16.5.Yuksak hislar. Praksik hislar, ahloqiy hislar, estetik hislar,
intellektual hissiyotlar
Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma’noda emotsiyalar hissiy
kechinmalarining o‘ziga xos xususiyatli shakllaridan bittasidir. Emotsiya - u yoki
bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan
iboratdir. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga
keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno
bildirish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa g‘azabli hissiy kechinma
hosil bo‘lishi ijobiy, bu salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch, dahshat hissiy
kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda
namoyon bo‘lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi,
o‘zini idora qila olmaydi har tomonga uradi, hatto xavf-xatarga o‘zini tashlashi
ham mumkin.
Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib
turishiga qaramay, bunday sifatli hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zidan olingan
bo‘lib, kuch degan ma’no anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunday emotsiyalar dadil
xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, ijobiy izlanishlarga kuch-quvvat, qanot
bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yulduzni
narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi, faollik, tinib
tinchmaslik uning sifatiga aylanadi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat
shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ba’zi hollarda
emotsiyalar o‘zining sustligi, zaifligi, nursizligi bilan tavsiflanadi, bunday hissiy
holat astenik (yunoncha so‘zidan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini
bildiradi) deb ataladi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga
cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi, shu sababdan favqulodda shaxsdagi
rahmdillik befoyda emotsional kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa
qo‘rqoqlikka aylanib qolish xavfi kuchli.
327
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat motivlari
bo‘lishidan tashqari, ular ba’zida faoliyatni tashkillashtiruvchi, goho uni izdan
chiqaruvchi omilga ham aylanishi mumkin. Emotsional holatlar yo haddan tashqari
kuchaysa yoki susaysa, xullas me’yori, maromi izdan chiqsa, u holda shaxs
faoliyati maqsadga yo‘nalishini yo‘qotadi, buning natijasida obyektlar noto‘g‘ri
aks ettiriladi, ular xolisona talqin qilinmaydi, baholashda mantiqiy nuqsonlarga
yo‘l qo‘yiladi.
Affektlar. Haddan ziyod tez kechirishi bilan miyada paydo bo‘luvchi, shaxsni
tez qamrab oluvchi, jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi, jarayonlar ustidan
irodaviy nazoratlarning buzilishiga yetaklovchi (o‘zini o‘zi boshqarishni
zaiflashtiruvchi), organizm a’zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional
jarayonlarga affektlar deb ataladi. Affektlar qisqa muddatli bo‘lib, ular
favquloddagi yong‘inga, yarqiragan portlashga, to‘satdan kelgan do‘lga, to‘fonga,
kutilmagan silkinishga o‘xshab ketadi. Mabodo emotsiya ruhiy to‘lqinlanish
deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro o‘rin
almashib turadi. Ma’lumki, vahimaga, tahlikaga, sarosimaga tushib qolgan, o‘ta
quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo‘lgan, umidsizlik tuzog‘iga ilingan inson
turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. Chunki u mazkur
sharoitlarda o‘z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o‘zini turli darajada ushlaydi,
harakatlarini esa turlicha boshqaradi. Bunda oraliq miya va miya katta yarim
sharlari po‘stlog‘idagi ma’lum markazlarning kuchli qo‘zg‘alishi va boshqa
markazlarning tormozlanishi me’yordan chiqib ketishi tufayli o‘zaro almashinib
qoladi. Harakatchanlikning asta-sekin ko‘tarilishidan iborat stenik holat astenik
holat bilan almashinadi (kuchli holat kuchsiz bilan aralashib ketadi), lekin qayta
tiklanishga ulgurmaydi. Masalan, jo‘shqin harakatda, ko‘z yaltirashida, yuz
qizarishida vujudga kelayotgan kuchli jahl ko‘rinishlari ko‘zning xiralanishi, yuz
oqarishi, rang o‘chishi bilan bog‘liq qattiq g‘azabga aylanishi mumkin. Umidsizlik
kechinmasida organizmning jo‘shqin reaksiyasi ba’zan hushidan ketib qolish holati
bilan almashinadi. Ushbu vaziyat lotincha, ya’ni serrayib qolish, karaxt holati deb
psixologiyada qo‘llaniladi.
328
Affekt holati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan
uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida ham o‘ylamaydi, hatto tana
o‘zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo‘ysunmay boradi. Kuchli zo‘riqish
natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim
sharlari po‘stini to‘la egallay boshlaydi, qo‘zg‘alish po‘stloqosti nerv
tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi, xolos. Buning natijasida shaxs hissiy
kechinmasiga(dahshat, g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan
o‘zida kuchli xohish sezadi.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi
tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, 1) teatr tomoshabinlarida, 2) tantana
nashidasini surayotgan olomonlarda, 3) es-hushini yo‘qotgan, telbanoma sevgi
afsonalarida, 4) ilmiy kashfiyot lahzasida, 5) tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda
jo‘shqin shodliklar mujassamlashadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini
tutushini, o‘zini qo‘lga olishni uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi
bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi,
yo‘lanmasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar mas’uliyatsizlik, axloqsizlik,
mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun
javobgardir, chunki u aql-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lganidan keyin
shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda
holsizlanish, jamiki narsaga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollik barham
topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi. Shu bilan birga affektiv shok
(fransuzcha, zarba degan ma’no anglatadi) holati ham sodir bo‘ladi, buning
oqibatida organizmning ichki a’zolari funksiyasi buziladi, hatto yurak xuruji
(infarkt lotincha - «xavf to‘ldirg‘ich», miokard yunoncha tuz - tomir, yurak degan
ma’no bildiradi) yuzaga keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘alish
muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi
(pasayishi) sodir bo‘lib turishi mumkin.
Stress inglizcha so‘zidan olingan bo‘lib, jiddiylik, keskinlik, zo‘riqish degan
ma’no anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli
329
vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya,
tibbiyot fanlarida keng qo‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy
va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar
tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga
keladigan hissiy zo‘riqishlar. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini
biron-bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo
bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat
uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha - ishlab chiqarishni
muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari,
ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G.
Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (adaptasion
sindrom yunoncha - belgi, alomat, ko‘rinish moslashuvi demakdir) masalasiga,
uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan.
Shuningdek, ekstremal (lotincha - favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini
anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o‘ziga xosligi,
faoliyatni qayta tashkil qilishgacha (lotincha-tashkilot, tuzilma ma’nosini bildiradi)
olib borishi, shunga o‘xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz
yunoncha - bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Sele tomonidan
o‘rganilgan.
Tadqiqotchi U.Kennonning gomeostazis (yunoncha o‘xshashlik ma’nosini
bildiradi) haqidagi ta’limotida stress holati har tomonlama o‘rganilgan. Ushbu
terminni u psixologiyaga 1929 yilda olib kirgan. Gomeostazis mexanizmda
moslashish xususiyatlari yaqqol o‘z ifodasini topadi. Uning mulohazasicha,
faoliyat shakllarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida nerv sistemasi va miya
funksiyasini oqilona ta’minlab turishda hamda saqlashda gomeostazis muhim rol
o‘ynaydi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgaradi, unda
qo‘zg’alishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning harakatlari tartibsiz
ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib
330
keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila
boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomonidan qariyb
ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni yechishdagi qiyinchilik, diqqatni
taqsimlashdagi sarosimalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi.
Shaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi,
ong faoliyati yengil tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi,
shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning
oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik,
sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat
qiladi.
Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan
vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning
hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik,
zerikishlik, qayg‘urishlik singari his-tuyg‘ular uning ruhiy holatini umumiy
tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga
kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson
xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, u holda tengdoshlarining haziliga,
keksalarning o‘git-nasihatlariga, maslahatlariga quvnoq kayfiyat chog‘dagiga
nisbatan mazmun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. Shuning
uchun ishlab chiqarish va xalq ta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy, real guruhlarida
ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish,
samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat
samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizida vujudga
keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri shaxslarning
ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotib umumiy nuqtai nazarlari, hayotning turli
jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunonchi mehnat muvaffaqiyati va ta’lim
yutug‘i, rahbar va xodim, o‘qituvchi va saboq oluvchi o‘rtasidagi munosabatlari,
331
oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo‘lgan
turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari va
ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik
kayfiyatning manbalari bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib,
noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga
kelganligidan halovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar
namoyon bo‘lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda
xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o‘tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalarni
qo‘llash, kayfiyatini buzib turgan omillarni batamom bartaraf etish maqsadga
muvofiq.
Inson kayfiyatining paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ikkita
omilni tahlillash mutlaqo shart. Ulardan bittasi obyektiv va subyektiv xususiyatli
vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki
issiqligi, bioritmika o‘zgarishi), b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va
boshqalar. Ikkinchi bir manba sifatidagi talqin qilish mumkin - bu obyekt va
subyektiv shart-sharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliyatiga kerakli
vositalarning mavjudligi (ish dastgohi, mehnat quroli, yorug‘lik, auditoriya,
partalar va boshqalar). Ikkinchidan, subyektiv munosabatlar: ilk psixologik muhit,
muloqotmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatga
tegmaslik, teng huquqlilik, hamkorlik, demokratiya printsiplariga rioya qilishlik,
o‘zaro tushunish, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |