O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Irodaning nerv-fiziologik asoslari. Irodaviy faoliyatning umumiy



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

17.2. Irodaning nerv-fiziologik asoslari. Irodaviy faoliyatning umumiy 
xususiyatlari 
Odatda irodaviy harakatlar 2 xil: jismoniy va aqliy bo’ladi. Jismoniy 
harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o’yin va sport mashg’ulotlari va 
boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars 
tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kabilar kiradi. Ko’p vaqt takrorlanib 
o’zlashib ketgan, ko’nikma va malakalarga aylangan harakatlar ham murakkab 
irodaviy harakatlardandir. 
Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt, muddat bilan bog’liq bo’ladi. Qaror 
kechikmasdan, belgilangan muddatda ijro etilsa, bu irodaning ijobiy sifatidan 
dalolat beradi.
Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi, ayrim hollarda esa o’z
vaqtida bajarilmay qoladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro 
etilmaydigan qarorlar niyatlar deb aytiladi. Bir qator hollarda qarorga kelish 
boshqa kuchli ehtiyojlarning ta’sirini zaruriy tarzda yengish bilan bog’liq bo’lgan 
jiddiy xarakterdagi ichki zo’r berish bilan bog’liq bo’ladi. O’zidagi qarshiliklarni 
yengish bilan bog’liq bo’lgan bunday jarayon irodaviy zo’r berish deyiladi. 
Irodaviy zo’r berish ongning, avvalo nerv-muskul apparatining maxsus 
zo’riqishida ifodalanadi va organizmning tashqi o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. 
Bundan tashqari, zo’r berish uchun yana kuch sarflashga ham to’g’ri keladi.
Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo’lida 
uchraydigan to’siqlarni yengishda namoyon bo’ladi. To’siqlar esa ikki xil: ichki va 
tashqi to’siqlar bo’lishi mumkin. Irodaning navbatdagi bosqichi ijroga baho berish 
bo’lib hisoblanadi. Baho berish qilingan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan 
iborat bo’ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun 


342 
bo’lish yoki mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy 
kechinmalarda ifodalanadi.
Demak, iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir. U insonning ongli 
harakatlarida namoyon bo’ladi. Iroda tufayligina turli qarshiliklarni yengib o’z 
maqsadimizga erishamiz. Iroda juda murakkab tuzilishga egadir. U ko’plab harakat 
bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, 
muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga 
oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro‘yobga 
chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) 
tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan 
shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan harakatlar, xatti-
harakatlar va sa’y-harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga 
muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat 
qildirishga bo‘ysundiriladi. Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan 
mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining 
yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda, 
psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada anglanmagan 
istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo 
bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari 
impulsiv (lotincha, ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega 
bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum obyektga qaratish 
yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning 
favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, 
hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har 
xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi 
atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan. 
Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, 
ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi 


343 
operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishini, 
samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan 
tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar 
deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda 
ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan 
qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, 
muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi». 
Shaxsning irodaviy faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan anglangan maqsadlarni 
bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning 
majmuasidan iborat emas. Zo‘r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, 
shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy 
faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga 
qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq 
qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi. Ustuvor (yetakchi) 
motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga safarbar qilib, 
umumiy maqsadga xizmat qildiradi. 
Shaxs faolligining har xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular funksional 
tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga xos 
shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o‘z xatti-harakatlarini (xulq-
atvorini) o‘zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini 
tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi 
mujassam bo‘lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko‘zga 
tashlanadiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zining 
xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug‘ilsa, u holda 
ularni tamoman yo‘qotadi ham. Iroda paydo bo‘lishining bosh omili inson 
tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarni tizimli tarzda 
tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning 
faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng ko‘lamda anglanilgan va ruhiy 
jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo‘yicha irodaviy zo‘r berishni talab 


344 
qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi 
vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar uchun 
vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning usullarini 
saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo‘lib 
hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni 
deb baholanadi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ba’zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda 
irodaviy faoliyat insonning butun hayot yo‘lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy-
psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma’naviy-axloqiy 
qadriyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan 
uyg‘unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish 
jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi subyekt tariqasida ham ularning 
kashfiyotchisi, ham bir davrning o‘zida ijrochisi (bajaruvchi) bo‘lib ishtirok etadi. 
Mazkur holatda shaxs o‘zida to‘kis mujassamlangan qarashlari tizimiga 
(dinamik stereotipiga), iymon-e’tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, 
hayotiy munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma’naviyatiga asoslangan 
holda ongli yo‘l tutadi. Shaxsning umr (hayot) yo‘lida qadriy xususiyat kasb 
etuvchi javobgarlik hissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga 
mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar 
(qarash, e’tiqod, qadriyat, ma’naviyat va hokazolar) sog‘lom fikr, ustuvor (yuksak 
tuyg‘u) hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga 
kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta’sir qilib, umumiy hamkorlik 
tizimida o‘z izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs ma’naviyati, ruhiyati, qadriyati 
namoyon bo‘lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli 
turtkisi, sifatining ko‘taruvchisi funksiyasini bajaradi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin