
ko‘rinib
turibdiki,
irodaning
asosi
motivlashtirishga sabab bo‘luvchi ehtiyojlardan iborat ekanligi dalillab o‘tiladi.
Ehtiyojlar esa irodaviy harakatlar bajarilishini ta’minlaydigan yoki ularga
to‘sqinlik qiladigan motivlarga aylana boradi. Irodaviy harakatlarning motivlari
(sabablari) muayyan darajada anglanilgan xususiyat kasb etadi va shaxsni ularni
amalga oshirishga yo‘naltirib turadi.
Psixologiyada ehtiyojning anglanilganligi darajasiga asoslangan holda
intilish, istak kabilarni psixologik jihatdan tafovut qilish mumkin. Agarda ularning
mohiyatini ta’rif orqali yoritishga harakat qilsak, u holda o‘zaro farqini tezda
aniqlab olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Intilish - yetarli darajada anglanilmagan,
farqlanish, tabaqalashish imkoniyati sust ehtiyojdan tashkil topgan faoliyat
356
motividan iboratdir. Masalan, shaxs yozgan maqolasini bosib chiqarishga intilishni
xayoldan o‘tkazish chog‘ida nashriyotni ko‘z o‘ngiga keltiradi, muharrir bilan
uchrashganda, suhbatlashganda mamnuniyat tuyg‘usini his etadi. Xuddi shu bois
intilish obyekti bilan takror-takror uchrashuvga rozi bo‘ladi va o‘z intilishini
davom ettirishga qaror qiladi. Biroq inson ba’zi hollarda unga huzur-halovat baxsh
etayotgan motiv (sabab) mohiyatini anglamaydi ham, chunki u qanday natijaga
erishish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega emas. Bundan ko‘rinib turibdiki,
intilish psixologik jihatdan yetarli darajada aniqlikni o‘zida mujassamlashtirmaydi,
ayrim shubhalar hukm surish ehtimoli mavjud, harakat unsurlari yuzasidan taxmin
yetishmaydi.
Istak-shaxs tomonidan ehtiyojning yetarli darajada anglanilganligi bilan
tavsiflanuvchi faoliyat motividir. Intilishdan farqli o‘laroq istaqda nafaqat ehtiyoj
obyekti, balki uni qondirishning yo‘l-yo‘riqlari, vositalari ham inson tomonidan
tushuniladi. Masalan, oliy maktab o‘qituvchisi o‘qitish samaradorligini oshirish
istagini bildirib, bu holatni ijtimoiy ehtiyoj sifatida tasavvur etib, ta’limning faol
metodlarini qo‘llash haqida o‘ylaydi, o‘z faoliyatini yangicha tashkil qiladi,
iqtidorli, bo‘sh o‘zlashtiruvchi talabalar bilan individual ishlash grafigini ishlab
chiqadi, qo‘llanmalar yaratish rejasini tuzadi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |