16.6.Shaxs fidoyilik tuyg‘usini psixologik baholash. Vatanparvarlik
his-tuyg‘usini baholash mezonlari
Psixologiya fanida asosiy hissiyotlar atamasi ko‘chma ma’noda qo‘llanilib
kelmoqda. Tadqiqotlar ichida K.Izartning tasnifi muayyan qiziqish uyg‘otadi, lekin
his-tuyg‘ularning barchasini o‘zida qamrab olmaydi. K.Izartning talqinicha: 1)
qiziqish - malaka va ko‘nikmalar shakllanishiga, o‘qishga moyillik uyg‘otadigan
bilimlarni egallashga yordam beruvchi ijobiy hissiy holatdir; 2) quvonch
qondirilishi dargumon bo‘lgan yetakchi (hukmron) ehtiyojning qondirilishi
332
mumkinligi bilan bog‘liq ijobiy hissiy holatdir; 3) hayratlanish - favqulodda ro‘y
bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan ifoda
etilmagan belgisidir; 4) iztirob chekish - hozirgacha qondirilish ehtimoli ozmi yoki
ko‘pmi mavjud tasavvur qilingan, muhim hayotiy ehtiyojlarning qondirilishi
mumkin emasligi to‘g‘risida ma’lumot olinishiga bog‘liq salbiy hissiy holatdir; 5)
g‘azablanish - obyektiv tarzida kechadigan, shaxs uchun g‘oyat muhim ehtiyojni
qondirish yo‘lida to‘siqlarni yengib chiqadigan salbiy hissiy holatdir; 6)
nafratlanish -obyektlarga yaqinlashuv subyektning ma’naviy yoki estetik ideallarga
zid kelib qolishi oqibatida ro‘y beradigan salbiy hissiy holatdir; 7) jirkanish -
shaxslararo munosabatlarda ro‘y beradigan va shaxsning hayotiy nuqtai nazarlari,
qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo‘ladigan salbiy
hissiy holatdir; 8) qo‘rquv - shaxs o‘zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon
yetishi mumkinligi unga real tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mavjud xavf-
xatar to‘g‘risidagi xabarni olish bilan paydo bo‘ladigan salbiy hissiy holatdir; 9)
uyalish - o‘zining ezgu maqsadlari, xatti-harakatlari va tashqi qiyofasi, nafrati katta
muhit kutilmasiga mos kelmaganligi bilan emas, balki o‘ziga loyiq xulq-atvor
hamda tashqi siymosi shaxsiy tasavvurlarga ham mos emasligini anglashda
ifodalanadigan salbiy hissiy holatdir.
Yuksak hislar. Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o‘rtasida psixologik
tafovutlar yuksak hislarda o‘z ifodasini topadi. Yuksak hislar ongli harakatlarni
bajarishning obyektiv sharoitlari, yo‘nalishlari, mazmuni bilan uyg‘unlashgan
shaxs emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo‘ladi va
kechadi. Ko‘plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda
yaqqollashgan umumlashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o‘z tarkibiga
sodda tuzilgan hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig‘indisidan iborat emas,
chunki yuksak hislar mazmuni, sifati, shakli bilan alohidalikka ega.
Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog‘liq javobgarlik hissi har xil ma’noda
kechiriladi: 1) tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan, xursandlik, ikkinchi
tomondan esa qo‘rqish hissi) sifatida; 2) o‘z kuchiga, g‘ayratiga, iftixoriga ishonch
emotsiyasi tariqasida; 3) vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g‘azablanish
333
emotsiyasi sifatida; 4) shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubhalanish
sifatida va hokazo. Tahlildan ko‘rinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati
ularning oddiy yig‘indisidan iborat emas, balki jamoa a’zolarining ehtiyojiga
aylangan voqelikni anglashdir. Masalan, kitob o‘qib lazzatlanish bilan kitobni
o‘qib tugatish shodlik hissini farqlamoq lozim.
Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mehnat
faoliyatini davomida kechiriladigan hislar - praksik hislar (yunoncha so‘zidan
olingan bo‘lib, ish, faoliyat, yumush degan ma’noni anglatadi); 2) intellektual
hislar (lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, tushunish, aql degan ma’noni bildiradi); 3)
axloqiy hislar (lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, axloqiylik degan ma’noni
anglatadi); 4) estetik hislar (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, hissiy idrok, hissiy
degan ma’noni aks ettiradi).
Praksik hislar. Shaxsning amaliy hayotining istalgan tarmog’i, maqsadga
muvofiq ongli faoliyati shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda
bo‘lishning muhim sohasiga aylanib qoladi.
Umumiy psixologiya asoslarini puxta egallash orqaligina har bir shaxsda
yuksak his-tuyg‘ular, mehnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, komfort
hislarini shakllantirish mumkin. O‘zini o‘zi anglash va milliy ongni qaror toptirish
orqali mehnatsevar, vatanparvar, fidoiy insonlarni tarkib toptirish lozim. Bozor
iqtisodiyotining birmuncha murakkab mexanizmlari qay yo‘sinda ishlashini
tushunib yetish, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olish uchun nimalar qilish
zaruratini anglash, unga to‘g‘ri yo‘l topa bilish shaxsdan muayyan yuksak tuyg‘u
hamda xislatni taqozo etadi.
Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida «birdamlik
ruhi» va «mushtaraklik tuyg‘usi» singari hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning
samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilishiga qaramay,
bugungi kun talabiga javob beradiganlari yetarli emas.
Umumiy psixologiya fanida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni
boshqarish jarayonida «inson-texnika» tizimdan tashqari («inson-tabiat», «inson-
obraz» singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb
334
etish, ularning tahlili ko‘p jihatdan empirik, amaliy, miqdoriy, tadbiqiy
ma’lumotlarga asoslanishi muayyan darajada yoritilganligiga qaramay, hozirgi
davrda
«inson-inson»,
«inson-jamoa»,
«jamoa-inson»,
«jamoa-jamoa»
munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirish talab qilinadi.
Xo‘jalikni boshqarishning yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari,
ijtimoiy
manbalari,
shaxslararo
munosabat
usullari,
yakka
shaxsning
ijtimoiylashuvi xossalari, rahbar va tobe kishilar o‘zaro muomalasining maromi
nizoli vaziyatlarning oldini olish, mazkur jarayonda iliq psixologik muhitning roli,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va
metodologik materiallar to‘plashning qulay shart-sharoitini yuzaga keltiradi.
Mehnat va ta’lim jarayonlari boshqaruv predmeti hamkorlik faoliyatida
shaxsning xulqiga va ongiga guruhiy ta’sir o‘tkazishning xususiyatlarini, rahbar
bilan ijrochi o‘rtasidagi muomala maromini tekshirish, shaxslararo munosabatlar
bosqichlari, shakllari va ruhiy muhitni ta’minlash mexanizmlarini tadqiq etishdir.
Xuddi shu sababdan shaxs xislatlarini o‘lchash tizimini yaratish dolzarb
muammolardan biri hisoblanib, ularning ayrim ko‘rinishlarini amaliyotga tavsiya
qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaxsning fidoiyligi jamiyat taraqqiyoti, vatan gullab yashnashi uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, altruizm tushunchasiga juda yaqin turadi.
His-tuyg’u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs
sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga
mosligi bilan farq qiladigan yuksak o’zaro madaniy bog’langan hissiyotlaridir.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari
bo’lmish hissiyot, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi
nazariya psixodinamika deyiladi. Hissiyotning klassifikatsiyasi. Hissiy holatlarning
xilma-xilligi. Hissiyotni klassifikatsiyalashning asosiy shartlari. Sezgining
emotsional toni. Affekt va uning biologik o’rni. Situativ hissiyot. Muvaffaqqiyat
va muvaffaqqiyatsizlik hissiyoti. Hissiyotning namoyon bo’lishi. Hissiyotning
obyektiv ko’rsatkichlari, ularning ishonchliligi.
335
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida faqat voqelikni
bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda
ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg’u uyg’onadi. Mamnun bo’lish,
suyunish, g’azablanish kabilar his-tuyg’ularning ko’rinishlaridir. His-tuyg’ular
kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga
yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda
bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ular o’zining kechishiga ko’ra o’zgarib
turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg’ularni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt,
kayfiyat, kuchli hayajonlanish stress, ehtiros ko’rinishlariga ega bo’ladi. His-
tuyg’ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadi.
Kishida his-tuyg’ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday
kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emotsional holatlar, his-tuyg’ularning kechishi
ham miya faoliyatining natijasi bo’lib hisoblanadi. Emotsiyaning paydo bo’lishi
tashqi olamda ro’y beradigan o’zgarishlardan boshlanadi. Bu o’zgarishlar kishi
hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo
bo’lishiga yoki yo’qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi
o’zgarishlarga olib boradi. His-tuyg’ular kechishiga oid fiziologik jarayonlar ham
murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog’liqdir. «Hissiyot», «emotsiya» va
«his-tuyg’u» degan so’zlar ko’pincha sinonimlar sifatida qo’llaniladi. Torroq
ma’noda olganda, bu qandaydir biroz doimiyroq his-tuyg’ularning bevosita va
vaqtincha boshdan kechirilishdan iboratdir. «Emotsiya» so’zi ruhiy hayajonlanish,
ruhiy xarakterlanish degan ma’noni beradi. Emotsiyalar stenik va astenik turlarga
bo’linadi. Stenik hislar kishining g’ayratlantirsa, astenik hislar esa uning faoliyatini
susaytirib yuboradi.Kishini tez chulg’ab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan
his-tuyg’u affekt hissiy portlash deb aytiladi. Bu paytda kishi ong bilan ishlay
olmaydi, o’zini qara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda o’ziga
bo’ysunmaydi.
336
Kayfiyatlar uncha kuchli bo’lmagan, lekin uzoq vaqt davom etadigan
barqaror hisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayg’uli, tetiklik yoki lanjlik,
hayajonli yoki ma’yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik
kabilar tarzida kechadi.
Ehtiroslar deb kishi xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan, barqaror,
chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros, bedana
urishtirish kabilarga ehtiros. His-tuyg’ular hayvonlarga ham xos. Lekin insonning
his-tuyg’ulari o’z mazmuni va kechishiga ko’ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi.
Masalan, jirkanish, faxrlanish, hasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, hurmat
qilish, burchni his etish kabilar faqat insonga xos bo’ladi.
Intellektual aqliy his-tuyg’ularga bilishga qiziqish, ajablanish, shubhalanish,
taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bularning barchasi ijobiy xarakterga ega
bo’lib kishini bilishga, o’rganishga, ishtiyoq bilan ishlashga undaydi.
Ma’naviy
his-tuyg’ularga
do’stlik-o’rtoqlik,
Vatanga
muhabbat,
insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, uyalish, mehnatni sevish kabi his-tuyg’ular
kiradi. Bizning axloqiy yetukligimiz, tarbiyalanganligimiz ana shu hislar orqali
belgilanadi.
Estetik his-tuyg’ularga bizning go’zal, chiroyli, yoqimli narsalardan
zavqlanishimiz, shodlanishimiz, huzur qilishimiz, rohatlanishimiz kabilar kiradi.
Bu hislarning manbai go’zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush kabilar
bo’lishi mumkin. Intellektual, ma’naviy, estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala
jarayonida boshdan kechiramiz. Sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy
munosabatlar boyligini ifodalagani uchun ularni yuksak his-tuyg’ular deb ham
aytamiz.
Dostları ilə paylaş: |